|
O‘quv fanning maqsadi va vazifalari
|
bet | 2/99 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #121282 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Жисмоний маданият назарияси ва методикасиO‘quv fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi bilimlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutadi.
Fanning vazifasi – bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga o‘quv muassasalari maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini shakllanishini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha
Bakalavr:
- Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari;
- O‘zbekiston Respublikasidagi jismoniy tarbiya tizimining umumiy tavsifi;
- O‘zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati;
- jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari;
- jismoniy tarbiya nazariyasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqot uslubiyotlari;
- jismoniy tarbiya vositalari;
- jismoniy tarbiya va jismoniy mashqlar texnikasini tavsifi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari;
- jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari;
- harakatlarni va jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi qat`iy tartiblashtirilgan mashq uslubi;
- harakatlarga o‘rgatish jarayonini asoslari;
- harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari;
- o‘rgatish bosqichlarining asosiy yo‘nalishi va xususiyati;
- harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari;
- mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati;
- ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik;
- maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi;
- umumiy o‘rta ta`lim tizimida jismoniy tarbiyani o‘rni va ahamiyati;
- ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari;
- jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari;
- sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif;
- o‘quv ishlarini rejalashtirish;
- jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: pedagogik tahlil, xronometraj, pulsometriya o‘tkazish uslubiyotini bilishi, ko‘nikma hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya;
- sportning nazariy asoslari;
- sport musobaqalari tizimi;
- sport trenirovkasining vositalari va metodlari;
- sport trenirovkasining tamoyillari (printsiplari);
- jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, Chaqqonlik, egiluvchanlik, Chidamlilik) tarbiyalash metodikasi;
- musobaqa faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari;
- sportchini tayyorlash tizimi;
- sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi;
- sportchilarni tayyorlashda Yuklamaga umumiy tavsif;
- sport formasi taraqqiyotining qonuniyatlari to‘g‘risida malakalarga ega bo‘lishi lozim.
Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi bo‘yicha
|
| |