Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




Download 13,81 Mb.
bet104/117
Sana23.07.2021
Hajmi13,81 Mb.
#15896
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117
Ochiq RFP da tashqi muxit va organizm to‘qimalari bilan, shu jumladan radioaktiv material

bevosita kontaktda bo‘lishi mumkin.

Bunday preparatlarga kiradi:

- radioaktiv izotop indikatorlar usulida tahlil o‘tkazishda ishlatiladigan radioaktiv birikmalar (in vivo usulida)

- organizmda so‘rilib ketadigan nurlanish terapiyaga mo‘ljallangan RFP lar (tolalar, plyonkalar, gubkalar)

- in vitro usulida qo‘llaniladigan radioimmun analiz o‘tkazish uchun mo‘ljallangan RFP lar.

Davolovchi maqsadda ayrim ochiq RFP lar qo‘llaniladi. Ular yo‘naltirilgan ravishda patologik to‘qimalarda yig‘iladi. Masalan, radionuklid I131 li natriy yodid eritmasi qalqonsimon bezning rak metastazalarini va tireotoksikozni davolash uchun ishlatiladi (peroral usulda).

Ayrimlari esa bevosita to‘qimalarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan radionuklid 32R, 90Y va 198Au lar saqlovchi kolloid eritmalarini bevosita limfatik tomirlarga va bo‘shliqlarga (shishlarni davolashda). Asosiy radiatsion omil bu xolatlarda v- nurlanish va bu omil patologik o‘choqning nurlanishini ta’minlaydi. Bunda sog‘lom to‘qimalar minimal darajada shikastlanadi.

Radiodiagnostik tahlil o‘tkazishda ko‘pincha nurlanish darajasi patsient uchun xafli bo‘lmaydi.

Alohida guruxdagi ochiq RFP lar tanaga kiritilmaydi. Ular biologik suyuqliklarning (qon, oshqozon shirasi va b.) radioimmun tahlilida qo‘llaniladi. Ular asosan 125I bilan belgilangan bo‘lib, ferment gormon, vitamin oqsillarining miqdoriy tahlili uchun ishlatiladi. Bu testlar biokimyoviy testlarga nisbatan oson va sezgirroqdir.

Radiofarmatsevtik preparatlarni olish usullari

Radifarmatsevtik preparatlar uran reaktorlarda yoki siklotronlarda olinadi. Buning uchun ikki xil usul qo‘llaniladi:

1. Deytronlar bilan bombardimor qilish usuli, masalan, radiofaol fosforni olish uchun ishlatiladi:


31 2 32 4

15Р + 1d → 15 P + 2 α


32

15 J

Radiofaol yodni tellur izotopli birikmalar deytronla-


ri bilan bombardimon qilib olinadi:


130 2 131 1

52Te + 1d → 53 J + 0n

2. Tezlashtirilgan neytronlar oqimi bilan ta’sir ko‘rsatish usulida radiofaol fosforni olish:


35 1 32 4

17Cl + 0n → 15 P + 2 α

Radiofaol yodni iqtisodiy jihatdan arzon usulda olish bu tellur birikmalarini neytronlar bilan bombardimon qilish usuli:


130 2 131

52Te + 1n → 53 J + β

Radiofaol preparatlarni radiofaolligini aniqlashda tarkibdagi elementlarni chinligi, miqdori, tozaligi bilan bir vaqtda , , -nurlanishni ham o‘lchash kerak. Bu XI-DF 1 jildda keltirilgan usullarda ionizatsion kamera va Geyger-Myuller hisoblagichida amalga oshiriladi.



  • O‘zR FA YAdro fizika instituti qoshida “ Radiopreparat”DK faoliyat ko‘rsatadi. Ishlab chiqilgan RFPlar( diagnostik va davolovchi):

  • 131I preparatlari :

- in’eksion: NaI eritmasi ( izotonik); gippurat - I 131 Jigar, buyrak, o‘pka, bosh miya diagnostikasi, yod almashinuv tahlili, qalqonsimon bez rakini davolash

- peroral: NaI kapsulalarda- dlya terapii o‘itovidnoy jelezы



99Tc preparatlari- in vivo diagnostikasi uchun:

  • texnemek; texnefor; texnemag; texnefit; texnetril; karbomek; pentatex -( dlya diagnostiki zlokachestvennыx opuxoley kostey, yaichnikov, selezyonki, golovnogo mozga i dr)

  • 32R preparati- Na2 N 32R O4 – dlya lecheniya mielomnoy bolezni, leykoza, diagnostiki opuxoley

  • 153Sm preparati-oksabifor- suyaklardagi metastazalarini davolash uchun

  • 198Au preparati-komizol- o‘pka, jigar, bosh miya tahlili, to‘qimalardagi rakni davolash



Download 13,81 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117




Download 13,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Download 13,81 Mb.