|
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигиBog'liq 40124 EKONOMETRIKA SILLABUS SIRTQISHaxsga yo„naltirilgan ta‟lim. Bu ta‟lim o„z mohiyatiga ko„ra ta‟lim
jarayonining barcha ishtirokchilarini to„laqonli rivojlanishlarini ko„zda tutadi. Bu esa
ta‟limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma‟lum bir ta‟lim oluvchining shaxsini
emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog„liq o„qish maqsadlaridan
kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta‟lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o„zida
mujassam etmog„i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo„g„inlarini o„zaro
bog„langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo„naltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, ta‟lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish,
o„quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga yo„naltirilgan ta‟limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondoshuv o„quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini
bildiradi. Uning natijasida shaxsning o„z-o„zini faollashtirishi va o„z-o„zini ko„rsata
olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta‟limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta‟lim beruvchi va
ta‟lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e‟tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta‟lim. Ta‟lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta‟lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni
ob‟ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo„llashni
mustaqil ijodiy faoliyati ta‟minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo„llash -
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o„quv jarayoniga qo„llash.
|
| |