Iqtisodiy faoliyat – bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish,
xizmatlar ko’rsatish, iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan
hatti-harakatlardir. Bunday holatning mavjudligi tufayli,
iqtisodiy faoliyat
birinchidan, u yoki bu extiyojlarni qondirishning ustuvor ahamiyatga egaligi,
ikkinchidan, maqsadning dolzarbligi va uchinchidan,
boshqa muqobil
maqsadlarga qaraganda unga erishish uchun to’lanadigan haqning narxini
tanlash bilan bog’liq muammoni hal etadi. Bu uch holat iqtisodiy
faoliyatning mazmunini ifodalaydi. Iqtisodiy faoliyatni o’rganishda milliy
chegaralarini tanlab olish hozirgi zamon texnikasini, siyosatini rivojlanishini
hamda umummilliy ko’rsatkichlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Har bir davlat ma’lum
bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni