Rasm 1. Talliy-201 xlorid (201Tl) izotopi asosida tomirga yuboriladigan steril, izotonik nopyrogenic eritmadan miokard ichiga tez faol transport qilinadi. Miokard infarkti ishemik kasalligi, aterosklerotik koronar arteriya kasalligini tashxis qo'shimcha davolash sifatida foydalanish mumkin20
RFP ning asosiy diagnostik xossalari radionuklidga bir tarafdan va kimyoviy birikmaga va uning tanada o‘zini tutishiga bog‘liq.
DAVOLOVCHI RFP
Davolovchi RFP ta’siri kimyoviy moddaning tuzilishiga emas, balki preparatning tarkibiga kiruvchi radioaktiv izotopning nurlanishiga bog‘liq.
Nurlanish terapiyada qo‘llaniladigan RFP ta’sir mexanizmi, patologik o‘choqda davolovchi nurlanish dozasini xosil qilishga asoslangan.
Bunda sog‘lom to‘qimalarga ta’sir minimal darajada bo‘lishi kerak.
Bunday radioaktiv preparatlar, ko‘pincha, qisqa yarim parchalanish davriga ega bo‘lib, odam organizmiga sezilarli nurlanishni xosil qilmaydi (nznachitelnuyu luchevuyu nagruzku).
Bunga erishish uchun RFP larni turli agregat xolatlarga (eritma, suspenziya, granula, simsimon, applikatsion povyazka va b.) qo‘llash va mo‘‘tadil nurlanish turi va energiyaga ega bo‘lgan izotoplarni ishlatish bilan erishiladi.
Oxirgi o‘n yillar davomida shishlarni terapiyasida radioaktiv izotoplar keng qo‘llaniladi. Davolash bilan tibbiyotda radiobiologiya va nur terapiyasi bo‘yicha mutaxassislar shug‘ullanadi.
Qalqon bezi yuqori differensiyalangan rakni davolash uchun 131J yuqori samarali hisoblanadi. Bunga sabab preparat tanlab (yo‘naltirilgan ravishda) aynan shu bezning to‘qimalariga shimiladi. Shunda rak bilan zararlangan to‘qimalar 131J ko‘proq o‘ziga shimib oladi.
Suyak metastazlarini davolashda 89Sr keng qo‘llaniladi. Bu preparatning farmakokinetikasi Ca ga o‘xshash. 89Sr osteogenez zonalarida yig‘iladi va suyakning mineral moddasiga o‘tadi.
Dastlabki suyak rakida va osteoplastik metoztazlarida 89Sr rak to‘qimalarining samarali nurlanishini ta’minlaydi, ammo normal to‘qimalar bunda zarar ko‘rmaydi.
RFP ning farmakokinetikasi radionuklid bilan bog‘langan asosiy kimyoviy birikma bilan belgilanadi. RPF farmakokinetikasining ko‘rsatkichlariga uning tanada (a’zolarda) yig‘ilishi, a’zolarda ushlab qolinishi, a’zolardan va organizmdan chiqib ketishi, kimyoviy trasformatsiya. Bu ko‘rsatkichlar RPF ni radiodiagnostik testlarda qo‘llash mumkinligini yoki terapevtik vosita sifatida ishlatilishini belgilaydi.
|