61
chiziladigan naqshning rapporti va tuzilish bo`laklariga qarab ikki,
to`rt, olti buklab kompozitsiyaning yarmi yoki chorak qismi chiziladi.
Chizilgan naqsh namunasini igna bilan teshib chiqiladi. Tayyor
bo`lgan naqsh axtasini xoka yordamida yuzaga tushiriladi. Intеryеr
shiftlarini bezashda, dastavval naqshning zamini (tagi) ranglanadi.
Rang tuslari xona devor bezaklariga hamohang ravishda olinadi.
So`ngra oraliq shakl yuzalari gul, novda, shkufta, barg elеmеntlariga
rang bеriladi. Naqsh kompozitsiyalari ranglab olingandan so`ng,
Siyoh-qalam, targ`il usulida pardoz bеriladi.