• Dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi
  • tajriba ishi. DINAMIK MA‟LUMOTLAR TUZILMASINI TADQIQ




    Download 490,46 Kb.
    bet18/47
    Sana15.11.2023
    Hajmi490,46 Kb.
    #99136
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47

    tajriba ishi. DINAMIK MA‟LUMOTLAR TUZILMASINI TADQIQ


    QILISH
    Ishdan maqsad: Chiziqli, bir bog„lamli ro„yhatlar tuzilmasini o„rganish va uni ustida amal bajarish algoritmlarini tadqiq qilish.
    Qo„yilgan masala: C++ tilida ro„yhatli tuzilma elementlarini ko„rsatkichli maydonlar bilan yaratish va dinamik tuzilmani e‟lon qilish, uning ustida turli amallar bajarish dasturini ishlab chiqish.
    Ish tartibi:

      • Tajriba ishi nazariy ma‟lumotlarini o„rganish;

      • Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;

      • C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;

      • Natijalarni tekshirish;

      • Hisobotni tayyorlash va topshirish.

      1. Dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi


    Statik ma‟lumotlar tuzilmasi vaqt o„tishi bilan o„z o„lchamini o„zgartirmaydi. Biz har doim dastur kodidagi statik ma‟lumotlar tuzilmasiga qarab ularning o„lchamini bilishimiz mumkin. Bunday ma‟lumotlarga teskari ravishda dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi mavjud bo„lib, bunda dastur bajarilishi davomida dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi o„lchamini o„zgartirishi mumkin. Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi – bu qandaydir bir qonuniyatga asoslanib shakllangan, lekin elementlari soni, o„zaro joylashuvi va o„zaro aloqasi dastur bajarilishi davomida shu qonuniyat asosida dinamik o„zgaruvchan bo„lgan ma‟lumotlar tuzilmasidir. Dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi 3.1-rasmdagidek klassifikatsiyalanadi.



    3.1-rasm. Dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi
    Dasturlarda dinamik ma‟lumotlar tuzilmasidan ko„pincha chiziqli ro„yhatlar, steklar, navbatlar va binar daraxtlar ishlatiladi. Bu tuzilmalar bir-biridan elementlarning bog„lanish usuli va ular ustida bajarilishi mumkin bo„lgan amallari bilan farqlanadi. Dinamik tuzilmalar massiv va yozuvdan farqli ravishda operativ xotirada ketma-ket sohalarda joylashmaydi. Ixtiyoriy dinamik tuzilma elementi 2 ta maydondan tashkil topadi: tuzilma tashkil etilishiga sabab bo„layotgan
    informatsion maydon va elementlarning o„zaro aloqasini ta‟minlovchi ko‘rsatkichli maydon. Chiziqli ro„yhatlarda har bir element o„zidan keyingisi yoki oldingisi bilan ham bog„langan bo„lishi mumkin. Birinchi holatda, ya‟ni elementlar o„zidan keyingi element bilan bog„langan bo„lsa, bunday ro„yhatga bir bog‘lamli ro‘yhat deyiladi. Agar har bir element o„zidan oldingi va o„zidan keyingi element bilan bog„langan bo„lsa, u holda bunday ro„yhatlarga 2 bog‘lamli ro‘yhatlar deyiladi. Agar oxirgi element birinchi element ko„rsatkichi bilan bog„langan bo„lsa, bunday ro„yhatga halqasimon ro‘yhat deyiladi. Ro„yhatning har bir elementi shu elementni identifikatsiyalash uchun kalitga ega bo„ladi. Kalit odatda butun son yoki satr ko„rinishida ma‟lumotlar maydonining bir qismi sifatida mavjud bo„ladi. Ro„yhatlar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin.

    • ro„yhatni shakllantirish (birinchi elementini yaratish);

    • ro„yhat oxiriga yangi element qo„shish;

    • berilgan kalitga mos elementni o„qish;

    • ro„yhatning ko„rsatilgan joyiga element qo„shish (berilgan kalitga mos elementdan oldin yoki keyin)

    • berilgan kalitga mos elementni o„chirish;

    • kalit bo„yicha ro„yhat elementlarini tartibga keltirish.

    Ro„yhatlar bilan ishlashda dasturda boshlang„ich elementni ko„rsatuvchi ko„rsatkich talab etiladi. Chiziqli bir bog„lamli ro„yhatlar ustida turli amallar bajarish algoritmlari va dasturlarini ko„rib chiqamiz.



      1. Download 490,46 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




    Download 490,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    tajriba ishi. DINAMIK MA‟LUMOTLAR TUZILMASINI TADQIQ

    Download 490,46 Kb.