Bakalavr:
- sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi - pedagogik fan sifatida;
- sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazishning maqsadi, vazifalari, ahamiyati;
- sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari (bayramlari) ni o‘tkazish qonun-qoidalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarining shakllari;
- bolalar musobaqalarini tashkil etish;
- maktabgacha ta`lim muassasalari va umumta`lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan musobaqalarni tashkil qilish turlari, bosqichlari;
- umumta`lim maktablarida sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari asoslarini bilishi, ko‘nikma hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sport - sog‘lomlashtirish tadbirlari;
- aholi turar joylarda ommaviy sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o‘qitish metodikasi;
- ulug‘ sanalariga bag‘ishlangan sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish;
- sport bayramlarida harakatli o‘yinlarning o‘rni;
- sport va sog‘lomlashtirish tadbirlariga tayyorlashda pedagogning roli to‘g‘risida malakalarga ega bo‘lishi lozim.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanib 4-7 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti, jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi, gimnastika va uni o‘qitish metodikasi, engil atletika va uni o‘qitish metodikasi, milliy kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi, sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi, jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish, suzish va uni o‘qitish metodikasi, sport psixologiyasi, sport mahoratini oshirish, jismoniy madaniyatni o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kabi fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.
|