Binolarni o`zbek milliy uslubida bezash




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/38
Sana22.02.2024
Hajmi3,67 Mb.
#160834
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
12924 1 343A221729E3CA508A492877450B7DB22772E180

Binolarni o`zbek milliy uslubida bezash. 
O`zbekistonda juda qadimdan rivojlanib kelayotgan o`zbek 
xonadoni dizayni xalq amaliy san'ati turlarini kеng qamrab olgan 
bo`lib, xalqning uy sharoitlari, ro`zg‘or va kiyim-kechaklarida o`z 
aksini topgan. Xususan o`zbek milliy uylarini naqshlashning o`ziga 
xos qonun-qoidalari hozirgacha saqlanib, rivojlanib kelmoqda. 


56 
Jozibali ranglari bilan maftunkor, nafis naqsh namunalari 
o`zbek milliy me'morchiligida muhim o`rinni egallaydi.
Qadimda asosan naqsh bezaklari bilan jamoat inshoatlari, boy-
badavlat kishilarning uylari jimjimador qilib bezatilgan. Binolarning 
tashqi va ichki qismlari: shiftlar, ustunlar, devor yuzalari va uy-
ro`zqor buyumlari mohirona bezatilgan. Milliy bino bezakchiligida 
asosan mehmon xona va ayvonlar nihoyatda bejirim jilolangan. 
Ularga islimiy, o`simliksimon, xandasiy, gеomеtrik, murakkab 
(aralash) 
ko`rinishidagi 
naqshlar 
ko`plab 
ishlangan. 
Naqsh 
namunalarining ko`plab turlari mavjud bo`lib ulardan ayrimlari 
quyidagicha nomlanadi: hoshiya, ruta mexrob, madoxil, zanjira, bandi 
rumi, mornech, turunj, davra turunj, pargori, daraxti munabbat, 
namoyon va boshqalar. 
“O`zbek binosining ichki qismidagi har bir me'moriy qismi 
o`ziga xos orxamental bezak tipidan tashkil topgan. Interеr ya'ni xona 
devori uzunasiga 3 qismga bo`lingan, devorning pastki qismi izora 
(panel), o`rta qismi va tana qismi friz (41-rasm). 
Devorning o`rta qismi namoyonlar, manzaralar, katta-kichik 
naqshlar, unvonli yozuvlar va boshqalar bilan bezatilgan. Friz qismiga 
har xil gеomеtrik va o`simliksimon naqshlar ishlangan. Devorning 
tеng qismi bilan shift o`rtasiga ganchdek ishlangan ajoyib karnizlar 
ishlatilgan, buni sharafa deb yuritiladi. 


57 
Milliy binolarning shift qismlari hovuzak deb ataladigan yarim
silindrsimon tayoqchalarning tеrib chiqilishiga aytiladi. Hovuzaklar 
islimiy naqsh namunalari bilan bezaladi. 
Xalq ustalari o`z naqqoshlik maktablari an'analarini davom 
ettirgan holda ijod etganlar. Ular Toshkent, Qo`qon, Samarqand, 
Buxoro, Farg‘ona kabi shaharlarga borib naqqoshlik ishlarini bajarar 
edilar. Naqqosh ustalar qaysi joylarga ishga taklif etilishmasin o`z ish 
usullarini rivojlantirgan holda ijod etganlar. O`zbek xonadonlarining 
zebu – ziynati qisoblangan bezakli namoyonlar, bolorli shiftlar, 
tokcha, kitoba, izora qismlari murakkab, islimiy naqsh namunalari 
bilan bezalgan. Ganch va naqsh namunalari bilan bezatilgan milliy
xonadonlar baland va sеrhasham qurilgan bo`lib, ularni naqshinkor 
ustunlar ko`tarib turgan. 

Download 3,67 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Binolarni o`zbek milliy uslubida bezash

Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish