|
Ўзбекистон республикаси қишлоқ ХЎжалиги вазирлиги тошкент давлат аграр университети термиз филиали
|
bet | 1/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 186,93 Kb. | | #138958 |
Bog'liq Lalmi va yaylov tuproqlari unumdorligi - Lalmi yaylov tuproqlari unumdorligi
Термиз - 2019
QISHLOQ XOJALIGINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH
TUPROQSHUNOSLIK VA DEHQONCHILIK
Bajardi: Ibragimov Murodjon
Qabul qildi : CH.Begimqulov
O’zbekistonning yer resurslari. Lalmi va yaylov tuproqlar Режа: 2.Yaylov mintaqasi tuuproqlari 3.Yaylov mintaqasi tuproqlari
Tayanch iboralar: tupror qoplami, tog’ mintaqasi, yaylov, o’simlik, tuproq xaritasi, xaritanomasi, cho’l va adir.
Adabiyotlar: A1, A2, Q1, Q2, X1, X2, internet saytlari.
O‘zbekistonning tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo‘lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog‘liq holda joylashgan.
K.Z.Zokirov tavsiya etgan to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega.
Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining 70 foizini ishg‘ol qiladi.
Cho‘l tuproqlari xilma-xil bo‘lib, unda sur-qo‘ng‘ir, qumli cho‘l, o‘tloq-botqoq, taqir va bo‘z tuproqlar uchraydi.
Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog‘lar va Nurota tog‘ etaklaridagi toshloq cho‘llarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam (0,3-1 foiz) bo‘ladi.
Qizilqum, Markaziy Farg‘ona va Mirzacho‘ldagi qumli tekisliklarda qumli cho‘l tuproqlari tarqalgan bo‘lib, chirindi miqdori 0,3-0,6 foizni tashkil etadi.
Gilli jinslardan tarkib topgan cho‘llarda taqirlar ham uchraydi, ular tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1 foizga yetadi.
Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan Mirzacho‘l, Markaziy Farg‘ona, Qarshi cho‘llari va Amudaryo etagida sho‘rxok va sho‘r tuproqlar tarqalgan.
O‘zbekistonning yirik daryo vodiylarida o‘tloq va botqoq tuproqlari uchraydi.
Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo va Surxondaryo vodiylaridagi bo‘z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida tabiiy xususiyatini o‘zgartirib, madaniy bo‘z tuproqlarga aylangan.
|
| |