|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган муҳандислик – Қурилиш институти
|
bet | 2/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 192,61 Kb. | | #117077 |
Bog'liq dasturlash naz2Algoritmning xossalari
Algoritmlarning asosiy xossalari quyidagilardan iborat:
Tushunarlilik. Algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini qanday bajarishni
aniq bilishi kerak.
Diskpyetlik. Algopitm ijrochisi masalani yechish jarayonini alohida va sodda
qadamlar ketma-ketligini bajarish deb tushunishi kerak.
Aniqlik. Algoritmning har biri qoidasi, undagi amallar va buyruqlar bir
ma’noli bo‘lishi kerak. Shu xossaga asosan algoritm ijrochisi buyruqlar ketmaketligini mexanik bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Natijaviylik. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday
algoritmning ijrosi oxir-oqibat ma’lum bir yechimga kelishi kerak.
Ommaviylik. Masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun yaratiladi,
ya’ni faqatgina boshlang‘ich qiymatlari bilan farqlanuvchi bir turdagi masalalar
sinfi uchun tuziladi. Bunda boshlang‘ich qiymatlar algoritmning qiymatlar qabul
qilishi mumkin bo‘lgan sohadan olinadi.
Algoritmlarni tasvirlash usullari
Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullari quyidagilar:
-so‘zlar yordamida (og‘zaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar yordamida, tabiiy
tilda);
- grafik usulda (grafik simvollar yordamida);
- dastur ko‘rinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi so‘zlar, operator va
funksiyalar yordamida);
- formulalar yordamida (matematik formulalardan foydalangan holda, analitik
ko‘rinishda);
-makrotildan foydalangan holda (dasturlovchi va EHMga tushunarli bo‘lgan
makrokomandalar yordamida);
- jadval ko‘rinishida (mantiqiy algebra elementlaridan foydalangan holda).
Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlash.
Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlashda bajariladigan buyruqlar va
ko‘rsatmalar ketma-ket og‘zaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar orqali yoziladi.
Masalan, Ikki sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini (EKUB) topish
algoritmi quyidagicha yozilishi mumkin:
1. Ikkita sonni kiriting;
2. Agarda bu sonlar teng bo‘lsa, u holda ulardan birini javob sifatida oling va
ishni to‘xtating, aks holda esa davom ettiring;
3. Ikkita son ichida kattasini aniqlang;
4. Katta va kichik sonlarning ayirmasini katta son bilan almashtiring;
5. Algoritmni 2-qadamdan boshlab qaytaring.
Keltirilgan algoritmni har qanday natural sonlarning EKUBini topish uchun
ishlatish mumkin.
Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlashning bir qancha kamchiligi mavjud
bo‘lib, aksariyat hollarda algoritmlarni tasvirlashda bu usuldan foydalanilmaydi.
Algoritmlarni grafik usulda tasvirlash.
Algoritmlarni grafik usulda tasvirlashda har bir amal bir yoki bir nechta
harakatni ifodalovchi o‘zaro bog‘liq funksional bloklar ketma-ketligi orqali
tasvirlanadi.
Algoritmning bunday tasvirlash usuli algoritm sxemasi yoki blok-sxema deb
ataladi.
Blok-sxemada har bir harakat turi (boshlang‘ich qiymatlarni kiritish, ifodalar
qiymatlarini hisoblash, shartlarni tekshirish, amallarni takrorlashni boshqarish,
qayta ishlashni tugatish va h.k.) ma’lum bir geometrik figura orqali ifodalanadi.
Blokli belgilar (geometrik figuralar) chiziqlar orqali bog‘lanadi (bunda qaysi
amal oldin, qaysinisi keyin bajarilishi ko‘rsatiladi).
1.1-jadval blok-sxemada ishlatiladigan bloklarni aks etadi
1.1-jadval. Blok-shemada keltirilgan bloklar vazifalari
- “
|
| |