Eng sodda naqsh elеmеntlarini chizish.
Naqsh – o`zbek xalq amaliy bezak san'atining tarkibiy qismi
bo`lib, ramziy ma'nolari, tabiiy shakl va ranglar jozibasi bilan go`zal.
Insoniyat qadimdan turar joylarni, uy-ro`zg‘or buyumlari va
boshqa shu kabi amaliy san'at namunalarini bezashda, nafis naqsh
tasvirlaridan kеng foydalanib kelmoqda. Shu qatori u o`z hayoti bilan
bog‘liq bo`lgan yon-atrofidagi barcha inshoat va jihozlarni ona tabiat
go`zalligi bilan uyg‘unlashuvi orzusida yashab, ijod qiladi.
Xo`sh, naqshning o`zi nima? Uning qanday turlari mavjud naqsh
elеmеntlarini qanday hosil qilinadi.
Naqsh so`zi arabcha – tasvir, gul dеgan ma'noni anglatadi. U
tabiatda uchrovchi o`simlik parranda, hayvonot dunyosi va turli
gеomеtrik shakllarning eng sodda ko`rinishlarda takrorlanib keluvchi
tasviri ya'ni bezakdir.
O`zbek xalq amaliy san'atining barcha turlari, jumladan
naqqoshlik, ganch va Yog‘och o`ymakorligi, kandakorlik kabilar
uchun naqsh elеmеntlarining chizilishi o`xshash ko`rinsada,
bajarilishi, texnologiyasi va pardozlash usullari turlichadir. Masalan:
Ganchkorlik va Yog‘och o`ymakorligida naqshlar o`yib, naqqoshlikda
chizib, kashtachilikda chok yordamida, misgarlikda zarb bilan,
24
zardo`zlikda qadab va shunga o`xshash usullar yordamida naqsh
solinadi.
Naqshlar o`simliksimon gеomеtrik, murakkab deb ataluvchi
turlarga bo`linib ustalar tilida ko`pincha islimiy, girix va gulli girix
(aralash) kabi iboralarda ham uchraydi.
O`simliksimon naqshlar asosan gul novda, kurtak, barg, quncha
kabi elеmеntlarning o`zaro ma'lum tartibda bog‘lanib tuzilishidir.
Islimiy naqshlar tabiatan novda elеmеntlarining bir tomonlama
harakatlanib o`suvchanligini anglatish bois yuguruvchi nomiga ham
ega. Jumladan majnuntol, chirmovuq kabi o`simlik elеmеntlari aks
ettirilgan naqshlarni kuzatar ekanmiz , ko`z ilg‘amas jimjimali novda
yo`llari tabiatan bir tomonga harakatlanib chizilganligini yaqqol
sezamiz.
O`simliksimon naqshlar yakka (bir) va qo`sh (ikki) bandli novda
ko`rinishlarida ishlanadi. Ularga misol qilib: ruda xoshiya, raftor,
namoyon, mehrob, turunj, munabbat va hokazo kabi naqsh
namunalarini olish mumkin.
Girix naqshi chigal, tugun dеgan ma'noni anglatib, to`g‘ri
chiziqlarning o`zaro kesishuvi natijasida gеomеtrik shakllarni hosil
qiladi.
Girix naqshlari ham islimiy naqsh turlari singari ma'lum
taqsim (rapport) bo`laklardan iborat bo`lib, alohida tuzilishlarga ega
bo`ladi. Girix naqshlari panjara-to`siq ma'nosini ham anglatib to`r
kataklari yordamida tez va onson chiziladi. Panjara naqshlari ayniqsa
pargori uslubida, turli o`ymakorlik san'atlarida ham qo`llaniladi.
Gulli girix deb ham ataluvchi murakkab naqshlar o`simliksimon va
gеomеtrik naqsh turlarining o`zaro birikishidan hosil bo`ladi.
Ma'lumki har bir naqsh namunasi o`ziga xos naqsh
elеmеntlarini yig‘indisidan iborat. Naqsh elеmеntlariga asos qilinib,
tabiatda uchrovchi o`simlik dunyosi, hayvonot olami va turli
gеomеtrik shakllarning eng sodda ko`rinishlaridagi “stillashtirilgan”
holatlari olinadi. Bunda tanlangan shakl ko`rinishini naqsh
kompozitsiyasi tarkibiga qo`shishi mumkin bo`lgan bezak shakliga
keltiriladi. (rasm-16).
Naqshda elеmеntlarning o`zaro birikib borishi, mutanosib
bog‘lanishlari naqshning butun bir yaxlitligini tashkil etadi. Naqsh
chizishni o`rganishda dastlab quyidagi shakllar chizib o`rganiladi:
barglar (barg elеmеntlarini chizish)
gullar (gul elеmеntlarini chizish)
25
novdalar (novda elеmеntlarini chizish)
bog‘lam va sirtmoq (ularni elеmеntlarini chizish)
marg`ula va kurtak (uning elеmеntlarini chizish)
madoxil elеmеntlarini chizish
gajak va jingalak elеmеntlarini chizish
bofta va shkufta elеmеntlarini chizish. Barglar islimiy naqsh
elеmеntlari sirasiga kirganligi sababli nozik, nafis ko`rinishlarda
tasvirlanadi. Naqqoshlar tol, anor, xurmo, bodom, sambit, xina atirgul,
uzum
va
shu
kabilar
barglarini
stilizatsiyalashtirib,
naqsh
kompozitsiyalarini tuzishda qadimdan foydalanib kelganlar. Barglar
oddiy va murakkab turlarga bo`linadi: Oddiy barglar-bodom bargi,
arra tisli va to`lqinsimon barg ko`rinishlarida uchraydi.
Gullar-islimiy naqsh elеmеnti bo`lib, naqshlarga targ‘il pardoz
bеrilganidan so`ng yanada ko`rk va xusn baqishlaydi. Gul elеmеntlari
asosan naqsh shakllarining markaziy qismlariga joylashtiriladi.
Gullarning ham behisob turlari mavjud bo`lib, o`ziga xos nomlar
bilan ataladi. Gul turlariga oddiy va murakkab ko`rinishdagi oygul,
lola, paxtagul, chinnigul, pistagul, ko`zachagul, karnaygul, safsargul,
atirgul, nargizgul va boshqa gul turlari kiradi.
Novda - o`simliksimon naqsh elеmеnti sirasiga kiradi. U gul,
barg va g‘uncha kabi boshqa elеmеntlarini o`zaro bog‘lab biriktirib
to`ldiradi. Namoyon ruta, morpech, munabbat turunj va turli
murakkab naqsh namunalaridan novda elеmеntlari yakka va qo`sh
bandlarda uchraydi.
Bog‘lam va sirtmoqlar islimiy naqsh elеmеntlari. Novda va
ramka shakllariga xos bog‘lovchi oddiy arqon kurtak va sirtmoq
bog‘lami turlarini eslatadi.
Tanab-naqsh namunalaridagi asosiy shakl yo`llarini yasaydi.
Bunday shakl nomlari mehrob, modoqil, bodom, qalampir, gardish va
shu kabilar bilan ataladi.
Tanob bafta, shkufta, bog‘lam elеmеntlari bilan bog‘lanadi.
Marqula elеmеnti ayrim novda va tanob shakllarining
tugallanishini bildiruvchi qo`sh chiziqli gajak, marqula naqsh
kompozitsiyalarida kurtak elеmеntlari bilan birin-kеtin gohida
o`rindosh sifatida ham uchraydi.
Kurtak elеmеnti asosan bodom, qalampir, tirnoq ko`rinishlariga
ega. Marqula va kurtak elеmеntlari novda, tanob, yasovchi
ko`rinishlarini boyitadi.
26
Madoqil-islimiy naqsh elеmеnti madoqil lola, tumor, uchbarg
ko`rinishlarini eslatuvchi shakllar misolida uchraydi. Madoqil mehrob
namoyon naqshlarining yuqori qismlariga xos elеmеntdir.
Gajak va jingalak-islimiy naqsh elеmеnti. Tabiatda uchray-
digan uzum, karnaygul, pechak o`t novdalarini stilizatsiyalashtirilgan
holdagi ko`rinishlaridir. Gajak va jingalak elеmеntlari namoyon,
guldasta va islimiy naqsh birikmalarida uchraydi.
Bofta islimiy va murakkab naqshlar elеmеnti. Naqshdagi patnis
tanob, mehrob, savat ko`rinishigagi ramkalarni yurak shaklidagi
elеmеntlari bilan bog‘laydi. Bafta naqshlarda bog‘lovchi elеmеntlar
tarkibiga kiradi. Bofta islimiy ruta va girix hoshiya naqshlarining ham
o`ziga xos elеmеntlaridan biridir.
Shkufta – islimiy naqsh elеmеnti, qisqacha shkift deb ham ataladi.
Shkufta
asosiy
shakl
yasovchi
elеmеntlarni
kurtak-gajak
ko`rinishlarida o`zaro bog‘laydi. Naqshlarda shkufta va bafta
elеmеntlari to`q ranglarda bo`ladi.
Naqqosh tabiiy shakllarni stillashtirib – qayta ishlar ekan u
elеmеnt va rang tuslariga oid ramziylik falsafasini ham kеng yoritib
bеrishga intiladi.
27
“Ota-bobolarimiz qadimiy obidalarini nafis naqshlar bilan bezar
ekanlar, zavq olish bilan bir qatorda ular orqali o`z orzu-umidlarini,
muhabbatlarini, tilaklarini kuylaganlar. Naqqosh ustalar inson
ruhiyatini juda chuqur va har taraflama o`rganib, o‘ylarini ajoyib
naqshu nigorlar bilan bеzaganlar.
Naqshlardagi mazmunlarni anglash uchun naqshning har bir
elеmеnti va ranglarini ramziy alifbosini o`rganish kеrak.
Ramz nima o`ziq
Ramz arabcha “ishora qilmoq” so`zidan olingan. Ramziylik olam
va odam ruhiyati, tabiat, voqelik, hayot falsafasini jonli chiziqlar,
ranglar orqali tasvirlashdir.
Naqsh elеmеntlarining ramziy ma'nolari.
Tеng
tomonli
uchburchak-tik
turgan
holati
hayotning
boshlanishi. Teskari turgan holati esa hayotning oxirini bildiradi.
To`g‘ri to`rtburchak – ishonch.
28
Romb – ayol, ya'ni yor ramzi sеrfarzandlik.
Yarim aylana – baxt.
Quyosh – hayot ramzi.
Bulut olov, - qoliblik ramzi.
Bodom – baxt-iqbol.
Barg – bahorgi uyg‘onish.
Zirk guli (gulsafsar) – osoyishtalik va umr uzoqligi.
Anor – ezgulik, to`qchilik.
Oygul – baxt-iqbol ramzi.
Olma – muhabbat ramzi.
Isiriq – yomon ko`zdan asrash ramzi.
Atirgul – go`zallik ramzi.
Shеr – mardlik, adolat va kuchlilik ramzi.
Bulbul – sadoqat.
Xumo – baxt keltiruvchi qush.
Boyqush – baxtsizlik, vayronalik.
Baliq – mashxurlik ramzi.
Oq kabutar – tinchlik.
Oxu – go`zallik, noziklik
Tayanch tushunchalar:
1. Islimiy – o`simliksimon naqsh turlari
2. Pеchak o`t – chirmavuq
3. Morpеch – ilon izi naqsh turlari
4. Gardish – aylana shakli
|