4
Fanni o„qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanni o„qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, jumladan quyidagi
interaktiv uslublardan, jumladan muhokama-munozara, jamoaviy muhokama yoki
muammolar ruyxatini tuzish, vaziyatni o„rganish, tahlil qilish, bahs yoki munozaralar
olib borish, tanqidiy fikrlash, rolli o„yinlar, kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum,
klaster (tutam, bog„lam), baliq skeleti, ajurli arra, FSMU, bumerang, skarabey,
kaskad, Veer, pinbord, “T-sxema”, “delfi”, “blits-so„rov”, “Nima uchun?”
texnologiyalari, ma‟ruza-anjuman texnikasi, BBXB (Bilaman, bilishni xohlayman,
bilib oldim), konseptual va insert jadvallaridan keng foydalaniladi.
Fan buyicha ma‟ruza matnlarini tayyorlashda chet mamlakatlar, jumladan Hamdustlik
mamlakatlarida yangi chop etilib. "Internet" tizimi orkali tarqatilgan elektron
darsliklar, o„quv qo„llanmalar va ma‟ruza matnlaridan foydalaniladi. SHuningdek,
ma‟ruzalarni o„tishda elektron ma‟ruzalardan, mavzularga mos multimediali slaydlar va
videofilmlardan foydalanish ko„zda tutiladi.
Amaliy mashg„ulotlarda elektron mashqlar va masalalar to„plamlaridan,
kompyuterlar yordamida fan buyicha kompyuter o„yinlari, test savol-javoblari,
laboratoriya mashg„ulotlarida esa qurilmalar va jihozlarning hamda texnologik
jarayon kechishining kompyuterdagi elektron modellaridan, virtual laboratoriyalardan
foydalaniladi.