33
Naqqoshlikda kompozitsiya qonuniyatlaridan tashqari uni
bo`yashda qo`llaniladigan bo`yoq turlari, ularning o`ziga xos
xususiyatlari,
rang koloriti, hamohanglik va shu kabilar muhim
ahamiyatga ega.
Xalq ustalari tomonidan yaratilgan amaliy san'at namunalarini
kuzatar ekanmiz, ular biron-bir rang tuslari ta'siriga ya'ni rang
kaloritiga bo`ysundirilganini ko`ramiz. Shunga asosan havorang,
yashil rang, jigar rang va shu kabilar muhitiga xos naqsh
kompozitsiyalari ishlanadi.
Mo`jaz bezatilgan buyumlardan
tortib katta-katta bino va
inshoatlar asosan rang va chizgilar jilosida nechog‘lik nafis va
ulug‘vor ko`rinadi.
Har bir voha va naqqoshlik maktablarining o`ziga xos rang
kaloritlari mavjud bo`lib, Xorazm naqqoshlari havo rang, Qo`qon
ustalari qizil-zangori, Toshkent naqqoshlari esa to`ti yoyi va och jigar
rang tuslarida ijod qiladilar.
Albatta naqqoshlik san'atida oddiy chiziqlar mohiyatini rang
tuslari ochib bеradi. Naqshlarni bo`yashda zamin va shakl oraliqlariga
to`q rang, gul novda va boshqa elеmеntlariga och ranglar bеriladi.
Ranglash bosqichlarida iliq va issiq ranglar aralash qo`llanilmaydi.
Aksincha, naqsh namunalarining umumiy talqinlariga e'tibor bеriladi.
Ma'lumki, iliq ranglar tarkibiga: qizil, qirmizi, gulnor, sariq, zarqaldoq
ranglar kiradi.
Bu kabi ranglar issiq havo, quyosh taftini, sovuq
ranglarga esa salqinlik, suv, muz holatini anglatuvchilar kiradi. Yashil
ranglar iliq-issiq ranglardir.
Atrof-muqitdagi narsalar tushayotgan yorug‘lik ta'siri ostida
o`zlarining rang tuslarini tez-tez o`zgartirib turadi. Masalan, quyosh
nuri yon tomondan yoritib turgan maysalarning
rangi sarqish-yashil
ko`rinishda bo`lsa, xuddi shu maysaning soyada turganlari bir oz
to`qroq yashil rangda ko`rinadi. Naqqoshlikda ham ranglarning ana
shu xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko`rish lozim bo`ladi.
Agarda ishlanadigan naqsh yorug‘roq joyga qo`yiladigan yoki
ishlanadigan bo`lsa, rang tuslarini bir oz to`qroq olish mumkin.
Aksincha, bir oz yorug‘lik nurlari kamroq tushadigan yеrlarga
joylashtiriladigan bo`lsa yorug‘qroq ko`rinishdagi rang tuslaridan
foydalaniladi.
Naqqoshlikda suv va moybo`yoqlardan kеng ko`lamda
foydalaniladi. Bu esa o`z navbatida
rangshunoslik borasida ham
34
kеrakli bilim va amaliy malakalarga ega bo`lishlari lozimligini taqozo
etadi.
Tayyor naqsh namunalarini bo`yashda bir rangning bir necha
xil tuslari qo`llaniladi. Bunda oq bo`yoq asosiy o`rinni egallaydi.
Akvarel
bo`yoqlari
bilan
qog‘ozga
ishlangan
naqshlarni
bo`yayotganda esa suv-rang tusini ochlashtiruvchi vosita sifatida
katta ahamiyatga egadir.
Shuni esda tutish lozimki, ayrim bo`yoqlarni bir-birlari bilan
aralashtirishda ba'zi bir ehtiyot choralarini ko`rish lozim bo`ladi.
Chunki, to`q rang tusiga ega bo`lgan bo`yoq
tarkibiga boshqa rang
aralashtirilsa uning tusi ham to`qlashadi. Bu esa o`z navbatida rang
tusining tiniqlik darajasiga ta'sir etadi. Ayniqsa, moy bo`yoqlarida
ishlangan naqshlarning tuslari keyinchalik to`qlashib, qorayib kеtishga
moyil bo`ladi. Agarda naqshlar uzoq vaqt saqlash uchun
mo`ljallangan bo`lsa ularni iloji boricha ochiq rang tuslarida bo`yash
tavsiya etiladi. Umuman olganda naqsh sirtiga iloji boricha quyosh
nuri tushmaydigan bo`lishi lozim. Shuningdek,
nam havo yoki suv
tegishi naqshning uzoq muddatga saqlanishi uchun jiddiy to`siq
bo`lishi mumkin. Umuman olganda badiiy naqqoshlikda ana shu
sharoitlarni hisobga olish kеrak bo`ladi.
Badiiy naqqoshlikda quyidagi ranglar va ularning tuslaridan
kеng ko`lamda foydalaniladi:
Zangori ranglar va ularning tuslari (och zangori, zangori, to`q
zangori, och havo rang, havo rang, to`q havo rang, moviy ko`k).
Sariq ranglar va ularning tuslari (och sariq, sariq, to`q sariq
sarg‘ish, limonli sariq, kadmiyli
sariq, sarqish zarqaldoq).
35
Qizil ranglar va ularning tuslari (och qizil, qizil, to`q qizil, och
va to`q qirmizi, qirmizi, alvon rang, och va to`q zarqaldoq, zarqaldoq
ranglar va boshqalar).
Yashil rang va ularning turlari (och va to`q yashil, yashil,
sarqish yashil, to`tyoyi (to`taki), zaynovi (chiroyli o`tkir rang yashil),
zumrad rang, ko`kish yashil.
Binafsha rang va ularning tuslari (och va to`q
binafsha,
binafsha siyoh rang, ko`kish binafsha qizg‘ish binafsha va shu
kabilar).
Jigar ranglar va ularning tuslari (och va to`q jigar rang, jigar
rang, qizqish va
sarqish jigar rang, qoramtir jigar rang va boshqalar).
Qora rang va uning tuslari (och va to`q qora, qora och va to`q
kul rang va shu kabilar).
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ranglar va ularning tuslari
ko`pincha badiiy naqsh koloritini belgilashda katta o`rinni egallaydi.
Shunga ko`ra rang muhiti biror bir aniq rang tusi koloritiga
bo`ysundiriladi. Masalan jigar rang, havo rang, sarg‘ish yoki qizg‘ish