18
Shuningdek, naqsh elementlarining xilma-xilligi pardoz usullarining
ko`proq targ`il
tortish texnikasi bilan bajarilishi o`ziga xosdir.
Toshkent naqqoshlik maktabining
namoyondalari Shеrali hoji
Hasanov, Vakil va Sobir Isayevlar, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon
Raupov,
Jalil Hakimov, Toir To`xtaxo`jayev, Mahmud To`rayev,
Komil Karimov va Anvar Ilxomovlardir.
Farg‘ona naqqoshlik maktabining uslubi tojik namunalariga
o`xshab
kеtadi.
Naqsh
kompozitsiyalarida
ortiqcha
shakl
yasovchilarisiz, zamin bo`shliqlari islimiy gul va novda shakllari bilan
mohirona to`ldiriladi. Farg‘ona naqshlariga to`qroq, qarama-qarshi
(kontrast) ranglar jilvasi ulug‘vorlik bag‘ishlaydi. Gul va barg
elementlarining pardozlari ko`proq yedirma uslubida bajariladi.
Farg‘ona naqqoshlik maktabi haqida gap kеtganda Qo`qonlik naqqosh
ustazodalar nomlarini faxr bilan tilga olish mumkin. Ular Norqo`zi
Nurmatov, Saidmahmud Norqo`ziyev, Saidahmad Mahmudovlardir.
Mustaqilligimizning ilk yillarida o`zining 80 yoshlik to`ylarini
nishonlab, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san'at
arbobi unvonini
olgan Saidahmad Mahmudovning ko`plab shogirdlari bor.
Xorazm naqqoshlik maktabining ham o`ziga xos uslubi mavjud.
Xorazm naqshlari ko`proq novda ishtirokidagi aylana spiralsimon
murakkab ko`rinishdagi naqshlardan iborat. Xorazm naqshlarini
turlanishida uch va to`rt xil rang tuslari ishtirok etib, naqsh zaminlari
havorang-yashil novdalar oq; rangda pardozi esa qora rangda bo`ladi.
Xorazm naqshlarida islimiy egiluvchan madohil shakllari ko`plab
uchraydi. Xorazm naqqoshlik maktabi
namoyondalari Abdulla
Boltayev, Xo`janiyoz Saidniyozov, Eshmurodov Sofoyev, aka-uka
Vafo va Bolta Mirzayevlar, Ro`zimat Masharipov va boshqalardir.
Buxoro
naqqoshlik
maktabining
ish
uslublari
naqsh
kompozitsiyalarining
mukammal
va
jozibadorligi,
girix
o`simliksimon, aralash naqsh namunalarining
yorqin ranglarda
ishlanishi bilan xaraktеrlidir. Buxoro naqshlarida ko`proq namoyon
naqsh kompozitsiyalari shuningdek kosamon, kitoba mexrob shakli
naqshlariga xos namunalar ko`plab ishlanadi.
19
Samarqand
naqshlari Toshkent, Farg‘ona naqshlariga o`xshab
kеtadi. Samarqand naqshlarida zangori-yashil rang tuslari ko`plab
qo`llaniladi. Naqsh kompozitsiyalaridan o`simliksimon murakkab
girix turlari alohida joziba kashf etadi. Samarqand naqsh turlarida
yedirma-pardoz usullari kеng qo`llaniladi. Bu naqqoshlik maktabning
nomoyondalariga: usta Rahmon,
usta Jamoliddin, usta Sharif, usta
Aminjon, usta Mahmud va boshqalar kiradi.
Tayanch tushunchalar:
Sangtaroshlik – toshni o`yib naqshlash
Shosh-Toshkеnt shahrining qadimiy nomlaridan biri
Epigrafika – bеzakli yozuv turlari
Xandasiy naqsh – gеomеtrik naqsh
Madohil – lola
shakli
Kosamon – kosa qo`yish uchun mo`ljallab ishlangan tokcha
Kitoba – eshik va ravoq tеpalariga yozuv yozish joyi
Zamin – tag. Naqshning asosi va eng ko`p bo`luvchi yuza
Savolllar:
Naqqoshlik san'ati tarixi va uning rivojlanishi haqida nimalarni
bilasiz?
Naqqoshlik maktablari va ularning nomoyondalarini ayting.
Kundal tеxnikasi nima?
Zamonaviy naqqosh ustalardan kimlarni bilasiz?