Qo‘llaniladigan radioizotoplar
Izotop
|
Qo‘llanilishi
|
YArim parchalanish davri
|
Nurlanish turi
|
15O
|
O‘pka faoliyati tahlili
|
122,24 s
|
β+
|
32R
|
SHishlar (rak) terapiyasida
|
14,262 sut
|
β-
|
60So
|
Og‘iz shilliq qavatlari va bosh miya rak terapiyasi
|
5,27 yil
|
β-
γ
|
85Kr
|
O‘pka faoliyati tahlilida
|
10,7 yil
|
β-
|
90Y
|
O‘pka va bosh miya rakini davolash
|
64,1 soat
|
β-
|
90Tc
|
Bosh miya rakini, jigar, o‘pka rak diagnostikasi
|
6,01 soat
|
γ
|
111In
|
Jigar, o‘pka, bosh miya diagnostikasi
|
2,8 sut
|
γ
|
131I
|
Jigar, buyrak, o‘pka, bosh miya diagnostikasi, yod almashinuv tahlili, qalqonsimon bez rakini davolash
|
8,02 sut
|
β-
|
133Xe
|
O‘pka faoliyati tahlili
|
5,2 sut
|
β-
|
192Ir
|
O‘pka, bosh miya, og‘iz bo‘shlig‘idagi rakni davolashda
|
73,8 sut
|
γ
|
198Au
|
O‘pka, jigar, bosh miya tahlili, to‘qimalardagi rakni davolash
|
2,69 sut
|
β-
γ
|
Radiofaol izotoplarni organizmga ta’sir etishi radiofaol zarrachalar soni, nurlanish turi va energiyasi, yarimparchalanish davri, nurlanayotgan moddalarning fizik-kimyoviy holati, organizmga kirish yo‘liga bog‘liq bo‘ladi.
RFP lar tasnifi
A) Qo‘llanilishi bo‘yicha:
-davolovchi RFP;
- diagnostik RFP
B) Radioizotoplardan himoyalanganligi bo‘yicha:
-Yopiq RFP;
-ochiq RFP
DIAGNOSTIK RFP
RFP ning diagnostik qo‘llanilishi ularning farmakokinetikasining o‘ziga xosligiga asoslangan. Ular yordamida kerakli a’zolarning ko‘rinishini (izobrajenie) olish imkoniyati tug‘iladi va ularning anatomo-topografik ko‘rsatkichlari, funksional xolati taxlil qilinishi mumkin.
Diagnostika uchun, radiometrik usul bilan qayd etiladigan va tanaga kiritilganda tekshirilayotgan modda almashinuv turi yoki a’zo va tizim faoliyatida qatnashadigan radioizotoplar qo‘llaniladi.
Radiofarmatsevtik preparatlar yordamida tashhiz qo‘yish bajarilishi oson, yuqori samarador va bemor organizmi uchun bezarar hisoblanadi. Radiofarmatsevtik preparatlarni tashhiz qo‘yishda (vitro) kichik dozasi ishlatilsa, davolash uchun (vivo) katta dozalar qo‘llaniladi. Bunda , , -nurlar atom qobig‘idagi elementlarga ta’sir ko‘rsatib “+” va “—“ ionlarni hosil qilishi va ular havo yoki gazda elektr o‘tkazuvchanlikni namoyon etishi va ularni radiometrik asboblar yordamida o‘lchash imkoni paydo bo‘ladi. Ularni yurak qon-tomir tizimi, buyrak, jigar, o‘t yo‘llari, qalqonsimon bez, o‘pka, qorataloq, skelet suyaklari va saraton kasalliklarida tashhiz qo‘yich va davolash uchun ishlatiladi.
|