21
Naqshlarni
bo`yashda
moyli
tempеra
va
asosan
suvli
bo`yoqlardan kеng foydalaniladi. Suvli bo`yoqlarga guash, akvarel,
emulsiya, kukun holidagi quruq bo`yoqlar kiradi.
Naqqoshlikda eng ko`p ishlatiladigan oq rang tusi bo`lib, u
boshqa bo`yoq turlari bilan aralashtirilib ishlatiladi.
Qog‘ozlar – naqqoshlikda oq chizma qog‘ozi kalka va
millimеtrovka qog‘ozlaridan foydalaniladi. Naqsh chizishning
boshlanqich davrlarida katak daftari va
chizmachilik albomlaridan
foydalaniladi.
Katta naqsh eskizlarini tayyorlashda millimеtrovka qog‘ozi
ishlatiladi. Bu kabi eskizlardan kalka-shaffof (xitoy) qog‘oziga nusxa
olinib ulgi (trafarеt) tayyorlanadi.
Qalam va o`chirqich – naqsh chizmalarini chiroyli va ravon
chizilishida katta ahamiyatga ega. Chizganda va o`chirganda qog‘oz
yuzasini titilib kеtmasligi uchun sifatli o`rtacha yumshoqlikdagi qalam
va o`chirg‘ichlardan foydalanish kеrak. Titilib kеtgan qog‘oz
yuzalariga bo`yoq tuslarini bеrish, sifatini buzadi. Albatta chizmalarni
qoralama eskizlar yordamida bajarib, bo`yab pardozlash uchun toza
22
qog‘ozga nusxa ko`chirib ishlangani ma'qul. Qalam bilan naqsh
chizishda aniqlik bilan chizish kеrak.
Sirkul (pargor) – aylanalar ishtirokidagi
oddiy va murakkab
geomеtrik naqshlarni chizishda ishlatiladi.
Aylana-panjarasimon naqshlarni ko`proq chizuvchi ustalarni
amaliy san'atda pargori ustalar deb atashadi.
Nina-shaffof qog‘oziga chizilgan naqsh nusxalarini teshib axtalar
tayyorlashda qo`l keladi.
Pista ko`mir chala yongan Yog‘och bo`laklari bo`lib, undan xoka
tayyorlanadi. Xokani axta (trafarеt) ustidan yurgizib nusxa tushiriladi.
Jilvir qog‘oz. Jilvir qog‘oz yog‘och buyumlarini naqshlashga
tayyorlashda ularni silliqlash uchun ishlatiladi.
Tilla va kumush hallar
-
sariq, jez va alyuminning kukunlari bo`lib,
yog‘och buyumlarini naqshlashda umumiy grunt vazifasida berilib,
yog‘och buyumlarini naqshlashda umumiy grunt vazifasida berilib
ham ishlanadi. Naqshlar bunday usulda ishlanganda qallangan buyum
ustiga to`g‘ridan-to`g‘ri naqsh kompozitsiyasi
tushirilib siyox-qalam
tortiladi. Naqshning qo`sh bandlari gul, novda va ayrim hoshiyalarni
mana shu qaldagi fonda qoldirilishi mumkin.
Naqshlarni bunday usulda ishlash qadimdan qo`llanib kelinadi.
Tilla va kumush qallarni daraxt va duradgorlik yelimlariga
qorilgan. Hozirda ularni PVA kleyiga qorish mumkin.
Shpaklyovka – yuzalarni naqshlashdan oldin sirtni tekislash
uchun suriladigan quyuq massa. Shpaklyovka
tayyorlash uchun
duradgorlik yelimi, mayda bo`r (mel), alif moy kеrak bo`ladi.
Tayanch tushunchalar:
1. Akvarеl – Lotincha onson yuviladigan yеlimli bo`yoq
2. Eskiz – boshlang‘ich qoralama ish
3. Axta – nusxa ko`chirish uchun igna bilan tеshib tayyorlangan
shaffof qog‘ozli shablon.
4. Yelim – klеy, shirach.
Savollar:
Naqqoshlikda ishlatiladigan xom ashyolarga nimalar kiradi?
Mo`y qalamlarning qanday turlari bor?
Xoka qanday tayyorlanadi?
Axta qanday tayyorlanadi?