|
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
|
bet | 15/99 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #121282 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Жисмоний маданият назарияси ва методикасиSeminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan ko‘nikma va malakalarga ega ekanliklari aniqlanadi.
Seminar mashg‘ulotlarida ma`ruza mashg‘ulotlaridagi mavzular bo‘yicha berilgan ma`lumotlarni, jismoniy madaniyat va sportning asosiy tushunchalari, jismoniy madaniyat tizimining umumiy printsiplari va uning amalga oshirish yo‘llari, jismoniy madaniyat vositalari, jismoniy mashqlar texnika va taktikasi, jismoniy mashqlarni turkumlarga bo‘linishi, jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarining tuzilishi va mazmuni, qishloq joylarda jismoniy madaniyat ishlari va ularning xolati, o‘quv muassasalarida jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi, jismoniy madaniyat darsning shakllari va turlari hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim va malakalarga qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlanadi, baxolanadi hamda ularni bilimlari yanada mustaxkamlanadi.
Seminar mashg‘ulotlarida tavsiya etiladigan mavzular.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari.
Bo‘lajak kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash. SHuningdek bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga o‘quv muassasalari maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktab, akademik litsey hamda kasb- hunar kollej o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini shakllanishini haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash.
|
| |