• Tayanch atama va iboralar
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




    Download 13,81 Mb.
    bet31/117
    Sana23.07.2021
    Hajmi13,81 Mb.
    #15896
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117
    Internet saytlari

    1. http://mirslovarei.com/content psy/GERIATRIJA- 22672.html

    2. http:// gerontology.ru/news 170999.htm



    4-MAVZU: INFUZION ERITMALARGA QO‘YILGAN ZAMONAVIY TALABLAR

    O‘qitish maqsadi: infuzion eritmalarga qo‘yilgan zamonaviy talablarga oid oid nazariy va amaliy savollarni o1zlashtirish.

    Tayanch atama va iboralar:

    Infuzion terapiya, gemoreokrreksiya, izoplastiklik, izoionik, izoosmolyarlik


    Tushuntirish matni

    1. Infuzion eritmalarni ta’rifi, zamonaviy farmakoterapiyadagi axamiyati, infuzion terapiyaning asosiy maqsadlari
    Infuzion terapiya – bu odam organizmiga katta hajmda, parenteral yo‘l bilan turli suyuqliklarni quyish.

    Maqsadlar bir necha ulardan:

    - reanimatsiya va intensiv terapiyaning masalalarini echish;

    - qonga yuborilgan kuchli ta’sir etuvchi dorilarni suyultirish;

    - volyumokorreksiya – qon yo‘qotishlarda uning dastlabki (adekvat hajmini va tarkibini tiklash);

    - Gemoreokorreksiya – qonning gomeostatik va reologik xossalarini normallashtirish;

    - Infuzion regidratatsiya;

    - Elektrolit balans va kislota–ishqoriy muvozanatni normallashtirish;

    - Faol infuzion dezintoksikatsiya;

    - To‘qimalarning metabolizmini meyorlashtirish ( ta’minlash ) uchun ( oqsil, lipid va uglevod almashuvini korreksiyalash).

    Infuzion terapiya turli toifali (kategoriya) bemorlarni davolashning zaruriy bir qismi xisoblanadi.

    Infuzion eritmalar ( IE) qon zardobiga osmotik bosim, ion tarkibi, qovushqoqligi va pH ko‘rsatkichi bo‘yicha yaqin eritmalar bo‘lib, ular xujayra va a’zolarning xayotiy faoliyatini ta’minlaydi va organizmning fiziologik muvozanatini sezilarli o‘zgartirmaydi.

    Tarixiy ma’lumotlar

    XIX asrning 30 yillarida ingliz shifokori T. Latta “Lancet” jurnalida xolerani natriy gidrokarbonat eritmasini qon tomiriga quyish bilan davolaganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni chop etdi.

    1881 yil iyul (10) Landerer birinchi bo‘lib qon tomirga Fiziologik eritma NaCl izotonik eritmasini quyib davolagan va bu infuzion terapiyaning rivojlanishiga asos bo‘ldi.

    1915 yil jelatina asosida birinchi qon o‘rin bosuvchi suyuqlik (I.E.) Nogan tomonidan qo‘llanildi. Xozirda jelatina asosida jelatinol, modejel, gelofuzin keng qo‘llaniladi.

    1940 y amaliyotga birinchi bo‘lib sintetik kolloid (PVP) asosida “Peristoy” I.E taklif etildi (Reppe, Weese):

    1944 yillarda dekstran asosida qon o‘rinbosarlari ishlab chiqildi Gronwall va Ingelman. 25 yil mobaynida dekstran asosida olingan turli I.E keng qo‘llanildi.

    1962 yillarda gidrooksietillangan kraxmal asosida I.E yaratila boshladi. (Thompson, Britton) va ular 20 asrning oxirida keng qo‘llanilib kelingan (infukol, refortan, stabizol).

    1966 y organizmda kislorod tashuvchi xossaga ega bo‘lgan I.E yaratila boshlandi. Dastlabki chop etilgan maqolalarda perftoruglerodlarni (PFU) shu maqsadda qo‘llash maqsadga muvofiqligi ko‘rsatildi. (L. Clark, L. Gollon).

    1979 y SSSR da birinchi PFU lar asosida “Perftoran” qon o‘rinbosari yaratilib klinik sinovlarni o‘ta boshladi. (G. Gramenitskiy, I. Kunyans, F. Beloyarsev).

    1992 y Polietilenglikol asosida “Polioksidin” IE ishlab chiqildi va sinaldi.(Peterburg NII GPK L.A.Sedova, L.G. Mixaylova) 1997 y shu institutda polimerlangan odam gemoglobini asosida yaratilgan “Gelenpol” ishlab chiqildi va klinikalarda sinaldi. (E.A. Selivanov) 1998 yilda tibbiyotda ishlatish uchun ruxsat etildi.

    Albatta, kon preparatlari ham infuzion terapiyada qo‘llaniladi. Lekin donorlar qonini (plazmasini) ishlatish chegaralangan, chunki defitsit, virus infeksiyalarni xavfi va sh.u.

    Xozirda IE ishlab chiqish farm sanoatining eng murakkab va muammoli masalasi hisoblanadi.

    Xozirda (chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra) (Rossiya) barcha I.E. ni ≈ 50 % i dorixonalarda tayyorlanadi, qolgan qismi esa – yirik farm. korxonalarda.

    Infuzion- eritmalar ma’lumki, in’eksion dori turlari guruhiga kirib, qon tomirlariga ko‘p hajmda (100 ml va undan ko‘proq) yuborilishi bilan farqlanadi. Bular odatda bemor ko‘p qon yo‘qotganda, qattiq shikastlanganda, elektrolitik va kislota-ishqor holatining o‘zgarishlarida ishlatiladi.

    Infuzion eritmalarning ahamiyati katta, ayniqsa tez yordam ko‘rsatish uchun. Xozirgi kunda tibbiyot amaliyotida 200 dan ortiq infuzion eritmalar ishlatiladi. Bu eritmalar ko‘pincha qon o‘rinbosarlari deb yuritiladi.

    Xozirda IE tasniflanadi:

    -dori shakli ko‘rinishi bo‘yicha;

    - funksional buyurilishi bo‘yicha;

    - tarkibi va ko‘llanilishi bo‘yicha

    Dorishakli ko‘rinishi bo‘yicha IE:

    - qon tomiriga yuboriladigan eritmalar;

    - qon tomiriga yuboriladigan emulsiyalar;

    - qon tomiriga yuboriladigan IE konsentlarlari;

    - IE tayyorlash uchun poroshoklar va liofillangan shakllar

    Shu toifadagi dori turlarini tayyorlashiga tegishli masalalar dolzarb hisoblanadi, chunki xozirda in’eksion dori turlari davolash profilaktika tashkilotlari qaramog‘idagi dorixonalar retsepturasining deyarli 60 % tashkil etadi.

    Tanaga parenteral yo‘li bilan katta hajma yuborilganligi hisobga olib ularning sifat ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor berilish lozim.

    Infuzion eritmalar qator talablarga javob berishi lozim:

    -apirogen va steril bo‘lishi;

    -mexanik iflosliklardan toza bo‘lishi;

    -turg‘unligi saqlanishi

    Bu asosiy talablar va ulardan tashqari infusion eritmalarga o‘ziga xos talablar ham qo‘yiladi: izotonik, izoionik, izogidrik; izoplastik va izoosmolyar bo‘lishi (ishlatilishidan kelib chiqqan xolda).6


    Download 13,81 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117




    Download 13,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

    Download 13,81 Mb.