Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий вa ўртa мaxсус тaълим вaзирлиги




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/38
Sana22.02.2024
Hajmi3,67 Mb.
#160834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
12924 1 343A221729E3CA508A492877450B7DB22772E180

 
© “KAMOLOT” nashriyoti 
© Musinova Aziza Sadikovna 



KIRISH
 
O‘zbekiston xalqlari tarixini, qadriyatlarini, ilmu-fan, san’ati va 
madaniyat durdonalarini har tomonlama ilmiy o‘rganish, tahlil etish 
va amalda bajarish, hozirgi kunda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbek xalq amaliy bezak san'ati qadimiy san`at turlaridan biri bo`lib, 
azaldan dunyoga mashur bo`lib kelgan. Amaliy bezak san`atining 
tarkibiy qismini tashkil etuvchi naqqoshlik o`zining qadimiyligi, 
go`zalligi va jozibasi bilan kishilar qalbidan chuqur joy egallagan. 
Ramziy ma`nodagi islimiy va hansaviy naqsh elementlarining o`zaro 
uyg‘ynlashuvidan hosil bo`luvchi naqsh kompozitsiyalari amaliy 
san'at asarlariga chiroy bag`ishlaydi. Naqqoshlikda kompozitsiya 
tuzishning o`ziga xos usullari mavjud bo`lib, ushbu naqsh bezaklari 
ustalarning falsafiy dunyoqarashlari, go`zallik haqidagi tasavvurlarini 
namoyon etadi. 
Ko`p asrlar mobaynida naqqoshlik san`atining badiiy an`analari 
vujudga keldi. Xalq-amaliy bezak san`atining bir turi sifatida 
naqqoshlik qadimdan o`zbek madaniyatining muhim bo`lagi 
hisoblanadi. Bir so`z bilan aytganda, barcha amaliy san`at turlarida 
bezak sifatida naqsh yoki naqsh elementi ishlatiladi, shuning uchun 
naqqoshlik san`ati boshqa amaliy bezak san`ati turlariga poydevor 
vazifasini bajaradi. Naqshlarda san`atning boshqa hamma turlaridan 
farqli ravishda avlodlarning chambarchas bog‘liqligini, ya`ni ustoz 
shogird an`analarining davomiyligini ko`rish mumkin. Naqqoshlik 
an`analari san`atning ana shu turini o`rganish metodlari sifatida ham 
bobodan otaga, otadan bolaga o`tib kelgan. Ana shu doimiylik tufayli 
naqqoshlik san`ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng 
yaxshi namunalari boy ijodiy kompozitsiya orqali birlashtirilgan 
shakllarning maqsadga muvofiqligi va go`zalligi bilan farqlanadi. 
Xalq ustalarining falsafiy dunyo qarashlari, atrof muhit go`zalligini 
anglash darajasidagi qarashlarining tafovuti aks etadi. Naqshdagi 
chizgilar o`yini, mazmun- mohiyati musiqadagi ohang singari, qo`shiq 
va ertak kabi «Xalq hayotiy tajribasining katta umumlashmasidan» 
iborat bo`ladi. Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg‘unligida va o`ziga 
xos fantaziyalarda go`zallik yaratish san`atidir. Naqqosh usta o`z 
ishida rangning tabiiy jilosidan, bejirim shakldan, tabiatda mavjud 
bizni o`rab turgan go`zallikdan, ya`ni gul va o`simliklardan mohirlik 
bilan foydalanib yorqin ifodalilikka erishadi.



O`zbekistonning an`nanaviy me`morchiligida naqqoshlik asosan 
intererni bezashda: devorlarni, shiftlarni, jimjimador ravoqlarni, saroy 
ustunlarini, 
masjidlar, 
ayvonlar, 
shaxsiy 
xonadonlarni, 
mehmonxonalarni, yog‘ochdan yasalgan turli sovg‘abob buyumlarni 
bezashda qo`llangan. Nozik o`simliksimon-geometrik naqshdagi 
o`zaro uyg‘unlashib ketgan novdalar, shoxlar va hashamatli 
tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o`zbek ustalarining ishlaridagi 
islimiy va girix naqshlarining klassik motivlari shiftlarga moslangan. 
Naqsh ko`proq interyerlarni va yopiq ayvon, peshayvonlarni bezashga 
xizmat qiladi. Naqshlardan me`morchilikda, uy jihozlari, sovg‘alar, 
mayda yog‘och o`yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli 
buyumlarni badiiy bezashda foydalaniladi. Badiiy naqqoshlik san`ati 
hozirgi kunda keng tus olib, maktablarda va maktabdan tashqari 
muassasalarda to`garaklar tarmog‘ini iloji boricha kengaytirish, usta- 
shogird maktablariga tayanib yoshlarimizni hunarmandchilikka 
yo`naltirish bizgacha yetib kelgan san`at turlarini qadimiy ananalarini 
saqlagan holda kelgusi avlodlarga yetkazish vazifasi bizning 
zimmamizdadir. Xalq naqqoshlik san`atini o`rganish, o`quvchilarda 
badiiy didni, mehnatsevarlikni rivojlantirishga va qator foydali bilim-
malakalarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Ularning ijodiy 
qobiliyatlarini aniqlash va o`stirishga yordam beradi. Naqqoshlik 
san`ati tarixi. Dunyoda ko‘p xalqlarning o‘ziga xos amaliy bezak 
san’ati mavjud bo'lib ular o'zlari yashab turgan hududning millati, 
xalqlari, urf odatlari hattoki geografik joylashuvi, ya’ni iqlim 
tuzilishlarini inobatga olib yaratgan san'at namunalari orqali o‘z his 
tuyg‘ularini namoyon etib kelganlar. O‘rta Osiyoda esa amaliy bezak 
san’ati turlari, jumladan naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga 
mashhurdir. O‘tmishda ota- bobolarimiz qurgan muhtasham binolar, 
bezatilgan turli buyumlar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini 
yo‘qotmagan. O‘zbek xalqining dunyo qarashi, ma’naviyati va 
qadriyatlarini qamrab olgan yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni 
hayratga solib kelmoqda. Milliy naqshlarimiz nihoyatda boy 
mazmunga ega. Oddiy uy ro‘zg‘or buyumlaridan tortib turarjoy va 
jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonga 
zavq bag‘ishlaydi, uni o‘ylantiradi.



Bu go‘zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan 
bo‘lib, asrlar davomida rivojlandi, me’morchilik hamda tasviriy san’at 
rivoji bilan bog‘langan holda takomillashib bordi. Amaliy san’atning 
ganchkorlik, 
yog‘och 
o‘ymakorligi, 
mis 
kandakorligi, 
kashtado‘zlikda, zardo‘zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam to‘qish, 
to‘qimachilik, panjaralar va hokazolarda har xil yo‘llar bilan naqshlar 
ishlanadi. Masalan, o‘yib, chizib, chok yordamida, zarb bilan, qadab 
va boshqa usullarda naqsh solinadi. Naqqoshlik san’ati tarixi
insoniyat madaniyati bilan bir qatorda qadimiydir. Madaniyatning 
rivojlanishi natijasida rassomlik va naqqoshlik ajralib chiqdi, hamda 
rivojlandi. Har xil arxeologik qazilmalar shuni ko‘rsatadiki, 
naqqoshlik jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud ekanligi 
bizga ma’lum bo‘ldi. Chunonchi, Xitoyda, qadimiy Eronda, 
Hindistonda va boshqa joylarda naqshning har xil turlarini ko‘rish 
mumkin. Naqqoshlik har bir davlatning o‘ziga xos muhitiga: 
geografik o‘rniga, o‘lkaning o‘simlik dunyosiga ko‘ra rivoj topdi. 
Masalan, Arman va Gruzinlarda uzum va uzum bargi, shimol 
xalqlarida archa va har xil hayvonlar, Qirg‘iz va Qozoqlarda mol 
shoxi, tojiklar va o‘zbek xalqlarining naqshlariga qarasak anor, 
bodom, gullar, qalampir va boshqalarni ramziy naqsh tariqasida 
ishlatilganligini ko‘rasiz. Yevropada barokko, rokoko, gotika, roman, 
klassitsizm uslublari har xil davrlarda hukmron bo‘ldi. Bu esa o‘z-
o‘zidan naqqoshlik san’atining rivojlanishiga ta’sir etdi. 
Farzandlariga yoshlik chog‘laridan hunar o`rgatib kelgan 
xalqimiz o`zining an'analaridan, urf-odatlaridan, turli ma'naviy 
mеroslaridan unumli foydalanib keladi.



Bugungi kunimizda ham xalqimizning an'analarini, usta va 
shogird asosida yoshlarimizga hunar o`rgatishga katta e'tibor 
bеrilmoqda.
Ayniqsa oliy ta'lim muassasalarini, turli san'at akadеmik litsey va 
kasb-hunar tehnikumlarida yoshlarning kasb-hunar faoliyati bilan 
shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish, 
ularni mutaxassisliklar yo`nalishlari bo`yicha nazariy va amaliy 
bilimlarni bеrish uchun samarali mehnat qilinmoqda. Shuningdek
buyuk ma'naviyatimizni tiklash va uni yanada yuksaltirish yo`lida 
ta'lim-tarbiya tizimini yuksaltirish muhim ahamiyatga egadir. 
Naqqoshlik san'ati ham hunar, ham san'atdir. Bu va bu kabi san'at 
turlarini egallash yoshlarning badiiy madaniyatini, tafakkurini, 
dunyoqarashi va estеtik didini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 
Naqqoshlik san'ati asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan ko`z 
qorachig‘iday asrab-avaylab kelindi va kelinmoqda. Hozirgi yosh 
avlod uni qabul qilib olarkan, o`z oldida turgan mas'uliyatni bir daqiqa 
ham unutmasligi lozim.
Hozirgi 
kunda 
Rеspublikamizda 
ta'lim-tarbiyani 
jahon 
standartlari talab darajasida bo`lishi alohida ahamiyatga egadir.
“Xalq badiiy xunarmandchiligi va amaliy san'atining yanada 
rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash chora tadbirlari 
to`qrisida”gi Prеzidеntining Farmoni bir nеcha muhim, dolzarb 
masalalarni o`z ichiga olishi bilan birgalikda:



- ta'lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talabi 
darajasiga ko`tarish, kadrlar tayyorlashning yangi tizimini parpo 
qilish, kеlajak uchun barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat. 
Bugungi kunimizda amaliy san'at ustalarining yangi avlodlarini 
tarbiyalash, ularning barkamollikka erishishlari yo`lida barcha 
sharoitlar mavjud. 
Xalq amaliy san'atidan olib borilayotgan o`quv mashg‘ulotlar 
bo`lajak muallimlarni har tomonlama yеtuk, jahon andozasiga javob 
bеra oladigan mutaxassislar qilib tayyorlashga, qolavеrsa maktab 
o`quvchilarini xozirgi zamon talab darajasiga javob bеra oladigan 
qilib tarbiyalashda muhim o`rinni egallaydi. Shuningdek bu sohada 
yangi o`quv rejalar, dasturlar, leksiya kurslari, o`quv qo`llanma va 
darsliklarni yaratish muhim ahamiyatni kasb etadi.
Etiboringizga xavola etilayotgan o`quv mеtodik qo`llanma 
“Naqqoshlik” fani uchun chop etilgan dastur mazmunlari asosida 
yozildi. Qo`llanmaning har bir mavzusi matni (foto va chizmalar) 
yozma ish variant namunalari, naqqoshlikka doir atamalar izohli 
lug‘ati va adabiyotlar ro`yxati bilan birgalikda bеrilgan. 
“Naqqoshlik” o`quv mеtodik qo`llanmasining asosiy maqsadi siz 
yoshlarni qadimiy va maftunkor naqqoshlik sirlaridan boxabar etib, 
ustoz va shogird milliy an'analarini davom etishiga, naqsh 
kompozitsiyalarini mustaqil ravishda tuzish orqali ularni mos ravishda 
qo`llay olish qoidalarini o`rgatishga qaratilgan. 

Download 3,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий вa ўртa мaxсус тaълим вaзирлиги

Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish