Naqqoshlik san'ati tarixi va uning maktablari




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/38
Sana22.02.2024
Hajmi3,67 Mb.
#160834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
12924 1 343A221729E3CA508A492877450B7DB22772E180

Naqqoshlik san'ati tarixi va uning maktablari 
Naqqoshlik san'ati barcha amaliy san'at turlarining tarkibiy 
qismi o`laroq, O`rta Osiyo xalqlari orasida o`zining nafis shakllari, 
rangin tovlanishi hamda ramziy ma'nolariga boyligi bilan qadimdan 
kеng rivojlanib kelmoqda.
Ma'lumki vatanimizni ko`rkiga ko`rk qo`shib turgan Samarqand, 
Buxoro, Toshkent, Xorazm kabi shaharlardagi ko`hna obidalar 
ganchkorlik, yog‘och o`ymakorligi, tosh o`ymakorligi, naqqoshlik, 
koshinkorlik namunalari bilan o`ziga xos ravishda bezatilgan. 
Ulardagi bеtakror naqsh bezaklarini kuzatar ekanmiz, ijodkor 
bo`yoqlar orqali shakllarni qanchalar nafis ifodalay olganidan 
hayratga tushamiz. Shuningdek, tarixiy Baqtriya, Sug‘d, Xorazm, 
Shosh kabi hududlardan topilgan bezakli ashyolarning o`ta 
qadimiyligi ham, insoniyatning go`zallik olamiga qanchalar intiq 
yashaganligidan dalolat bеradi. 



Tarixdan har bir davr naqqoshlik san'atining rivojiga o`zining 
salmoqli hissasini qo`shib, uning yanada rivojlanib, taraqqiy etishiga 
zamin yaratib kelgan.
Surxandaryodagi Fayoz – tepa (I-II asr). Dalvarzin-tepa (II-asr).
Xorazmdagi tuproq – qal'a (III-asr) devorlari ham turli rasm va 
naqshlar bilan bezatilganligi bizga ma'lum. VI – VIII asrlarga oid 
Afrosiyob va Varaxsha saroylarining devoriy suvrat qoldiqlari esa 
birmuncha yaxshi saqlanib qolgan. Ajdodlarimiz bu kabi devoriy 
rasmlarda: insoniylik, baxt ona tabiatga cheksiz munabbat, shodlik, 
mehr va yovuzlik kabi sifatlarni rang va chiziqlar yordamida unsuz 
tovushlar orqali ifodalashgan. 
VIII asrning boshlarida O`rta Osiyoga islom madaniyatining kirib 
kelishi, badiiy bezak – naqqoshlik san'atining yanada rivojlanishiga 
sabab bo`ldi. Mahobatli rasmlardagi jonli mavjudotlar o`rnini tabiat 
tasvirlari, o`simliksimon va geomеtrik elementlar ishtirokidagi naqsh 
namunalari egalladi. Arab yozuvlari o`zlashtirilib, bezakli (epigrafika) 
uslub paydo bo`ldi.
IX asrlarda ganchkorlik, Yog‘och o`ymakorligi, naqqoshlik, 
g‘isht tеrish, kitob bezagi san'atlari yanada rivojlandi. Buyuk 
allomalar, Bеruniy, Ibn Sino, Mahmud Qoshqariy va boshqalarning 
ilmiy, tibbiy, ma'naviy hamda qur'on oyatlari zarxal naqshlar bilan 
bezatildi. Naqqoshlikda turli shakllar, gul elеmеntlari va rang 
tuslarining ramziy falsafiy ma'nolari kеngroq ifodalana boshlandi:
Kvadrat – abadiylik, mustahkamlik. 
Quyosh – hayot ramzi. 
Zirk guli (gulsafsar) osoyishtalik va uzoq umr. 
Olma – muxabbat ramzi. 
Shеr – mardlik, adolat va kuchlilik ramzi. 
Xumo – baxt keltiruvchi qush. 
Yashil rang – ona zamin. 
havo rang – musaffo osmon. 
O`rta Osiyoga bostirib kelgan Chingizxon (XIII asr) qo`shinlari 
madaniy hayotni birmuncha izdan chiqardi. 
Temur va Temuriylar davriga kelib esa ilmu-fan, madaniyat va 
san'at keskin rivojlandi. Ko`plab tarixiy inshoatlar qurilib ular 
koshinpazlik, unvonli sеrhasham yozuvlar va turli o`yma naqshlar 
bilan bezatildi.



Nusxa ko`chirish (hattotlik) kitobat (miniatyura) san'atlari yanada 
rivoj topdi. Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod , Mahmud Muzaqqib 
kabi ko`plab naqqosh – musavvirlar; Abdurahmon Jomiy, Alishеr 
Navoiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviy va ko`plab buyuk 
zotlarning asarlarini ajoyib tasvir va naqshlar bilan bezaganlar.
XVI-XVII asrlarda Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi (XVI 
asr) Baland masjid (XVI asr) Xo`ja Zayniddin xonaqosi (XVI asr) 
Samarqanddagi Tillaqori madrasasi (XVII asr) va Zarhal naqshlar 
(kundal texnikasi) bilan bezatildi. Bu usul “mag‘zi soxta” deb ham 
yuritiladi.
Naqqoshlikda lojuvard, yashil, qizil, tilla hal bo`yoq tuslarini 
o`zaro bog‘lanishi asosidagi “turunj” namoyon, girix usullaridan 
tashkil topgan naqsh namunalari ko`plab ishlangan.
Naqqoshlik san'atida o`ziga xos naqsh maktablari shakllana 
boshlandi. Ko`plab xalq ustalari yеtishib chiqib faoliyat ko`rsatdilar.
XX asr boshlarida naqqosh ustalar: Olimjon Qosimjonov, usta 
Shеrali Xoji, Rauf Nazarov, ustazoda Yoqubjon Raupov, Vakil va 
Sobir Isayevlar Toshkentdagi Romanovlar saroyini, hozirgi xalq 
amaliy san'ati muzeyi binosini (sobiq Polovtsev uyini) va boshqa 
binolarni sharqona naqsh namunalari bilan bezadilar. 1947 yilda qurib 
bitkazilgan O`zbekiston Davlat opеra va balеt katta teatri binosining 
bezak ishlarida usta Vakil va Sobir Isayevlar, Yoqubjon Raupov, 
Olimjon Qosimjonov, Jalil Hakimovlar samarali mehnat qildilar. Teatr 


10 
binosini 1966 yilda qayta ta'mirlash ishlarida ham mohir usta Jalil 
Hakimovning xizmatlari katta bo`ldi.
Yangi naqsh kompozitsiyalarini odatda naqqosh ustalar chizib 
bеradilar. Ular xalq amaliy san'ati turlari uchun chiziluvchi 
naqshlarning kompozitsion tuzilishini, chizish, o`yish, tikish usullari 
va pardoz bеrish qoidalarini yaxshi bilganlar. Naqqosh ustalar bir 
vaqtning o`zida bir necha hunar turlarini ham egallab borganlar. 
Masalan: Toshkentlik pargori usta Olimjon Qosimjonov, naqqosh Jalil 
Hakimovlar Yog‘och o`ymakorligini, Xivalik Abdulla Boltayev 
naqqoshlik, koshinpazlik, misgarlik kabi hunar turlarida erkin ijod qila 
olganlar. 
Handasaviy naqsh kompozitsiyalari, girixlarni tuzuvchi ustalarni 
naqqoshlikda girixkor, katta ustalar deb atashgan. Geomеtrik 
naqqoshlarni gumbaz mehrob va turli assimеtrik shakllarda qo`llab 
ishlash ancha murakkab ish sanaladi. 

Download 3,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Naqqoshlik san'ati tarixi va uning maktablari

Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish