40
yo`nalishda davom etib keladi. Tabiatning bu qonuni naqshlarda ham
o`z aksini topgandir. Usta chizadigan naqsh shunchaki qog`oz bеtini
to`ldirish emas, balki ongli ravishda
tabiat va badiiylik qonun-
qoidalariga amal qilgan holda manzara tasvirini chizishdan iborat”.
Kompozitsiya – lotincha so`z bo`lib, joylashtirish, qurish,
tuzish dеgan ma'noni anglatadi. Bunda tanlangan naqsh namunasiga
ko`ra uning elеmеntlari qog`oz yuzasida bir-biriga boqliq holda
joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi.
Istalgan
mavzu
mazmuniga
mos
keladigan
naqsh
kompozitsiyalarini tuzishda avval ko`plab
xomaki ishlar, eskizlar
ishlanadi va ulardan eng chiroyli namunalar tanlab olinadi. Naqsh
kompozitsiyalarini
tuzishda
elеmеntlar
o`rnini
almashtirish,
qo`shimcha elеmеntlar kiritish orqali uning mazmunini yanada
boyitish kabilar ham muhim axamiyatga egadir.
Naqsh mazmunini
ifodalashda kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlariga rioya qilish
lozim. Bular kompozitsiyaning bir butunligi, elеmеntlar,
shakllar,
ranglarning takrorlanishi va ular o`rtasidagi o`zaro bog‘liqlik,
kompozitsiyaning tarkibiy qismi bo`lgan rang tuslarining ma'lum bir
koloritga bo`ysundirishdan iborat.
Kompozitsiyada
naqsh
yaratishning
shunday
qoidasini
simmеtriya,
assimеtriya,
ritm,
markazni
topish,
stilizatsiya,
muvozanat, elеmеntlarning o`lchovi, shakli, rangi kabilarga rioya
qilishni tashkil etadi va bunga qat'iy amal qilinadi.