• Fanning o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
  • Asosiy qism Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari.
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




    Download 1,11 Mb.
    bet4/99
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,11 Mb.
    #121282
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Жисмоний маданият назарияси ва методикаси

    Fanning ta`limdagi o‘rni

    Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani boshqaruvchi fan bo‘lib, bo‘lajak jismoniy madaniyat bo‘yicha yosh mutaxassis kadrlarga jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha to‘liq bilim beradi. Insonning sog‘lom baquvvat bo‘lib rivojlanishlariga va ularni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga o‘rgatadi. O‘quvchilarni jismoniy sifatlarni tarbiyalash va takomillashtirishni o‘rgatishga ko‘maklashadi. SHuningdek, ularning nazariy bilim, amaliy harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishning nazariy asoslarini o‘rgatadi. SHu munosabati bilan davlatimiz tomonidan chiqarilgan jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha me`yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi.




    Fanning o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

    Talabalarning “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi innovatsion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. O‘qitishdagi yangi texnologiyalar “Klaster”, “Bumerang”, “Zanjir”, “Agarda men” va “Minar” metodlaridan hamda jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasini o‘tish jarayonida plakatlardan, tarqatma materiallardan, har xil jadvallardan va vositali hamda bevosita ko‘rgazmali qurollardan foydalana olishadi.


    Ma`ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.


    Asosiy qism
    Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


    Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari.
    Bo‘lajak kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Shuningdek bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga o‘quv muassasalari maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini shakllanishini haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.



    Download 1,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




    Download 1,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

    Download 1,11 Mb.