|
Ўзбекистон республикаси қишлоқ ХЎжалиги вазирлиги тошкент давлат аграр университети термиз филиали
|
bet | 2/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 186,93 Kb. | | #138958 |
Bog'liq Lalmi va yaylov tuproqlari unumdorligiO‘simliklari.Cho‘l mintaqasining yozi quruq, jazirama issiq, yog‘inga nisbatan potensial bug‘lanish ko‘p bo‘lganligi tufayli, o‘simliklar shu sharoitga moslashgan.
Cho‘lda bahorda arpag‘on, lola, lolaqizg‘aldoq, qorabosh, boychechak, binafsha, chuchmoma, tariqbosh, chig‘ir, isfarak, iloq, kovrak kabilar o‘sadi. Bu o‘tlar yozda sarg‘ayib, qurib qoladi, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar esa o‘saveradi. Ularning eng muhimlari qumli yerlarda o‘suvchi saksovul, selin, juzg‘un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq.
O‘zbekistonning sho‘rxok joylarida yulg‘un, sho‘ra, sho‘r ajriq, shuvoq, sarisazan, baliqko‘z o‘ssa, toshloqli yerlarida siyrak holda burgan, qora bayalich, isiriq o‘sadi.
O‘zbekiston cho‘l mintaqasining daryo vodiylarida (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq va b.) to‘qayzorlar joylashib, qizilmiya, yantoq, qamish, qo‘g‘a, kendir, turang‘il, tol, jiyda, yulg‘un, chakanda (oblepixa) kabi o‘simliklar o‘sadi.
Cho‘l hayvonlari. Cho‘l hayvonlari mahalliy sharoitga moslashgan bo‘lib, aksariyatining rangi qum rangidadir. Cho‘llardagi ba’zi hayvonlar (yumronqoziq, qo‘shoyoq, ko‘rsichqon) jazirama issiq va quruq yozga moslashgan.
Yozda kunduzi qumlar +75 + 80°C qizib ketganligi tufayli, ba’zi hasharotlar, kaltakesak, ilon va boshqalar salqin joy- larda yoki inlarida bekinib, kech kirishi bilan faollashadi.
Cho‘l mintaqasida sutemizuvchilardan cho‘l mushugi, jayron, oqquyruq, qoraquloq, qoplon, xongul, tulki va bo‘rilar yashaydi. Shuningdek, kemiruvchilardan yumronqoziqlar, qumsichqon, qo‘shoyoq, ko‘rsichqon va tiрratikan uchraydi.
Cho‘llarda sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi), chiрor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi yashaydi. Kaltakesaklar ichida eng kattasi echkemar bo‘lib, uzunligi 1,5 m ga yetib, mayda kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi.
Cho‘lda hasharotlardan qoraqurt, chayon, falanga (biy), chigirtka kabilar mavjud. Bular ichida qoraqurt o‘ta zaharli o‘rgimchaksimonlar turiga kiradi.
Cho‘l mintaqasi to‘qayzorlarida chiyabo‘ri, tulki, bo‘ri, to‘qay mushugi, to‘ng‘iz, qirg‘ovul, qarqara, birqozon, g‘oz, o‘rdak va boshqalar yashaydi.
|
| |