• Tushuntirish matni
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




    Download 13,81 Mb.
    bet86/117
    Sana23.07.2021
    Hajmi13,81 Mb.
    #15896
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117
    Internet saytlari

    http://ntpo.com/patent_medicine/ medicine_924.shtml



    8-MAVZU: DORI TURLARIDA KONSERVANTLARNI QO’LLASH ASOSLARI

    Ma’ruza maqsadi: konservantlarni farmatsevtik texnologiyada qo`llashga oid nazariy va amaliy savollarni o1zlashtirish

    Tayanch atama va iboralar: konservantlar, mikrobiologik turg‘unlik, fenollar, оrganik birikmalar, мetalloorganik konservantlar

    Tushuntirish matni

    Mikrobiologik turg‘unlikni ta’minlash

    Dorilar tayyorlash, saqlash, transportlash, qo‘llash jarayonida ularga turli mikroorganizmlar tushib qolishi mumkin.Ular hayot faoliyati natijasida har xil moddalarni ajratadi (toksinlar, fermentlar). Ana shu moddalar dori preparatida gidrolitik, oksidlanish va hokazo xarakterdagi o‘zgarishlarni chaqiradi, organizmga zararli ta’sir ham ko‘rsatadi. Shuning uchun mikrobiologik tozalik masalasi dori turlari texnologiyasida katta amaliy axamiyatga ega, ayniqsa suyuq dori turlarida.

    Mikroblar bilan ifloslanish va buzilishi masalasi o‘ta muxim va amaliy axamiyatga (ayniqsa suyuq va ineksion dorilarda). Suyuq faza qismi yuqori bo‘lgan dorilarda mikroorganizmlarni rivojlanishi qulay sharoit xisoblanadi. Undan tashqari dorilarni olishda mikroorganizmlarni ozuqasi bu materiallar qo‘llaniladi: Shilimshiqlar, kraxmal, dekstran va shunga o‘xshaganlar.

    Asosan dorilar saprofitlar bilan ifloslanadi (ular keng tarqalgan tashqi muxitda). Saprofitlar organik moddalarni, oqsillarni, lipidlarni, uglevodlarni parchalashi mumkin. Zamburug‘lar esa alkaloidlar, glikozidlar turli vitaminlarni parchalanish xususiyatiga ega.

    Mikroblar bilan ifloslanish oldini olish qator usullar korxonalarda qo‘llaniladi:


    • Aseptik sharoit yaratish

    • Tayyor preparatlarnisterillash

    Bu usullarni etarli bo‘lmaydi agar preparat ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lsa. SHunda maxsus yordamchi moddalar – konservantlar va sterillash usulini qo‘llash imkoniyati bo‘lmasa (termolabil).

    1. Dorilarni konservirlash – bu ularni mikroblar tomonidan buzilishidan antiseptik moddalar yordamida saqlash usulidir. Konservantlar (dorilarni) tayyorlash jarayonida saqlanib bo‘lmaydigan va dorilarga ishlatish jarayonida tushadigan mikroorganizmlarning o‘sish ingibitorlari (ya’ni mikroorganizmlarning o‘sishini sekinlashtiruvchi moddalar) hisoblanadi. Konservantlar saqlash va qo‘llash jarayonida dorilarning sterilligini yoki ulardagi nopatogen mikroorganizmlarni ruxsat etilgan me’yorlarda saqlab turish imkonini beradi. Dorilarni konservatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan har bir antimikrob modda bemorning xavfsizligini va dorivor preparatning kerak (zarur) sifatini ta’minlashi kerak.

    Shundan kelib chiqqan holda konservantlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:15



    • past konsentratsiyalarda keng spektrda ta’sir ko‘rsatish;

    • yaxshi eruvchanlikni namoyon qilish;

    • dorivor va yordamchi moddalar hamda qadoqlovchi materiallarni aksariyati bilan mutanosib bo‘lishi;

    • dorivor preparatlarning (butun) yaroqlik muddati davomida muhit rNi va haroratining keng intervalida turg‘un bo‘lishi;

    • dorivor preparatning organoleptik xossalariga ta’siri bo‘lmasligi;

    • mikroorganizmlarning turg‘un shaklini hosil (paydo) qilish qobiliyatining mavjud bo‘lmasligi.

    Konservantlar ta’sir qiluvchi moddaning farmakologik samaradorligini pasaytirmasligi yoki odam orginizmiga toksik, allergiya chaqiruvchi va qitiqlovchi ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.

    Konservantlar faolligiga ta’sir etuvchi omillar rasmda keltirilgan:16



    Download 13,81 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117




    Download 13,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

    Download 13,81 Mb.