• “Uzoq muddatli aktivlar”
  • “Joriy aktivlar”
  • Buxgalteriya balansining tarkibi va tuzilishi




    Download 1,64 Mb.
    bet77/123
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #263176
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123
    Bog'liq
    iqt tah 2022

    2. Buxgalteriya balansining tarkibi va tuzilishi


    Balans—korxona mablag’lari va qoplash manbalarining ma’lum davrdagi holatini ko’rsatadi. Hisob-kitob ishlarini xalqaro an’anaviy talablar bo’yicha yuritishga oz bo’lsada yaqinlashtirilishi hamda 1997 yilda joriy qilingan va korxonalar tuzadigan yangi buxgalteriya balansi bozor iqtisodi sari qo’yilgan dastlabki qadam bo’lgan edi. Mazkur balans yillar davomida amaliyotda qo’llanildi va uni takomillashtirish va xalqaro standartlarga yanada moslashtirish zaruriyati tug’ildi. Shu sababli ham 2002 yilda yangi schyotlarga asoslangan moliyaviy hisobot shakllari, jumladan, buxgalteriya balansi ham qabul qilindi. Bugungi kunda mazkur balans amalda keng qo’llanilmoqda.
    Zamonaviy ish yuritish shart–sharoitiga mos keluvchi balansda aktiv va passiv tomonlari bo’ladi. Aktiv tomonida korxona mablag’lari, passivida esa xo’jalikning o’ziga tegishli manbalar, kreditga va qarzga olingan boshqa manbalar ko’rsatiladi. Aktiv mablag’larning oshishi, passivdagi manbalar va foyda (daromad)ning ko’payishi bilan bog’liqdir. Balansning barcha bo’lim va bandlarini chuqur o’rganish moliyaviy ahvolni to’liq o’zlashtirishning asosini tashkil qiladi. Quyida bugungi kunda amalda bo’lgan, ya’ni 2002 yil 27-dekabrda tasdiqlangan buxgalteriya balansining kengaytirilgan shakli keltirilgan.
    Balans ma’lumotlarida ishlab chiqarishni uzluksiz olib borish uchun zarur bo’lgan va hisobot tuzish davriga qiymat shaklidagi mol-mulki hamda uni qoplashga jalb qilingan manbalari o’z aksini topadi. Bu ko’rsatkichlar mol-mulk hajmi, tarkibi va qiymatini qay darajadaligini ifodalaydi. Shuningdek, mol-mulkning moliyalashtirish manbalari, ya’ni o’ziga tegishli manbalar va chetdan qarzga jalb qilingan manbalar holati ham passivda keltirilgan. Balansdagi har bir band va bo’lim korxonalarning moliyaviy holatiga bog’liq, shuning uchun ham uni chuqur o’rganish lozim.
    Aktiv qism - asosiy va aylanma mablag’larning holatini ko’rsatib, moliyaviy xo’jalik jarayonini yuritish vazifasini bajarishda bu mulklardan foydalanadi. Mulk to’plangan moliyaviy hamda davlat tashkilotlari mablag’i, hususiy shaxslar jamg’armasi, hissador va ta’sischilarning ulushi, bank krediti, chet ellik sarmoyadorlar va hakozo mablag’lar evaziga sotib olinadi. Ayrim hollarda ta’sischilar asosiy vosita va moddiy boyliklarning o’zini berishi ham mumkin. Asosiy va aylanma mablag’lar ishlab chiqarish faoliyatini uzluksiz yuritishga xizmat qiladi. O’z-o’zidan bu faoliyat davomida o’zgaradi, harakatda bo’ladi va tarkibi yanada yangilanadi.
    Balansning birinchi bo’limi “Uzoq muddatli aktivlar” deb nomlanib, nomoddiy aktiv va asosiy vositalar boshlang’ich, eskirish va qoldiq qiymatda; o’rnatiladigan asbob-uskunalar; tugallanmagan kapital va uzoq muddatli qo’yilmalar; uzoq muddatli investitsiyalar; uzoq muddatli debitorlik qarzlari va boshqa oborotdan tashqari bo’lgan aktivlardan iboratdir. Nomoddiy aktivlar korxonaga daromad keltirishi yoki uning ishlab chiqarishini yuritishga shart-sharoit yaratuvchi, natural buyum shakliga ega bo’lgan mulkiy huquqiy qiymatlar, patentlar, mualliflik huquqi, savdo markalari, «Nou-xau», yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan, bino, inshoot va qurilmalardan foydalanish huquqlaridan iborat bo’ladi. Shuningdek, bu bandda hissadorlik jamiyati boshqaruvi kelishuviga muvofiq Nizom jamg’armasini tashkil qilishi uchun ajratgan nomoddiy aktivlari ham aks etadi. Asosiy vositalar bo’yicha eskirish hisoblanadi, buni aniqlash birmuncha murakkab jarayondir. Shuning uchun to’liq tiklash uchun hisoblangan amortizatsiya summasiga eskirish teng deb shartli qabul qilinadi. Amortizatsiyani hisoblash maxsus me’yorlar asosida (boshlang’ich yoki tiklash bahosiga nisbatan foiz hisobida) aniqlanadi. Me’yorlar har bir asosiy vosita turlari bo’yicha differensiyalashgan, lekin amortizatsiyani hisoblashda asosiy vositalarning xizmat muddati tugaguncha, boshlang’ich yoki qoldiq qiymatini eskirish sifatida yangi yaratilayotgan qiymatga o’tkazishi lozim. Hisoblashning tezlashgan me’yorini qo’llash mumkin, faqat bu tartib faol qatnashuvchi (mashina, uskuna va transport) vositalarga taaluqlidir.
    Asosiy vositalarning eskirishi 0200 schyotlarida hisoblangach, shunga qarab amortizatsiyalashgan yoki qoldiq bahodagi asosiy vositalar hajmi aniqlanadi, ya’ni boshlang’ich bahodan (0100 schyot) eskirish summa (0200 schyot) ayirib topiladi. Shu bandda uzoq muddatga ijara olingan, ishlatilishi yoki konservatsiyada turganligidan qat’iy nazar balansidagi asosiy vositalar qiymati aks etadi. Balansning qolgan qismida kapital qo’yilmalar, sho’’ba korxonalardagi aksiyalar, sho’’ba korxonalarga berilgan qarzlar, uyushma korxonalardagi aksiyalar, uyushma korxonalariga berilgan qarzlar, uzoq muddatli investitsiyalar va boshqa aktivlar ko’rsatiladi. Bu xo’jalik yoki pudrat usulida bajarilayotgan tugallanmagan kapital qurilish, asosiy poda tuzish xarajatlari, moddiy boyliklar qidirish ishlari uchun sarflar va shu maqsadlarga ajratiladigan mablag’larni ko’rsatadi. Kapital xarajatlarni korxona o’z mablag’i yoki uzoq muddatli kredit evaziga bajarishi mumkin.
    «Uzoq muddatli investitsiyalar» bandida hamkorlikda ishlashga kelishganlarning korxona ustav fondiga qo’shgan hissasi yoki bergan qarzi, bir yildan ortiq muddatga qimmatli qog’ozlar uchun qo’ygan mablag’i ko’rsatiladi. Qimmatli qog’ozlar mulk egasining huquqini aks ettirib, ma’lum darajadagi qo’shimcha foydaning foizi daromad keltiradi. Bunday qog’ozlar boshqa korxonalarning aksiya va obligatsiyalari, davlat tomonidan chiqarilgan ichki zayomlaridir, bankdan sotib olingan uzoq muddatli jamg’armali sertifikatlardir. Bu band uchun summani 0600 «Uzoq muddatli investitsiyalar» schyotlari qoldig’idan olinadi.
    Balans aktivining II bo’limi “Joriy aktivlar” deb nomlanib, asosiy o’rinni «Tovar-moddiy zahiralar» bandi egallaydi. Chunki bu bandda korxona ishlab chiqarishni yuritishga zarur bulgan buyumlar jamlanadi. Unda xom ashyo va materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va detallar, urug’, yem-xashak, yoqilg’i, idishlar va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, qayta ishlash uchun chetga berilgan materiallarning haqiqiy tannarxi (sotib olish va olib kelish bilan bog’liq xarajatlar) ko’rsatiladi. Ushbu bo’limning yangi xususiyati shundaki, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar boshlang’ich, eskirish va qoldiq baholarda keltiriladi hamda balans jamlanganda faqat qoldiq bahodagi, ya’ni yaroqli qiymati qo’shiladi.
    Pul mablag’lari, valyuta mablag’lari, g’aznadagi pullar, qisqa muddatli qo’yilmalar bandlarida material shaklida bo’lmagan boyliklar aks ettiriladi. Eng avvalo debitorlar bilan hisob–kitoblar ko’rsatiladi, chunki xozirgi sharoitda bu masalani tahlil qilib turish zarurdir. Debitorlar boshqa yuridik (korxona, tashkilot va muassasa) va jismoniy shaxslar to’lashi lozim bo’lgan qarzdorlaridir. Qarzdorlarni shartli ikki guruhga ajratish mumkin: odatdagi va asoslanmagan. Mablag’larni o’rganishda pul mablag’larini tahlili alohida o’rinni egallaydi. Bunday mablag’lar tarkibiga hisob–kitob, valyuta schyoti va g’aznadagi pullar kiritiladi. Mazkur mablag’lar to’lov majburiyatlarini bajarilishida birlamchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, hisob-kitob va valyuta schyotidagi mablag’lar mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar, ishchi–xizmatchilar, byudjet, bank, sug’urta va boshqalar bilan bo’ladigan aloqa manbaidir. Shu tufayli bu masala alohida o’rganilishi lozim. Shu yerda o’tgan va joriy yildagi ko’rilgan zararlar ham aks ettirilishi kerak.
    Korxona mulki va mablag’larning kelib chiqish manbalari balansning passivida ko’rsatiladi. Bular o’ziga qarashli va chetdan jalb qilingan manbalarga ajratiladi. Jalb qilingan manbalarga bank kreditlari va kreditorlik qarzlari kiradi.
    Passiv ham xuddi aktiv qism kabi ikkita bo’limdan iborat. Ya’ni balans passivining birinchi bo’limi “O’z mablag’lari manbalari” deb nomlanib, bunda ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar, maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari aks ettiriladi. Passivning «Ustav kapitali» bandida xo’jalik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan mablag’lari ko’rsatiladi. Hissadorlik jamiyatlarida esa har bir qatnashchining qo’shgan hissasi ustav fondida ko’rsatiladi. Dividend sifatida taqsimlanadigan sof foyda hajmi ham qo’shilgan hissaga qarab aniqlanadi. Demak, ustav fondi bozor iqtisodi sharoitida yuridik shaxs sifatida korxonaning o’ziga tegishli mablag’i va aksionerlarning qo’shgan hissasidan iborat bo’ladi. Har bir qatnashchi shaxsiy hissasiga qarab korxonaning xo’jalik va moliyaviy faoliyatiga aralashadi. Hamkorlikdagi, hissadorlik, qo’shma va kichik korxonalarning Nizom jamg’armasi hajmi qatnashchilar qo’shgan badallar miqdoriga bog’liq bo’ladi.
    Qo’shilgan kapital, rezerv kapital bandlarida korxonaning boyliklarini qayta baholanishidan, olgan foydasidan tashkil etilgan rezervlardan, qo’shimcha aksiyalar chiqarish natijalaridan ko’paygan xususiy manbalar ko’rsatiladi.
    Passiv I bo’limiga taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) ham kiritiladi. Bu bandning summasi korxonani olgan foydasi miqdoriga va uning taqsimlanishiga bog’liqdir. Korxona o’z oldidagi foydadan to’lashi lozim bo’lgan majburiyatlarini bajarib bo’lgandan so’ng, qolgan qoldiq kelgusida rezerv sifatida foydalanilishini ko’zlanib qoldiriladi. Taqsimlanmagan foyda bandi o’tgan yillardagi foydadan qolgan summalarni ham ifodalaydi. Balansda korxonaning o’z mablag’lari manbai qancha ko’p ulushni egallasa, shunchalik moliyaviy ahvol ishonchli bo’ladi.

    Download 1,64 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxgalteriya balansining tarkibi va tuzilishi

    Download 1,64 Mb.