|
Ўзбекистон республикаси қишлоқ ХЎжалиги вазирлиги тошкент давлат аграр университети термиз филиали
|
bet | 4/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 186,93 Kb. | | #138958 |
Bog'liq Lalmi va yaylov tuproqlari unumdorligiYaylov mintaqasi. Yaylov mintaqasi 2700-2800 m dan balandda joylashgan bo‘lib, iqlimi sovuq va nam. Bunday sharoitda och qo‘ng‘ir va o‘tloq tuproqlar hosil bo‘ladi.
Yaylov mintaqasi subalp va alp o‘tloqlaridan iborat. Ayrim, quyoshga teskari yonbag‘irlarda yil bo‘yi qor saqlanishi mumkin. Subalp o‘tloqlarda, asosan, baland bo‘yli o‘tlar, shuningdek, boshoqlilardan yovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar o‘sadi.
Alp o‘tloqlarida to‘ng‘izsirt, qoqio‘t, tiрchoq, binafshalar o‘sadi. Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan alqor, bug‘u (elik), qo‘ng‘ir ayiq, tog‘ takasi, muflon, qoplon, qor barsi, kiyiklar, kemiruvchilardan — sug‘ur yashaydi. Yaylovdagi oq tirnoqli ayiq «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.
O‘zbekistonning yuqorida qayd qilingan balandlik mintaqalaridagi suv havzalarida baliqlarning bir necha turlari yashaydi. Ularning eng muhimlari laqqabaliq, zog‘orabaliq, shohbaliq (oybaliq), marinka, cho‘rtanbaliq kabi baliqlardir. Amudaryo va Sirdaryoda yashovchi qilquyruq balig‘i noyob tur bo‘lib, «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Tog‘ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan balandliklarida archa, yong‘oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o‘rmonlar uchraydi.
O‘rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo‘tadillashtiradi, havodagi zararli moddalarni yutib, kislorod chiqaradi.
Tog‘ mintaqasida hayvon turlari adirga nisbatan ko‘p. Lekin havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo‘lib, Oloy tog‘ iloni, Turkiston agamasi uchraydi.
Tog‘ mintaqasida o‘rmon sichqoni, oq sichqon, ko‘rshapalak, oq suvsar, qunduz, o‘rmon olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chiрor sirtlon, silovsin, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, to‘ng‘iz yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‘a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabilar mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Ш.Холиқулов, П.Узоков, И.Бобохўжаев “Тупроқшунослик” Тошкент 2013 7-535 бет дарслик
2. Н.Раупова, Х.Махсудов, Б.Камилов, Х.Намозов «Тупроқшунослик», Тошкент, 2013 5-215 бет дарслик
3. Н.Раупова, Б.Камилов, Г.Содиқова, Н. Кучкарова “Тупроқшуносликдан амалий машғулотлар” Тошкент ТошДАУ 2012 5-32 бет
4. Мусаев Б.С. “Агрокимё” Т.: «Шарқ» матбаа-акциядорлик компанияси, 2001.
5.Oʻzbekiston Respublikasining „Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (1993 - yil 28 - dekabr, 1002-XII-son).
6.Muhammadiyev J .Axborot xavfsizligini huquqiy ta’minlash. http://huquqburch.uz/uz/article/2817/
7.Bernhardsen T. Geographic Information Systems: An Introduction. John Wiley and Sons. (2002) 435 pages.
|
| |