Milliy iqtisodiyotni boshqaruv tizimi va uning vazifalari O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan davlat boshqaruv organlari
quyidagicha:
1. O’zbekiston fuqarolarining umumiy saylov yo’li bilan tayinlanadigan
Prezident.
2. Umumxalq saylovi yo’li bilan saylanadigan –
Oliy majlis
deputatlari,Oliy Majlisi sessiyasi, shu oraliqda Oliy Majlis Prezidiumi,
tegishli hay’at va qo’mitalari
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi –
uning raisi
Prezident hisoblanadi.
Bulardan tashqari
huquqiy organlar mavjud bo’lib,
bular qatoriga
O’zbekiston Konstitutsion nazorat qo’mitasi, Konstitutsion sudi,
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston Rspublikasi Prokuraturasi,
Davlat Arbitraji kiradi. Bevosita iqtisodiy boshqaruvga oid davlat
mahkamalari mavjud bo’lib, ular boshqaruv oliy organlarining uchalasida
ham mavjud. Prezident devonida iqtisodiy masalalar bo’yicha
Davlat
maslahatchisi mavjud. Ushbu shaxs davlatning iqtisodiy strategiyasini
ishlab chiqishda iqtisodiy qo’mita va bo’limlarni ham nazorat qiladi.
Oliy Majlis va uning Prezidiumi tarkibida ham iqtisodiyotga oid
qonunlarni ishlab chiqadigan, shunga oid masalalarni Oliy Majlis sessiyalari
kun tartibiga kiritadigan bir necha qo’mitalar mavjud.