Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi




Download 297,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana15.05.2024
Hajmi297,46 Kb.
#234424
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- o’z ichiga xalq xo’jaligi majmuini oluvchi davlat;
- transmilliy kor’orastiyalar;
- xalqaro tashkilot va institutlar;
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari 


tarkibidagi firmalar.
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi 
bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan 
mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon 
bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat 
tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi 
turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. 
Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini etkazib beruvchi 
mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida 
sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati 
va alohida mamlakatning eks’ort imkoniyatidan tortib dunyo 
iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro mono’oliyalar faoliyatigacha) 
dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning 
savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga 
bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday 
mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar, 
jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy rivojlanishini 
ta’minlash mumkin emas.
Shu sababli prezidentimiz Sh. Mirziyoyev «Mamlakatning jahon 
xo’jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok 
etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni bar’o etishning asosidir» , deb ta’kidlaydi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi 
turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon 
hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga 
oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining 


turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan 
baholash imkonini bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha 
asosiy ko’rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:
- mutloq va nisbiy YaIM;
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;
- mamlakat eks’orti va im’orti tarkibiy tuzilmasi;
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha 
yondoshuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari –mamlakatlarni aholi jon 
boshiga to’g’ri keluvchi daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish 
hisoblanadi. 

Download 297,46 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 297,46 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi

Download 297,46 Kb.
Pdf ko'rish