rivojlangan. Unda respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini 19.4%,
sanoat mahsulotini 12.4% ini, milliy daromadini 14% shu region etishtiradi.
5. Mirzacho’l iqtisodiy regioni o’z ichiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini
oladi. U respublika hududini 5.7%ini, aholisini 6.6%ini oladi. Bu regionda
o’rta hisobda respublikaning 6.1% milliy daromadi, 2.7% sanoat mahsuloti
va 8.6% qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini etishtiriladi.
6.
Orolbo’yi iqtisodiy regioni. Unga Qoraqalpog’iston avtonom
respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Bu regionda respublikani 38.4%
hududi va 11.5% aholisi joylashgan.
Bu region respublika sanoat
mahsulotini 6.3%ini, qishloq xo’jaligi mahsulotini 12.5% ini etishtiradi.
3. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va YAIM ni hisoblash usullari;
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va
ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy
darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali
butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib,
xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini
belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi,
YaIMni uning
harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash,
qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali
shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va
ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda
mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi.
Makroiqtisodiy miqdor
ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat
ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks
ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga quyidagi ko’rsatkichlar
kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki maxsulot (SIM), milliy
daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va
boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar
kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining
ish bilan
bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va
boshqalar.
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab,
ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona,
tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular
mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy -iqtisodiy
rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozoriqtisodiga
o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan
tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda,
ijtimoiy ishlab chikarish
-iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab
chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli
xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif
va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor
iktisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy maxsulot tarkibiga
tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan,
xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi,
ijtimoiy
ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari
qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad
yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat xisobiga
faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq qilish
natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra
ajratib turuvchi
ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari
ko’llaniladi.
YaIMni hisoblash usullari Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan
biri bu -yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot –bu muayyan davr
mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat
hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar
va xizmatlarning bozor
qiymatidir.
YaIM -bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va
tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan
iboratdir
.Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ;