• 9-MAVZU. MEHNAT RЕSURSLАRI BILАN TА’MINLАNGАNLIK, MEHNAT UNUMDОRLIGI VА ULАRNING MAHSULOT HAJMIGА TА’SIRINI TAHLILI O’rganiladigan savollar
  • Ish kuchi qo’nimsizligi va ishchilarning malaka darajasini tahlili Ishchilarni ish vaqtidan foydalanishini tahlili va uning o’zgarish sabablari
  • 7. Ishchining mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarning tahlili 8. Mahsulot mehnat sig’imini tahlili
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 1,64 Mb.
    bet59/123
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #263176
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
    Bog'liq
    iqt tah 2022

    Takrorlash uchun savollar





    1. Korxonaning moddiy resurslari nima maqsadda tahlil etiladi?

    2. Moddiy resurslarni tahlil qilishda tahlilning asosiy vazifalari nimalardan iborat bo’ladi?

    3. Qaysi axborot manbalariga asoslanib korxonaning moddiy resurslar tahlil qilinadi?

    4. Moddiy resurslar tarkibi va uning dinamik o’zgarishlari qanday tahlil etiladi?

    5. Moddiy resurslardan samarali foydalanganlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar haqida nimalarni bilasiz?

    6. Material qaytimi va material sig’imi qanday aniqlanadi?

    7. Material qaytimining mahsulot hajmiga ta’siri qanday tahlil etiladi?

    8. Material sig’imini pasaytirish imkoniyatlarini ko’rsatib bering.

    9-MAVZU. MEHNAT RЕSURSLАRI BILАN TА’MINLАNGАNLIK, MEHNAT UNUMDОRLIGI VА ULАRNING MAHSULOT HAJMIGА TА’SIRINI TAHLILI


    O’rganiladigan savollar

    1. Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari

    2. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlili

    3. Ish kuchi qo’nimsizligi va ishchilarning malaka darajasini tahlili

    4. Ishchilarni ish vaqtidan foydalanishini tahlili va uning o’zgarish sabablari

    5. Mehnat unumdorligi dinamikasining tahlili

    6. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
    7. Ishchining mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarning tahlili
    8. Mahsulot mehnat sig’imini tahlili



    1. Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari

    Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida korxonalarda mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda asosiy o’rinni jonli mehnat omili, ya’ni inson omili muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har qanday fan-texnika taraqqiyotining rivojlangan bosqichida ham inson omilining bo’lishi talab etiladi. Ya’ni, yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish uskunalarini ham inson boshqarishi lozim bo’ladi. Bunday sharoitda korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi.


    Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxining pasayishiga, foyda miqdorining oshishiga hamda boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasiga bog’liq. Mehnat ko’rsatkichlarining bajarilish darajasi mashina va jihozlardan maksimal foydalanishga, ishlab chiqarishni bir maromda amalga oshirilishiga va mehnat unumdorligini o’sishiga ta’sir ko’rsatadi.
    Bugungi kunda respublikamizda ro’y berayotgan ijtimoiy- iqtisodiy o’zgarishlar mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Mehnat ko’rsatkichlari tarkibiga odatda quyidagilar kiradi:
    A) Ish haqi fondi;
    B) Xodimlar soni;
    V) Mehnat unumdorligi;
    G) O’rtacha yillik ish haqi.
    Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko’rsatkichlar quyidagilardir.
    1. Mehnat unumdorligini o’sish darajasi.
    2. Mehnat unumdorligi hisobiga mahsulot hajmini o’sishi.
    3. Xodimlar sonini nisbiy kamayishi.
    4. Mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod.
    5. Mehnat unumdorligi o’sish darajasini mehnat haqini o’sish darajasiga nisbati.
    Mehnat resurslarini tahlil etish orqali korxonani xodimlar bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish, ularning tarkibi, tuzilishi, kasbiy mahorati, xodimlarni malakasini oshirish, ish vaqtidan foydalanish ko’rsatkichlariga baho beriladi. Ayniqsa, mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlariga ko’proq e’tibor beriladi. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad, mehnat unumdorligini oshirish rezervlari hisobiga mahsulot hajmini o’sishini, ish vaqtidan to’liq foydalanish va boshqa omillar evaziga mahsulot tannarxini pasaytirishdan iboratdir.
    Bugungi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o’rganishda boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
    1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi, ularning tarkibi, strukturasi o’zgarishini mehnat unumdorligiga bo’lgan ta’sirini hisoblash va baho berish;
    2. Ish vaqtini yo’qotish sabablarini aniqlash va unga baho berish;
    3. Mehnat unumdorligi rejasining bajarilishi va dinamikasiga ob’ektiv baho berish;
    4. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash;
    5. Xodimlar qo’nimsizligiga baho berish;
    6. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillarini aniqlash va ularga baho berish;
    7. Bir xodimning mehnat unumdorligini aniqlash va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
    8. Ish vaqtidan foydalanish va bir soatlik ish unumdorligini o’zgarishini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini o’rganish va hakozolar.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va ulardan samarali foydalanganlik holatlariga baho berishda boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

    • biznes reja ma’lumotlari;

    • mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlarini aks ettirgan 1-T shaklidagi “Mehnat hisoboti” statistik hisobot shakli ma’lumotlari;

    • ish vaqtidan foydalanish, ish vaqti balansi to’g’risidagi hisobot, ishga kelish, ketish to’g’risidagi tabel, ish kunini fotografiyasi, ishlab chiqarish normasini bajarilishi to’g’risidagi ma’lumotnoma va boshqa ma’lumotlar.





    1. Download 1,64 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




    Download 1,64 Mb.