Rasm 2. TheraSphere jigar saratoni bilan kasallangan (Karsinomu kasalliklarida ) bemorlarning foydalanish uchun tasdiqlangan davolash qurilma (Yttrium-90 (




Download 13,81 Mb.
bet102/117
Sana23.07.2021
Hajmi13,81 Mb.
#15896
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   117
Rasm 2. TheraSphere jigar saratoni bilan kasallangan (Karsinomu kasalliklarida ) bemorlarning foydalanish uchun tasdiqlangan davolash qurilma (Yttrium-90 (90Y) radioizotoplar qo`llaniladi) 21
RPF ning ko‘rsatkichlari va sifatining nazorati MILLIY komissiyalar tomonidan belgilanadi.

RFP qo‘llanilishi indikatsiya prinsiplariga asoslangan. Radionukleidlar fiziologik va bioximik jarayonlarni nazorat qilishga imkoniyat beradi, ularning tabiiy ketishiga aralashmaydi. SHu xususiyat radionuklid diagnostikaning prinsipial muxim afzalligi.

RFP ni klinik qo‘llash usullarining asosiy fiziologik va biokimyoviy mexanizmlarga quyidagilar kiradi:


  • A’zo yoki to‘qimaning metabolitik faolligi (masalan qalqonsimon bezining radioaktiv yodni shimishini o‘lchash);

  • Organizmning kerakli qismida lokalizatsiya. Bu esa, masalan, sirkulyasiya qilinadigan qon, plazmani, eritrotsitlarning xajmini, suv miqdorini organizmda aniqlash imkoniyatini beradi;

  • Diffuziya - bu xususan bosh miyadagi, gematoensefalitik barerni o‘tkazuvchanligi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan patologiyalarni aniqlash;

  • Antigen – radionuklid saqlovchi antitelo reaksiyasi shishlarni (novoobrazovanniy), yallig‘lanish jarayonlarini vizualizatsiya qilishda universal yondashish.

Xozirda diagnostik maqsadida qo‘llaniladigan RFP lar soni oshib bormoqda. Ular radionuklid angiokardiografiyada, radiokardiografiyada qonning sirkulyasion xajmini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunda asosan

  • Albumin 99 Tc

  • Albumin 125I (131I)

  • Indiy sitrat 113Jn

  • DTPA 99Tc

  • Talliy xlorid 201Tl qo‘llaniladi.

  • Buyrak faoliyatining taxlili uchun dimerkaptoyantar kislota (DMYAK), O – yodgippurat natriy - 125I (131I), kalsiy glyukonat - 99Tc va boshqalar qo‘llaniladi.

Rak to‘qimalarini

  • Galliy sitrat 67Ga

  • Natriy fosfat 37R

  • Stronsiy (85Sr) izotonik eritmasi

  • Qalqon bezi faoliyati NaJ123 eritmasi bilan tahlil qilinadi.

RFP – qo‘llanilishi chambarchas organizmga nurlanish yuklamasi bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ladi va somatik, genetik o‘zgarishlarining ro‘y berishi potensial extimoli bor.

Diagnostik tekshirishlarda nurlanish dozasi, ko‘pincha radning yuzlik yoki o‘nlik qismlarini tashkil etadi.

Tegishli muassasalar S.S.V. tomonidan radioaktiv moddalarni diagnostik maqsadida qo‘llashda radioaksion havfsizlik normalari (me’yorlari) reglamentlanadi. Bunda nurlanish dozalarini (radioaktiv preparatlarda), diagnostikada mumkin bo‘lish miqdorini bemorning yoshi, kasallik diagnozi, protseduraning turiga bog‘liqligi belgilanadi. Asosiy qoida bunda nurlanish dozasini minimal darajaga kamaytirish..

RFP tasniflanadi:

1. Yopiq RFP

2. Ochiq RFP


1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   117




Download 13,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm 2. TheraSphere jigar saratoni bilan kasallangan (Karsinomu kasalliklarida ) bemorlarning foydalanish uchun tasdiqlangan davolash qurilma (Yttrium-90 (

Download 13,81 Mb.