b) Xizmat ko’rsatish sohasi, bunga xizmat ko’rsatish bilan
shug’ullanadigan tarmoqlar kiritilgan.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi
statistika xizmati YaIM,
bandlik, mehnat haqi va boshqa ko’rsatkichlar soha va tarmoqlar bo’yicha
hisoblaydi va e’lon qiladi.
Shunday qilib, Milliy iqtisodiyot turli qism va bo’laklardan tashkil
topgan murakkab tizimdir. Iqtisodiyotning turli qism va bo’laklari o’rtasidagi
o’zaro nisbat
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi deb ataladi.
Iqtisodiyotni
alohida qismlarga bo’lish asosida turli belgilar yotadi, shuning uchun
tarkiblarning tuzilishi bir necha turlarga ajratib o’rganiladi.
1. Ijtimoiy tuzilishi.
2. Tarmoq tuzilishi.
3. Takror ishlab chiqarish tuzilishi.
4. Xududiy tuzilishi
.
Ijtimoiy tuzilish- bu iqtisodiyotning turli
mulkchilik shakllari o’rtasidagi
o’zaro nisbatdir.
O’zbekistonda
mulkchilik turlari davlat, jamoa, xususiy va aralash
mulkchilik tarzida shakllangan.
Iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida ish bilan band bo’lganlar soni, asosiy
fondlar va ishlab chiqarish bo’yicha bu bo’g’inlarning har birini
ulushi,-Respublika iqtisodiyotining ijtimoiy tuzilishini aks ettiradi.
Iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi bu turli tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro
nisbatdir, ya’ni sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va aloqa o’rtasida
yoki qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar o’rtasidagi,
moddiy
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar va
hokazolar o’rtasidagi nisbatdir. Tarmoq tuzilishi milliy iqtisodiyotning
rivojlanish darajasini ifodalaydigan muhim ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.
Yuksak rivojlangan mamlakatlar∗da uchun xizmat ko’rsatuvchi
sohalarning hissasi yuqori, qayta ishlovchi tarmoqlarning hissasi esa- qazib
oluvchi tarmoqlardan ustun bo’lgan iqtisodiyot tuzilishiga xosdir.
U mehnat va kapitalning
yuqori darajada unumdorligidan, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanganligidan va pirovard natijada aholini
turmush darajasi yuqoriligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotning
takror ishlab chiqarish tuzilishi bu kengaytirilgan
takror ishlab chiqarishni asosiy nisbatlari, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini