• Nazorat savollari
  • Kompleks usulda barqarorlash




    Download 13,81 Mb.
    bet97/117
    Sana23.07.2021
    Hajmi13,81 Mb.
    #15896
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117
    Kompleks usulda barqarorlash

    In’eksion eritmalar ba’zan stabilizatorlar kompleksini qo‘llab tayyorlanadi. Bu kompleks tarkibiga turli tipdagi stabilizatorlar kirishi mumkin.Ular bir necha bevosita ta’sirli antioksidantlardan tashkil topishi mumkin; bevosita va bilvosita antioksidantdan tashkil topishi mumkin; antioksidant va muhit pH sharoitini yaratuvchi moddadan tashkil topishi mumkin; antioksidant va konservantdan tashkil topishi mumkin(mikrobga qarshi barqarorlash). Masalan,diprazinning 2, 2,5% li eritmalari bir nechta antioksidant yordamida barqarorlashtiriladi (askorbin kislotasi-0,2%, suvsiz natriy sulfit-0,1%, natriy metabisulfit-0,1%). 0,4%li indigokarmin eritmasi antioksidant va рН sharoitini boshqaruvchi modda qo‘shib stabillanadi. Stabilizator sifatida bu eritma 0,05% rongalit va 0,1% natriy sitrat saqlaydi.

    Misol: apomorofin 2 ta fenol gidroksillarni saqlaydi shuning uchun engil oksidlanadi. (ko‘k-yashil rangga bo‘yaladi).

    1%li apomorfin gidroxlorid eritmasi 0,5g analgin peroksid radikallarini bog‘laydi, 0,2g sistein gidroperekislarni bog‘laydi va 0,1M xlorid gidroksil ionlarni (katalizatorlar) neytrallash uchun kislotasi (1l eritmaga 40 ml)saqlovchi erituvchida tayyorlanadi.

    Shunday qilib, oson oksidlanadigan moddalar eritmalarini turg‘unligini oshirish uchun eritmada optimal pH sharoitini yaratish, dori moddasiga kislorod ta’sirini tayyorlash jarayonida, sterillashda, dori preparatini saqlashda katalizator ta’sirini bartaraf etish lozimdir.

    Rp: Sol.Acidi ascorbinici 5% - 200 ml

    Sterilisetur

    Askorbin kislotasi eritmasini tayyorlash uchun MX bo‘yicha 1 litr eritmaga 2 g suvsizlangan natriy sulfit (antioksidant sifatida) va 23,85 g natriy gidrokar-bonat qo‘shib tayyorlanadi. Eritmaga natriy gidrokarbonat tuzini qo‘shishdan maqsad askorbin kislotasining keskin kislotali muhitini neytrallashdir



    Fizikaviy usullar yordamida engil oksidlanuvchi moddalarni turg‘unlashtirish-oksidlanish reaksiya tezligini kamaytirish kisloroddan dispersion muhinti tozalash.
    Nazorat savollari**

    1. Antioksidantlarni farmatsevtik texnologiyadagi axamiyati, vazifalari

    2. Antioksidantlarni ta’sir etish mexanizmi va tasnifi

    3. Bevosita ta’sir etuvchi antioksidantlar ta’rifi, vakillari

    4. Bilvosita ta’sir etuvchi antioksidantlar ta’rifi, vakillari

    5.Yumshoq dori turlarida qo‘llaniladigan antioksidanglar

    ** Nazorat savollarimuxokamasi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Zakovatli zukko” usuli bo‘yicha olib boriladi.

    Bajarish uchun amaliy topshiriqlar:
    I. Keltirilgan tarkatma materiallar, adabiyotlar, MH lar (O‘zR SSV ning 195, 198 buyruqlari, X1 DF), ma’ruza matni, internet saytlardagi ma’lumotlardan foydalanib, tavsiya etilgan cteril dori turlariga mo‘‘tadil antioksidantlarni tanlash:

    1. Apomorfin eritmasi 1% 10 ml

    2. Askorbin kislotasi eritmasi 5% 20 ml

    3. Eruvchan streptotsid eritmasi 10 % 20 ml

    4. Natriy salitsilat eritmasi 3% -10 ml

    5. Natriy paraaminosalitsilat eritmasi 3 % 10 ml

    6. Vikasol eritmasi 1% 10 ml


    Download 13,81 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117




    Download 13,81 Mb.