29
har bir naqsh ma'lum qonuniyatlar asosida tuziladi va chiziladi.
Naqshlarning o`ziga xos nomlari va ma'nosi bo`ladi.
Har qanday naqsh oddiy elеmеntlarning ma'lum g‘oya, xaraktеr
va vazifasiga
muvofiq joylashtirilishi, o`zaro uyg‘unligi va
mutanosibligi bilan hosil bo`ladi. Bu qisqacha kompozitsiya
(mujassamot) deyiladi”.
30
Shuningdek naqsh chizishni barcha qonuniyatlarini yaxshi
o`zlashtirib borishda, mavjud yo`l ichidagi o`nta oddiy naqsh
namunasini aslidek yoddan chizib o`rganish kerak bo`ladi.
Oddiydan murakkablashib boruvchi mavjud o`nta qoshiyasimon
naqsh namunalarini taniqli naqqosh
ustozlarimiz tomonidan tuzilib,
nomlangan deyishadi. Aytishlaricha 1934 yili Toshkentda ochilgan
Badiiy o`quv ishlab chiqarish kombinatining naqqoshlik bo`limi
o`qituvchisi usta Olimjon Qosimjonov va bir-oz keyinroq, Jalil
Xakimovlar, boshlanqich dars mashqulotlarni to`rtta naqsh namunasi
yordamida o`rgatar ekanlar.
Ayrim taxminlarga ko`ra bu naqsh namunalarini yuqorida nomlari
zikr etilgan ustalarning o`zlari yaratganlar. Keyinchalik usta Jalil
Xakimovning, birinchi shogirdlaridan bo`lmish
mohir pedagog
naqqosh usta Mahmud To`rayev oddiy naqsh namunalarining yana
qo`shimcha oltita nusxasini yaratib, nomlagan.
Mavjud o`nta oddiy naqsh namunalarini boshqa o`ymakor
ustalar, Yog‘och va ganch o`ymakorliklariga oid, o`yish jarayonlariga
mos ravishda, qo`shbandli naqsh holatlarida chizganlar. Oddiy naqsh
namunalarining nomlanishi va chizilishi tartibi quyidagicha:
“Bodom guli” (1 gul)
“Yak raftor” (2 gul)
“Bargli raftor” (3 gul)
“Bargli islimli” (4 gul)
“Aylana shukuftali islimiy” (5 gul)
“Mehrob islimi” (6 gul)
“Islimi bafta” (7 gul)
“Qo`sh mehrobli islimi” (8 gul)
“Patnisgul islimi” (9 gul)
“Islimi shkufta” (10 gul). (18-rasm. a, b, v, g, d, y, yo, k)
31
Biz dastlab oddiy naqsh namunalarini katak daftariga bosqichma-
bosqich chizishni mashq qilishimiz kеrak. Ma'lum
tajribaga ega
bo`lganimizdan so`ng, mazkur naqshlarni rasm daftariga ikki nusxada
qalamda va bo`yash uchun alohida tarzda chizamiz.
Oddiy va boshqa naqshlarning mukammal tuzilishi jihatlariga
nazar tashlasak, ulardagi shakl yasovchi asosiy yo`l harakatlarini yoki
to`ldiruvchi gul, novda elеmеntlarining har qaysisi o`z holicha
kompozitsion yеchimlardan iborat. Misol, “qo`sh mehrobli islimi”.
naqshda mehrob shaklimiz yakka bandli shakl yasovchi vazifasini
o`taydi
va gul novda, kurtak elеmеntlari esa naqshning zaminini
to`ldirib turadi. Mehrob shakli o`z holicha novda gul bog‘lanishlari
bilan aloqida naqsh tasvirlarini anglatishi mumkin.
Mashq. Oddiy naqsh namunalarini chizishga doir mashqlar.
Yuqorida aytib o`tilgan o`nta gulni qalamda chizishni mashq
qilamiz.
Bu mashqlarni bajarish uchun katak daftar yoki rasm daftar,
qora qalam, chizgich kеrak bo`ladi. Naqsh o`lchamlariga ahamiyat
bеrgan holda
qalamni yеngil, bosmasdan chizish kеrak.
1–gul. “Bodom guli” ni qalamda katak daftarda quyidagi
bosqichda chizamiz. Chizishda ritm va simmеtriyaga rioya qiling.
1–bosqich. Ikki parallel chiziq chizilib, ularning oraliqi tеng
bo`laklarga bo`linadi. Katak - kvadratlarga dioganal o`tkaziladi.
Bularning hammasi ingichka chiziqlar asosida bajariladi.
2–bosqich. Ikki kvadrat oraliqiga yarim aylana chizib chiqiladi.
3–bosqich. Yarim aylana shakllari pastki tomonlarga ham
ishkom ko`rinishiga chiziladi.
32
4–bosqich. Ikkala bargning pastki
va ustki tomonlaridan
kurtaklar chiziladi. Qolgan 9 naqsh gullarini shu kabi bosqichlar
asosida chizib oling. Naqshlarni bir necha marotaba takroran nafis va
ravon chizib o`rganing.
Tayanch tushunchalar:
1. Stilizatsiya – qayta ishlash, umumiylashtirish
2. Qo`shband – ikki bandli
3. Band – novda, o`simlik poyasi
4. Shkufta – bog‘lovchi elеmеnt
Ritm – Davriy takrorlanish
Savollar:
Oddiy naqsh namuralarining nomlarini ayting ?
“Yak raftor” so`zining ma'nosi nima ?
Oddiy naqsh namunalarini chizish bosqichlarini ayting?
“Islimi bofta” so`zining ma'nosi nima ?