IV.MEHNAT MUHOFAZASI 4.1. Kontaktli payvandlashdagi xavfsizlik texnikasiga oid asosiy chora- tadbirlar




Download 0.63 Mb.
bet14/19
Sana13.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#34511
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Aytbaev Jasur
10. MOODLE NIMA, Savollarga javob yozing, Alpisbaev Sultan, doklat alibek, Usinis PQJ 2023, ПЕДАГОГИКАЛЫҚ ТЕРМИНЛЕР, file 484703 (1), Toplamlar, informatika fan oylik], IXTA 8, CSS da forma va Inspect yordamida sahifa yaratish, Idioms53WithMeanings, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, 4-amaliy mashg\'ulot axborotni kodlash

IV.MEHNAT MUHOFAZASI

4.1. Kontaktli payvandlashdagi xavfsizlik texnikasiga oid asosiy chora- tadbirlar.


Kontaktli payvandlashdagi xavfsizlik texnikasiga oid asosiy choratadbirlar operatorning elektr tokidan shikastlanishi, sachragan yoki chayqalib to‘kilgan qaynoq metallning kuydirishi, kuch yuritmasi yoki detallarni uzatish yuritmasining aylanuvchi qismlari shikast yetkazish ehtimoli borligi bilan bog‘liqdir.
Payvandlash mashinasi transformatorining ikkilamchi kuchlanishi 24 V dan oshmaydi va odam uchun xavfli emas. Payvandlash transformatorining birlamchi chulg‘ami bilan bog‘langan qismlarga tegib ketish eng xavflidir, chunki chulg‘amdagi tok odatda 220—380 V ni tashkil etadi, kondensatorli mashinalardan foydalanilganda esa to‘g‘rilagichdagi kuchlanish 1000 V ga etishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zan transformatorning birlamchi chulg‘ami teshilishi yoki ikkilamchi o‘ramga tutashib qolishi mumkin. Shu bois mashinaning ikkilamchi konturi va boshqarish qutisi ishonchli tarzda yerga ulanadi. Yerga ulovchi simning kesimi ochiq usulda o‘tkazish uchun 4 mm2 dan va yopiq usulda o‘tkazish uchun 5 mm2 dan kichik bo‘lmasligi lozim. Barcha boshqaruv qismlari — tugmalar, tepkilar (pedallar) va b. odatda 36 V dan oshmaydigan kuchlanish bilan ta’minlanadi. Ish vaqtida mashina va boshqarish qutisining eshikchalari yopiq bo‘lmog‘i lozim. Mashinani tarmoqdan tez uzib qo‘yish uchun rubilniklar, tugmalar va boshqa uzuvchi qurilmalar qulay joyda bo‘lishi kerak. Mashina oldidagi polga quruq rezinka poyandoz to‘shalgan bo‘lishi zarur. Tegishli malakali va xavfsizlik texnikasidan yo‘l-yo‘riqlar olgan shaxslargina mashinada ishlashga qo‘yiladilar. Agar qandaydir nosozlik yuz bersa, ishni darhol to‘xtatish va bu haqda usta yoki sozlovchiga xabar bermoq darkor. Elektrodlarni tozalash va almashtirishda, uzellarni mashina konturiga o‘rnatishda elektrod tasodifan siljib ketib qo‘lni shikastlamasligi uchun ehtiyot choralariga amal qilish zarur.
Kuyishdan himoyalanish uchun payvandchida shishasi tiniq ko‘zoynak, jomakor va qo‘lqop bo‘lmog‘i kerak. Uchma-uch payvandlash mashinalarining qisuvchi mexanizmi yaqinidagi bo‘shliq yig‘ma to‘siq bilan bekitilishi, qudratli mashinalar bilan payvandlashda esa ularning atrofi g‘ovlar bilan to‘sib qo‘yilishi lozim. Uchma-uch payvandlash paytida metall bug‘lari ajralib chiqadi va metall sachraydi.
Rangli metallarni va oson eruvchi qoplamali po‘latlarni payvandlash vaqtida ayniqsa zararli moddalar ko‘p ajralib chiqadi. Shuning uchun, eski havoni chiqarib, yangi havo kiritadigan umumiy shamollatish qurilmasidan tashqari, mahalliy shamollatish qurilmasini nazarda tutish tavsiya etiladi.

Download 0.63 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 0.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV.MEHNAT MUHOFAZASI 4.1. Kontaktli payvandlashdagi xavfsizlik texnikasiga oid asosiy chora- tadbirlar

Download 0.63 Mb.