4.Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning
tutgan o’rni
Makroiqtisodiyot o‘z ichiga xalq xo‘jaligining moddiy va nomoddiy
ishlab chiqarish, hamda hizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalari o‘z navbatida xalq xo‘jaligining
ko‘plab yirik tarmoqlaridan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqarish vositalari va
iste`mol buyumlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga (I va II bo‘linma)
ajratiladi.
Milliy iqtisodiyot meyorida faoliyat qilish uchun barcha tarmoq va
ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi
talab qilinadi. Nomoddiy ishlab chiqarish milliy iqtisodiyotning ijtimoiy
iste`molni qondirishga hizmat qiluvchi (soliqni saqlash, ta`lim, tarbiya) va
millatning madaniy rivojlanishini belgilab beruvchi (fan, madaniyat, san`at,
sport) sohalarini, hamda davlat boshqaruv va mudofaa tizimini o‘z ichiga
oladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalari uy-joy, kommunal xo‘jaligi va madaniy
maishiy xarakterdagi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tizimlardan iborat bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi
orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Bu
ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baxo beriladi va milliy
iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari aniqlanadi.
Masalan, korxonalar faoliyatiga baxo berish uchun, ularning
daromadlari va harajatlari hisoblab chiqiladi. Shu ma`lumotlarga asoslanib
korxonaning foyda olishi eki zarar ko‘rishini bilish mumkin. Agar
korxonaning ishi yaxshi bo‘lib, foida olsa, tegishli ma`lumotlaridan
muvaffaqiyat sabablarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Korxona zarar ko‘rgan taqdirda ham tegishli mikroiqtisodiy
ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi.
Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham butun iqtisodiyot uchun huddi
shunday vazifani bajaradi. Bu tizimga kiruvchi turli hil ko‘rsatkichlar,
birinchidan, bizga ma`lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini
hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishini bevosita ta`sir qiluvchi
omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodii
ko‘rsatkichlar tizimi, Yamm ni uning harakatining barcha bosqichlarida,
ya`ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish
bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Nihoyat mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan
foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy
iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
tizimini yaxshi tushunib olish uchun bozor ho‘jaligi sub`ektlari va bozor
operasiyalari tarkibini (klassifikasiyasini) bilib olish zarur.
Bozor xo‘jalik subyektlarini quyidagicha tasniflash qabul qilingan.
1. Nomoliyaviy korxonalar yoki ishlab chiqarish shakllari.
2. Uy xo’jaliklari.
3. Davlat ma`muriy tashkilotlari.
4. Mazkur mamlakat chegarasidan tashqaridagi xo’jalik sub`ektlari.
Bozorli operatsiyalar 3ta katta guruhga bo‘linadi:
1. Tovarlar va xizmatlar bilan operasiyalar (ishlab chisarish, investisiyalash,
iste`mol qilish, import va shu kabilar).
2. Taqsimlash operatsiyalari (ish haqi, foyda, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va
h.k.)
3. Moliyaviy operasiyalar (pulga taaluqli aktivlar va passivlarning o’zgarishi,
valyuta va qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalar, kreditli operasiyalar va
h.k.)
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda moliyaviy balanslar tizimi
alohida o‘rin tutadi. Bunda balans shaklidagi jadval orqali resurslar va
ulardan foydalanish ikki yo‘qlama yozish tartibida ko‘rsatiladi, ya`ni har bir
operasiya to‘lovchisi va oluvchisiga ega bo‘ladi. Shu sababli bir marta
resurslar va ikkinchi marta foydalanish sifatida yoziladi.
BMT statistika hizmati tavsiya qilgan uslub bo‘yicha makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar harakati ikki darajada aks etadi: yig‘ma hisobda YaMM, MD
harakti, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish, boshqa mamlakatlar bilan
operasiyalar; mukammal hisobda esa tarmoqlararo aloqalar,
daromadlarning harakati, ularning taqsimlanishi va pirovard foydalanishi
ko‘rsatiladi. Yig‘ma hisobga yalpi milliy maxsulotni daromadlar va sarflar
bo‘yicha hisoblash misol bo‘la oladi.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini harakterlovchi juda ko‘plab
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud. Tarixiy jihatdan dastlab moddiy
ishlab chiqarish sohalari rivojlanish miqiyosini harakterlovchi
ko‘rsatkichlarga ustunlik berilgan. Bu faqat foydali buyumlarni tayorlashda
qo‘llaniladigan mexnat tan olingan ishlab chiqarish sharoitida to‘liq tabiy
xol hisoblanadi.
Shu nuqtay nazardan kelib chiqib ingliz klassik siyosiy iqtisodchilari
milliy
ho‘jalikdagi barcha mexnatni ikki turga ajiratgan:
1)Moddiy boyliklar yaratuvchi unumli va uni istemol qiladigan mexnat.
2)Boylik yaratmaydigan, faqat uni istemol qiladigan unumlik mexnat.
Bu nazariy asos tegishli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab
chiqarish va ulardan uzoq yillar davomida ko‘pchilik mamlakatlar xo‘jalik
amaliyotida foydalanishga sabab bo‘lgan.
Mazkur ko‘rsatkichlarni hozirgi davrda ham moddiy ishlab chiqarish
sohalari rivojlanishini iqtisodit taxlil qilishda qo‘llash foydadan holi emas.
Ishlab chiqarishni sohalari rivojlanishini eng umumiy holda - ijtimoiy
maxsulot ko‘rsatkichi harakterlaidi. Ma`lum vaqt davomida (odatda bir
yilda) moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan barcha maxsulotlar
o‘zining qiimat ifodasida jami ijtimoiy maxsulotni tashkil qiladi.
Butun halq Ho‘jaligi ishlab chiqarish vositalari va istemol buyumlari
ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iborat bo‘lganligi sababli jomi ijtimoiy
maxsulot (JIM)ning ashyoviy (natural-buyum) tarkibi ishlab chiqarish
vositalari va iste`mol buyumlaridan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘linish asosida
JIM tarkibii elementlarining iste`mol qilinish harakteri etadi. JIMning ishlab
chiqarish vositalaridan iborat qismi (mashina, uskuna va shu kabilar) ishlab
chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladi va demak belvosita iste`molni
qondiradi, iste`mol buyumlari (oziq- ovqat, kiyim-kechak va shu kabilar) esa
ulardan farq qilib, bevosita ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi.
JIMning tarmoq tarkibi ham farqlanadi. JIM tarmoq tarkibi undagi
ayrim tarmoqlar (sanoat, qishloq ho‘jaligi va shu kabi) maxsulotlarining
ulushi sifatida namoyon bo‘ladi.
Qiymat shaklida JIM - iste`mol qilingan ishlab chiqarish vositalari
qiymati (S) va yangidan yaratilgan qiymatidan (V+m) iborat bo‘ladi. JIMni W
bilan belgilasak, bunda W c+V+m bo‘ladi. Yangidan yaratilgan qiymat
zaruriy maxsulot eki ishchi kuchi qiymatidan (V) va qo‘shimcha
maxsulotdan (m) iborat bo‘ladi.
JIM ko‘rsatkichi muxim kamchilikga ega. Uni hisoblashda ishlab
chiqarishning barcha texnologik bosqichlaridagi moddiy harajatlar miqdori
bir necha marta ko‘rib chiqiladi
Boshqacha aytganda:
JIM oraliq maxsulot + pirovard maxsulot
Oraliq maxsulotga ishlov berish, qayta ishlash va sotish maxsadlari
uchun harid qilingan tovarlar kiradi.
Pirovard maxsulot iste`molchilar tomonidan foidalanish uchun sotib
olinadigan tayor tovarlar va hizmatlardan iborat bo‘ladi.
Pirovard maxsulot mexnat predmetlari qiymatini takroriy hisoblashdan
ozod bo‘lsada, u mexnat vositalarining yillik amortizasiya ajratmalari
summasiga teng bo‘lgan, ko‘chgan qiymat o‘tmish mexnat natijasi bo‘lib,
oldingi davrlarda vujudga keltirilgan. Shu sababli moddiy ishlab chiqarish
hodimlarining joriy yildagi faoliyatini aniq baxolash uchun boshqa
umumlashtiruvchi ko‘rsatkich zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich sof milliy
maxsulot qisoblanadi.
|