|
Korxonaning moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishini tahlili
|
bet | 56/123 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #263176 |
Bog'liq iqt tah 20223. Korxonaning moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishini tahlili
Respublikamizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida turlicha mulkchilikka asoslangan korxona shakllari tashkil etilgan. Ular iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirilishi natijasida yanada takomillashtirilmoqda. Natijada, ijara korxonalari, hissadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, qo’shma korxonalar, xususiy korxonalar va boshqalar tashkil etilmoqda. Ular talab va taklifdan kelib chiqqan holda ko’proq foyda olish maqsadida o’zlarining ishlab chiqarish faoliyatlarini qonun doirasida erkin mustaqil amalga oshirmoqdalar. Shu holat korxonalarning moddiy texnika ta’minoti masalalarini hal etishga ham bevosita bog’liqdir.
Korxonalar ishlab chiqarishini rivojlanishini rejalashtiradilar. Ular qisqa hamda uzoq muddatga mo’ljallangan bo’ladi. Bu masalalar korxonalarning biznes rejalarida va boshqa hujjatlarda aks ettirilgan bo’ladi.
Korxonalar o’z maqsadini muvaffaqiyatli hal etish maqsadida o’zlarini ishlab chiqarishlarni moddiy texnika resurslari bilan ta’minlash jarayonini bajarilishiga alohida e’tibor beradilar. Buning uchun aniqlangan, ya’ni, korxona uchun zarur bo’lgan moddiy texnika resurslarini yangi turlari mavjudliligi hamda ular jahon bozorida taklif qilinganligi o’rganiladi. Chunki, korxona o’zi uchun zarur bo’lgan moddiy texnika resurslarining yaxshilarini, ya’ni samaralisini olishga harakat qiladilar.
Moddiy texnika marketingini ya’ni bozorini o’rganish bilan birgalikda ularni qaysi bozor infratizilmalaridan sotib olish mumkinligini belgilaydilar. Shu davrda tovar va xom ashyo birjalari bilan, sotuvchilar tomonidan tashkil etilayotgan ko’rgazmalar bevosita korxonalarning o’zlari bilan aloqlarni tiklaydilar. Shu aloqalar natijasida qisqa muddatli hamda uzoq muddatli ayrim hollarda esa bir martalik kuchga ega bo’lgan shartnomalar tuziladi. Shu shartnomalarda moddiy texnika resurslarini yetkazib beruvchilarining burchlari, vazifalari batafsil aks ettiriladi. Masalan, Toshkent traktor zavodi o’zida ishlab chiqarilayotgan traktorlarni qaysi muddatlarda, qanday holatda, qayerga hamda qanday baholarda yetkazib berishligini aks ettirishi mumkin, agarda, shu zavod korxonalarga traktorlarni yetkazib berishni o’z zimmasiga olgan bo’lsa. Ayrim hollarda istemolchilar zavoddan traktorlarni o’zlari olib chiqib ketishlarini o’z zimmalariga olishlari mumkin. Shunday hollarda uning baholari nisbatan arzon bo’lishi mumkin, javobgarligi esa sotib oluvchi zimmasida qolishi mumkin.
Korxonani moddiy texnika resurslari bilan ta’minlanishini tahlili moddiy texnika ta’minoti rejasining ob’ektiv ravishda belgilanganligini aniqlashdan boshlanadi.
Moddiy resurslarga bo’lgan talabni aniqlashda texnika, xom ashyo, yoqilg’i-moylash materiallari va boshqa materiallar bo’yicha belgilangan me’yorlardan qanday foydalanilganligi, ilg’or me’yorlardan xom-ashyoga bo’lgan talabni aniqlashda, undan qay darajada foydalanilganligi tekshiriladi.
Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining bir maromda amalga oshirilishi ko’p jihatdan korxonani moddiy resurslar bilan to’liq ta’minlanganligiga bog’liqdir.
Korxonani moddiy texnika resurslariga bo’lgan ehtiyoji ikki manba hisobiga qondiriladi.
Tashqi ta’minot;
Ichki ta’minot.
Tashqi ta’minot deganda - tashqi korxonalar, xom ashyo birjalari bilan tuzilgan shartnomaga asosan moddiy texnika resurslarini chetdan yetkazib beruvchilardan kelib tushishi tushuniladi.
Ichki ta’minot deganda - ta’minot rejasining bajariishi, ichki resurslardan samarali foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, iqtisod rejasiga rioya qilish kabilar tushuniladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxonalarning iqtisodiy ahvoli nisbatan barqaror bo’lmagan hollarda, ya’ni, korxonalar moddiy texnika resurslarini sotib olishlari uchun o’z mablag’lariga ega bo’lmagan hollarda lizing kreditidan ham foydalanishi mumkin.
Lizing kreditlarini amalga oshirishda lizing kompaniyalari bilan yoki lizingni amalga oshiruvchi sub’ektlar bilan lizing kreditlari bo’yicha shartnomalar tuziladi. Bunda uch tomon qatnashishi mumkin. Lizing kreditini amalga oshiruvchi, asosan o’rtada mablag’i bo’lganligi munosabati bilan moddiy texnika resurslarini ijaraga beruvchilardan olib, ularni foydalanuvchilarga yetkazib berishi bilan shug’ullanishi mumkin. Ayrim hollarda esa moddiy texnika resurslarini ijaraga beruvchilar, ularni ijaraga oluvchilarga bevosita yetkazib berishlari mumkin. Bu masalalar shartnomalarda to’liq o’z akslarini topishlari zarur.
Shunday tahlil natijasida materiallarni yetkazish rejasini bajarilmaganlik sabablarini batafsil aniqlash talab etiladi. Unga sabab bo’lib material resurslarini yetkazib beruvchilar hamda ularni sotib oluvchilar, ayrim hollarda esa o’rtada to’rgan bozor infratuzilmalari hisoblanishi mumkin. Bu sabablar o’rganilganidan so’ng ularni bartaraf etish rejalari, tadbirlari tuziladi.
|
| |