-amaliy mashgulot. Avtonom ishlovchi elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash




Download 2.57 Mb.
bet23/29
Sana12.05.2023
Hajmi2.57 Mb.
#59009
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
3.2.ЭЭ
toga, qadimgi dunyo tarixi 6 uzb, 797 23.09.2019 (1), 8 жадвал, ttr, ишчи дастур, 1, Кўчирма , бетлик Amaliyot
4-amaliy mashgulot. Avtonom ishlovchi elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash.
Ishdan maqsad: Tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliy masalalar yechish orqali mustaxkamlash
Ishning qo‘yilishi: Keltirilgan masalalarni namunaviy yechimlar asosida ishlash zarur
Misolda Toshkent viloyatidagi non-ishlab chiqarish korxonasi ko‘rib chiqilgan. Elektr energiya manbasi sifatida Capstone firmasining mikroturbinasidan foydalanilgan. Mikroturbina tabiiy gaz, metan, propan-butan, dizel, kerosin, biogaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilarga ham ishlaydi. S30 markali mikroturbinadan 1 ta ishlatilgan (mikroturbinaning quvvati 30 kVt). Mikroturbina yil davomida 8760 soat ishlaydi, o‘rtacha yuklama nominalga nisbatan 85% (o‘rtacha quvvat 25,5 kVt) ga teng.
1. Mikroturbina ishlab chiqaradigan yillik elektr energiya miqdori:
Cyillik= Po‘rtacha∙n∙ho‘rnatilgan=25,5∙1∙24∙365=223380 kVt∙soat.
Po‘rtacha-o‘rtacha quvvat, n-miktroturbinalar soni, ho‘rnatilgan-o‘rnatilgan quvvatdan foydalanish soatlar miqdori.
2. Yoqilg‘i harajatlari:
Gaz uchun tarif – 226,1 so‘m
C30 mikroturbinaning 100% yuklamdagi gaz harajati 12 mz/soat.
1 ta mikroturbinaning 85% yuklama bilan ishlagandagi yillik gaz harajati:
Zyillik=q∙n∙t∙ho‘rnatilgan∙T=12∙1∙0,85∙8760∙226,1=20202487,2 so‘m.
q - S30 mikroturbinaning gaz sarfi.
Yoqilg‘ining solishtirma harajati:
3. Ishlab chiqariladigan elektr energiyaning tannarxi.
Mikroturbinadan foydalanishda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning tannarxi yoqilg‘i harajatlari va reglamentli xizmat ko‘rsatish qiymatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ishchi harajatlari hisobga olinmaydi, ya’ni mikroturbinani muntazam nazorat qiluvchi shaxssiz ishlaydi. Reglamentli xizmat ko‘rsatish uchun solishtirma qiymat Csolishtirma=50 so‘m/kVt∙soatga teng. S30 markali mikroturbinaning kapital ta’mirlashgacha ishlash vaqti 60000 soat.
Ishlab chiqariladigan elektr energiyaning tannarxi gazning solishtirma qiymati, yoqilg‘i harajatlari va solishtirma reglamentli xizmat ko‘rsatish qiymatlarini o‘zaro yig‘indisiga teng.
Cie=90,5+50,0= 140,5so‘m/kVt∙soat.
4. Elektr energiya iqtisodi.
Mikroturbinadan foydalanish elektr energiyasini ishlab chiqarib sotuvchi kompaniyasi uchun ma’qul variantdir. Korxona uchun elektr energiya narxi 191,0 so‘mni tashkil etadi.
Avtonom energiya ta’minotidagi elektr energiya iqtisodi energiya sotish kompaniyasidan elektr energiya sotib olish harajatlari va mikroturbinalar yordamida shuncha mikdordagi elektr energiya ishlab chiqarish harajatlarini o‘zaro farqi bilan aniqlanadi.
Yillik elektr energiya iste’moli 223380 kVt∙soat bo‘lganda elektr energiya tejamkorlik quyidagiga teng:
Эee=(T-Эie)Э= (191-140,5)∙223380 =11 280 690 so‘m.
Shu bilan bir katorda mikroturbina ishlab chiqaradigan issiqlik miqdoritekin hisoblanadi.
5. Issiklik iqtisodi:Mikroturbina ishlash jarayonida ko‘pgina zararli gazlar ishlab chiqaradi. Gaz turbinadan chiquvchi tutun gazining harorati 270 0S va o‘zi bilan 305000 kJ/kg issiqlik energiya olib chiqadi. Ajralib chiqayotgan issiqlik energiya miqdori yordamida shu ob’ektni isitish tizimi va issiq suv bilan ta’minlash mumkin. Ya’ni “gaz-suv” issiqlik almashinuv qurilmasi (IAQ) yordamida zararli gazlarning issiqlik energiyasini utilizatsiya kilish mumkin. Bu issiqlik isitish tizimi, issiq suv ta’minoti ob’ekti uchun yoki bug‘ qozonxonasiga tushuvchi suvni isitish uchun ishlatilish mumkin.
Yil davomida utilizatsiya qilingan issiqlik:
Vut=223380∙1,78 = 397616,4 kVt∙soat .
Utilizatsiya qilingan issiqlikdan foydalanish natijasida yoqilg‘i sifatida ishlatidigan gaz miqdorini sarfi kamayadi. Yil davomida tejab qolinadigan gaz miqdori ancha bo‘lishi mumkin. Hisoblaganda 9,3 kVt∙soat/m3 tabiiy gazni yoqish natijasida ajralib chiqadigan solishtirma issiqlik mikdori, 0,9-bug‘ qozonxonaning FIK. Gaz uchun tarif226,1so‘m bo‘lganda, yil davomida chiqindi gazlar utilizatsiyasidan tejab qolindigan mablag‘ quyidagiga teng:
Эtej.gaz∙ = 226,1∙47505=10740 880,5 so‘m.
6. Iktisodiy samaradorlik:
1 ta S30 markali mikroturbinaningo‘rtacha narxi32500 $ ni tashkil etadi [10]. Kapital tamirlash esa qurilma narxining 40-80% tashkil etadi. 1 ta S30 markali mikroturbinani qurilmasini narxi taxminan: Р=32500∙3740=121 550000 so‘m.
Mikroturbinani ishga tushirgunga qadar loyiha-smeta ishi, qurima tannarxi, transport harajatlari, montaj, yordamchi qurilmalar va boshqa harajatlar qiymati bilan taqriban
Р*= 150000000 so‘mga teng.
Ob’уekt elektr ta’minoti uchun mikroturbinadan foydalanish natijasida yillik tejamkorlik elektr va issiqlik energiyasini tejamkorligining yig‘indisiga teng. Ya’ni kelgusidagi elektr va gaz uchun tariflarni aytish kiyin.
Yillik elektr energiya iqtisodi: Эee= 11 280 690 so‘m.
Yillik issiqlik iqtisodi: Эi∙=10740 880,5so‘m.
Ya’ni yillik umumiy tejamkorlik:
Эjami=Эee+Эtej.gaz∙=11 280 690+10740 880,5=22 021 570,5 so‘m
1ta S30 markali mikroturbinani harajatlarni qoplash vaqti.
Xulosa sifatida mikro tarmoqlar tizimida elektr energiyasini ishlab chiqarishni amaliyotda joriy etilishi natijasida muqobil energiya manbalaridan foydalanish darajasi ortadi, elektr energiyasidan foydalanish jarayonida iste’molchida uning tannarxinihisobga olib elektr stansiyalarning tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, sifatli va ishonchli elektr ta’minoti tizimi yaratiladi,



Download 2.57 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Download 2.57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-amaliy mashgulot. Avtonom ishlovchi elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash

Download 2.57 Mb.