• 3 ) Daromadlar usuli
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети




    Download 297,46 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet11/18
    Sana15.05.2024
    Hajmi297,46 Kb.
    #234424
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
    1)Ishlab chiqarish usuli–bunda yalpi ichki mahsulot barcha
    qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.
    Yalpi ichki mahsulot =∑ QQ
    2)Xarajatlar usuli–bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari 
    yig’indisi sifatida aniqlanadi.
    Yalpi ichki mahsulot =C+ I+ G +Xn
    Bu erda S –shaxsiy iste’mol xarajatlari; I–investitsiya xarajatlari
    ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G –davlat xarajatlari ya’ni tovar va 
    xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn –chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof 
    eksport;
    3 ) Daromadlar usuli–bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy 
    iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga 
    yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham 
    kiritiladi.
    YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi
    + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi +


    yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga
    soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi.
    Ko’plar YaIMni iqtisodiyot ahvolini eng yaxshi ko’rsatkichi deb 
    hisoblaydilar. AQSh iqtisodiyot vazirligi tomonidan xar uch oyda
    hisoblanadigan statistik ma’lumotlar iqtisodiy faoliyat natijalarini yagona 
    qiymat ko’rsatkichida aks ettirishga mo’ljallangan. YaIM ni aniqroq 
    quyidagicha tasavvur etish mumkin:
    • Barcha iqtisodiy agentlarning yalpi daromadi;
    • Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga xarajatlarning umumiy
    hajmi.
    YaIM iqtisodiyot ahvolini tavsiflashi mumkin, chunki odamlar
    kamdaromadga qaraganda ko’prog’ini afzal ko’radilar. Shunga o’xshash,
    tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmi qanchalik yuqori bo’lsa,
    shaxsiy, ishlab chiqarish va davlat ehtiyojlarini qondirish darajasi 
    shunchalik yuqori bo’ladi.
    YaIM bir vaqtning o’zida ham iqtisodiyotdagi daromadni, ham ishlab 
    chiqarishga xarajatlar hajmini o’lchaydi, chunki oxir-oqibat bu miqdorlar
    bir xil: butun iqtisodiyot uchun daromadlar hajmi xarajatlar hajmiga teng 
    bo’lishi lozim. Bunga ishonch hosil qilish uchun, biz milliy hisobchilikni, 
    YaIM va u bilan bog’liq boshqa bir qator ko’rsatkichlarni o’lchashning
    statistik tizimini o’rganishimiz lozim.
    YaIM iqtisodiyotdagi pul oqimlarini ifodalaydi. Biz uni ikki usul
    bilan hisoblashimiz mumkin. YaIM –bu non ishlab chiqarishdan olingan 
    yalpi daromad bo’lib, u ish haqi va foyda yiqindisiga teng-pullar doiraviy 
    aylanish chizmasining yuqoridagi yarmi. Shu bilan bir vaqtda, YaIM –bu
    nonni sotib olishga qilingan xarajatlarning umumiy hajmidir-pullar


    doiraviy aylanish chizmasining pastkiyarmi. Shunday qilib, biz yo 
    firmalardan uy xo’jaliklariga pullar oqimini yoki uy xo’jaliklaridan firmalarga 
    pullar oqimini olishimiz mumkin.
    Daromadlar va xarajatlar tengligi hisobga olish qoidalaridan kelib
    chiqadi: mahsulotlarni sotib olishga barcha xarajatlar albatta bu
    mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning daromadi hisoblanadi. Bu
    qoidaga muvofiq, xarajatlar hajmi o’zgarishi yuz beradigan xar qanday 
    bitim natijasida daromad o’zgarishi ham yuz beradi va daromad 
    o’zgarishiga olib keluvchi xar qanday bitim natijasida xarajatlar hajmi 
    o’zgarishi yuz beradi. Faraz qilaylik, masalan firma uy xo’jaliklariga 1 ta 
    nonni ko’proq ishlab chiqaradi va sotadi. Bu operatsiyada nonga 
    xarajatlarning umumiy miqdori ko’payadi, biroq bunda daromadlarning
    umumiy hajmi ham o’zgaradi. Agar firmaga qo’shimcha nonni ishlab
    chiqarish uchun qo’shimcha xodimlarni yollash talab etilsa, unda ish
    haqining umumiy miqdori oshadi. Agar firma qo’shimcha nonni 
    qo’shimcha xodimlarni jalb etmay ishlab chiqarsa (ishlab chiqarish
    jarayoninisamaraliroq qilib), unda foyda ko’payadi. Ikkala holda ham 
    xarajatlar ham, daromadlar ham bir xil miqdorga ko’payadi.
    Faqat non ishlab chiqarilayotgan gipotetik iqtisodiyotda biz YaIMni
    nonni sotib olishga qilingan barcha xarajatlarni qo’shib oddiygina
    hisoblashimiz mumkin. AQSh YaIMni hisoblash ancha qiyin vazifani o’zida 
    aks ettiradi. Bunday yirik va murakkab iqtisodiyotda YaIMni hisoblashda 
    tovar va xizmatlarga qilingan xarajatlarni to’g’ridan to’g’ri qo’shiladi deb fikr 
    yuritib bo’lmaydi. Bu kitobda biz YaIMni hisoblashning to’liq uslubiyatiga
    kirib bormasakda, YaIM tushunchasi haqida to’g’ri tasavvurga ega
    bo’lish uchun uni shakllantirishning asosiy tamoyillarini bilish kerak.
    Faraz qilaylik,faqat bitta tovar turi ishlab chiqarilayotgan iqtisodiyotda 
    firma nonni ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun qo’shimcha ishchilarni 


    yollaydi, ularga ish haqi to’laydi, keyin esa qo’shimcha ishlab
    chiqarilgan nonni firma sota olmaydi. Bu YaIM miqdoriga qanday ta’sir 
    etadi?
    Bu savolga javob sotilmay qolgan non bilan nima yuz berishiga 
    bog’liq. Bir tomondan, agar non tashlab yuborilgan bo’lsa, unda firmaning 
    foydasi qo’shimcha to’langan ish haqi miqdoriga kamayadi-firma ish
    haqi sifatida katta miqdorni to’ladi, biroq o’zi uchun bundan hech qanday 
    naf olmadi. Bu operatsiya xarajatlar hajmiga ham, daromad darajasiga
    ham ta’sir ko’rsatmaganligi sababli YaIM miqdori (uning ish haqi 
    ulushiga to’g’ri keladigan qismi endi ko’p, foyda hissasiga to’g’ri keladigan
    qismi kam bo’lishiga qaramay) o’zgarmay qoladi. Boshqa tomondan, 
    agar non uni keyinroq sotish uchun zahiraga olib qo’yilgan bo’lsa, unda 
    milliy hisobchilik tamoyillariga muvofiq, bu operatsiya boshqacha hisobga 
    olinadi. Bu holda foyda qisqarmaydi, chunki bu firma egalari firma
    zahiralari uchun non “sotib olishi” bilan bir xildir. Shunday qilib, YaIM
    miqdori ortadi: yuqoriroq ish haqi tufayli daromad oshadi, zahiralar 
    jamg’arilishi sababli esa xarajatlar miqdori ko’payadi.
    Umumiy qoida shundan iboratki, firma tovarlar zahiralarini 
    ko’paytirganda, zahiralarga investitsiyalar hajmi ham xarajatlar
    tarkibiga, ham daromadlar tarkibiga kiritiladi. Shunday qilib, agar
    ishlab chiqarish natijasida zahiralar qo’shimcha o’sishi yuz bersa,
    bunda YaIM xuddi bevosita sotish uchun ishlab chiqarilgani kabi ortadi.
    Biz YaIM tahlilini iqtisodiyotda ishlab chiqariladigan yagon
    tovar non hisoblangandagi taklifdan boshladik. Haqiqatda esa
    iqtisodiyotda sezilarli miqdordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar:
    non, gamburgerlar, avtomobillar, sartaroshlik xizmatlari va shu kabilar
    ishlab chiqariladi. YaIMda bu turli tovarlar qiymati bitta yig’ilgan
    ko’rsatkichda ifoda etiladi. Iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan


    tovarlarning turli-tumanligi YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi, chunki 
    barcha bu tovarlar turli qiymatga egalar.
    Faraz qilaylik, misol uchun, iqtisodiyotda uchta apelsin va to’rtta
    olma ishlab chiqariladi. Biz YaIMni qanday hisoblaymiz? Biz olma va
    apelsinlar miqdorini oddiygina qo’shib, YaIM mevalarning etti birligiga
    ega deyishimiz mumkin. Biroq bu faqat olmalar va apelsinlar bir xil
    qiymatga ega bo’lgan holdagina ma’noga ega bo’lishi mumkin, bu esa
    noto’g’ri. (bu misol agar biz iqtisodiyotda to’rtta tarvuz va uchta
    greypfrut ishlab chiqariladi deb faraz qilganimizda yanada yaqqolroq 
    bo’lardi).
    Turli tovarlar umumiy qiymatini hisoblash uchun biz ular qiymatini
    ifodasi sifatida ularning bozor narxini qo’llaymiz. Bozor narxi
    qo’llanilishining sababi, u odamlar muayyan tovar yoki xizmatlar uchun
    to’lashga tayyor bo’lgan pul miqdorini o’zida aks ettiradi. Agar olmalar 
    donasi 50 tsent tursa, apelsinlar esa donasi 1 dollar tursa, unda YaIM 
    quyidagiga teng bo’ladi:YaIM =(olma narxi *olmalar miqdori) +(apelsin 
    narxi * apelsinlar miqdori)==(0,50*4) + (1,00*3)=5,00
    YaIM 5 dollarga teng, ya’ni barcha olmalar qiymati (2 dollar) qo’shuv 
    barcha apelsinlar qiymati (3 dollar)
    Ko’plab tovarlarni ishlab chiqarish bir qancha bosqichlardan o’tadi:
    bir firmada xom ashyo oraliq mahsulotlarga aylanadi va keyin boshqa 
    firmaga tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun sotiladi.Biz bunday
    tovarlarni YaIMni hisoblashda qanday hisobga olishimiz lozim? Faraz 
    qilaylik fermer MakDonaldsga 0,50 dollarga go’shtning chorak funtini
    sotadi, MakDonalds esa keyin Sizga gamburgerlarni 1, 50 dollardan 
    sotadi. YaIM da ham go’shtni, ham gamburgerni qiymati (2 dollar
    miqdorida) hisobga olinishi lozimmi yoki faqat gamburger qiymati (1, 5 


    dollar) mi?
    Bu savolga javob quyidagicha bo’ladi: YaIMga faqat yakuniy
    mahsulotlar qiymati kiritiladi. Shunday qilib, gamburger qiymati
    YaIMning bir qismi hisoblanadi, go’sht qiymati esa yo’q; YaIM 2
    dollarga emas, faqat 1,5 dollarga ko’payadi. Buning sababi shundan 
    iboratki, oraliq mahsulotning qiymati yakuniy mahsulot qiymatiga kiritib 
    bo’lingan. Oraliq mahsulot qiymatini yakuniy mahsulot qiymatiga qo’shish 
    ikki marta hisobga olishga olib keladi-ya’ni bita go’sht ikki marta hisobga
    olingan bo’ladi. Shunday qilib, YaIM-yakuniy mahsulotva xizmatlar 
    umumiy qiymati.
    Barcha yakuniy tovar va xizmatlar qiymatini hisoblash usullaridan biri 
    ishlab chiqarishning xar bir bosqichida qo’shilgan qiymatlarni
    qo’shishdan iborat. Firmaning qo’shilgan qiymati ishlab chiqarilgan 
    mahsulot qiymatidan firma sotib olgan oraliq mahsulot qiymatini
    ayirmasiga tengdir. Gamburger keltirilgan misolda, fermer tomonidan 
    qo’shilgan qiymat 50 tsentga teng (fermer hech qanday oraliq mahsulot 
    sotib olmasligi ko’zda tutiladi), MalDonalds tomonidan qo’shilgan qiymat
    esa (1, 50 dollar –0,50 dollar) 1,00 dollarga teng. Umumiy qo’shilgan 
    qiymat, shunday qilib 0,50 dollar + 1,00 dollar =1,50 dollarga teng.
    Butun iqtisodiyot uchun qo’shilgan qiymatning umumiy miqdori barcha 
    yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatiga teng bo’lishi lozim.
    Shunday qilib, YaIMni shuningdek, barcha firmalar qo’shilgan qiymatlari 
    yig’indisi sifatida ham ifodalash mumkin.
    Ko’plabtovarva xizmatlar YaIMda ularning bozor qiymati bo’yicha 
    hisobga olingan bir vaqtda, ba’zi tovarlar va xizmatlar bozorda sotilmaydi, 
    demak bozor narxiga ega emas. Bu xizmatlar qiymati YaIMga kiritilishi 
    lozim bo’lgani uchun, biz uni o’lchashimiz kerak. Bundy baholashlar shartli 
    o’tkazilgan qiymatlar nomini oldi.


    Shartli o’tkazilgan qiymat, masalan, uy-joy sohasida xizmatlarni
    baholashda qo’llaniladi. Uy-joyni ijaraga olayotgan inson, xizmatlar uchun 
    haq to’laydi va uy egasini daromad bilan ta’minlaydi; ijara haqi YaIM
    hisobiga uy egasining daromadi sifatida ham, uy-joyni ijaraga
    oluvchining xarajatlari sifatida kiritiladi.Shu bilan birga, ko’plab odamlar 
    shaxsiy uylarida yashaydilar. Ular ijara haqi to’lamasalar ham, biroq ular 
    uy-joyni ijaraga oluvchilar singari xuddi shunday xizmatlardan
    foydalanadilar. Shunday qilib, shaxsiy uy egalari foydalanadigan 
    xizmatlarni hisobga olish uchun YaIM tarkibiga ular o’zi o’ziga
    “to’laydigan” “ijara haqi” kiritiladi. Albatta ular o’zi o’ziga hech qanday ijara 
    haqi to’lamaydilar. Savdo vazirligi agarular uy-joyni ijaraga olganlarida 
    to’lashlari mumkin bo’lgan ijara haqi miqdorini baholaydi va bu shartli 
    o’tkazilgan qiymat miqdorini YaIMga kiritadi. Bu ijara haqi uy egalarining
    ham xarajatlari, ham daromadlari sifatida hisobga olinadi.
    Davlat tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar hamxuddi shunday
    tarzda baholanadi. Masalan, aholiga politsiyachilar, o’t o’chiruvchilar, 
    senatorlar xizmat ko’rsatadilar. Bu xizmatlarning qiymat bahosini berish 
    qiyin, chunki ular bozorda sotilmaydi va bozor narxiga ega emas. YaIM
    tarkibida bu xizmatlar ularni ko’rsatishga ketadigan sarflarga muvofiq
    hisobga olinadi. Bu ushbu davlat xizmatchilarining mahsulotlari 
    qiymatining ko’rsatkichi bo’lib ularning ish haqisi xizmat qilishini anglatadi.
    Ko’pgina hollarda bunday hisobga olish haqiqatda zarur bo’lsada,
    biroq amaliyotda amalga oshirilmaydi. YaIM da o’z uylari uchun shartli
    ravishda o’tkazilgan ijara qiymati hisobga olinganligi uchun ham miantiqan 
    unga shaxsiy mulk bo’lgan avtomobillar, qimmatbaho buyumlar va
    uzoq muddat foydalaniladigan boshqa tovarlar uchun shartli ravishda 
    o’tkazilgan ijara qiymati kiritilishi lozim, biroq amaliyotda bunday
    qilinmaydi. Bundan tashqari ba’zi tovarlar uyda ishlab chiqariladi va 


    iste’mol qilinadi hamda hech qachon bozorga chiqmaydi. Masalan, uyda
    tayyorlangan ovqat restoranda tayyorlangan ovqatdan unchalik farq
    qilmaydi, biroq ovqatni uyda tayyorlash jarayonida qo’shilgan qiymati
    YaIM ga kiritilmaydi. Nihoyat, YaIMga noqonuniy tayyorlanadigan va 
    sotiladigan tovarlar qiymati kiritilmaydi. Masalan, giyohvand moddalar.
    Shartli o’tkazilgan qiymatni hisoblash uslubiyati mukammal 
    bo’lmaganligi va ko’plab tovarlar hamda xizmatlarning qiymati YaIMga
    kiritilmaganligi sababli, YaIM iqtisodiy faoliyat natijalarining ideal
    ko’rsatkichi hisoblanmaydi. Shungaqaramay bu xatoliklarning mavjudligi
    YaIM ahamiyatini kamaytirmaydi. Agar xatoliklar miqdori vaqt o’tishi bilan 
    unchalik o’zgarmasa, YaIM turli yillar va turli o’n yilliklarda iqtisodiy
    faoliyat natijalarini solishtirish uchun muvaffaqiyatli ravishda qo’llanilishi 
    mumkin.

    Download 297,46 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




    Download 297,46 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети

    Download 297,46 Kb.
    Pdf ko'rish