|
O‘zlashtirishni tekshirish
|
bet | 13/99 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #121282 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Жисмоний маданият назарияси ва методикасиO‘zlashtirishni tekshirish
Umumiy xarakteristika, o‘zlashirishni tekshirish tizimi: dastlabki, kundalik va yakuniy tekshirish. Sinf (gurux) jurnali o‘quv ishlarini tekshirishning asosiy hujjati sifatida. Jismoniy madaniyat bo‘yicha imtihon va o‘zlashtirishini reytingli baholash muammosi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi.
Maktabgacha ta`lim va boshlang‘ich ta`lim bolalari bilan musobaqalarni tashkil qilish turlari, bosqichlari. Umumta`lim maktablarida sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari asoslari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sport - sog‘lomlashtirish tadbirlari. Oliy o‘quv yurtlaridagi talabalar sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish metodikasi. Aholi turar joylarda ommaviy sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o‘qitish metodikasi. Ulug‘ sanalariga bag‘ishlangan sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish. Sport bayramlarida harakatli o‘yinlarning o‘rni. sport va sog‘lomlashtirish tadbirlariga tayyorlashda pedagogning roli haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Metodlarni tanlashga umumiy talablar: ilmiy asoslanganligi; o‘qitishga qo‘yilgan vazifalarga ularning mosligi; o‘qitish printsiplariga o‘quv materiallarini o‘ziga xosligi, o‘quvchilarning shaxsiy va guruhli tayyorgarligi, jismoniy tarbiya o‘qituvchisining (tarbiyachining) individual xususiyatlari va imkoniyatlariga, mashg‘ulotlar sharoitlariga mos kelishi. So‘z, ko‘rgazmalilik, o‘yin, musobaqa va amaliy trenirovka materiallaridan foydalanishning ahamiyati. So‘zning mazmuniy vazifasidan foydalanish metodikasi va jismoniy tarbiyada terminologiya muommasi. So‘zning emosional vazifasidan foydalanish metodikasi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Musobaqa faoliyatini tuzilishi. Musobaqalarni turkumlarga bo‘linishi. Musobaqa o‘tkazish usullari. Musobaqa faoliyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar talablari bo‘yicha jismoniy madaniyat va sportning asosiy tushunchalari, jismoniy madaniyat tizimining umumiy printsiplari va uning amalga oshirish yo‘llari, jismoniy madaniyat vositalari, jismoniy mashqlar texnikasi, jismoniy mashqlarni turkumlarga bo‘linishi, jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarining tuzilishi va mazmuni, qishloq joylarda jismoniy madaniyat ishlari va ularning xolati, o‘quv muassasalarida jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi, jismoniy madaniyat darsning shakllari va turlari amaliy o‘rgatiladi hamda talabalar ommaviy sport tadbirlarini tashkil qila olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar.
Amaliy mashg‘ulotlarida tavsiya etiladigan mavzular.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi:
Jismoniy tarbiya nazariyasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqot uslubiyotlari.
Jismoniy tarbiya vositalari.
Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari.
Harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari.
Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari.
Mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati.
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi.
Ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari.
O‘quv ishlarini rejalashtirish.
Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: pedagogik tahlil, xronometraj, pulsometriya o‘tkazish uslubiyoti.
Sport musobaqalari tizimi.
Sport trenirovkasining vositalari va metodlari.
Sport trenirovkasining tamoyillari (printsiplari).
Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash metodikasi.
Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif.
sport formasi taraqqiyotining qonuniyatlari.
Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi:
Maktabgacha ta`lim va boshlang‘ich ta`lim bolalari bilan musobaqalarni tashkil qilish turlari, bosqichlari. Umumta`lim maktablarida sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari asoslari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sport - sog‘lomlashtirish tadbirlari. Oliy o‘quv yurtlaridagi talabalar sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish metodikasi. Aholi turar joylarda ommaviy sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o‘qitish metodikasi. Ulug‘ sanalariga bag‘ishlangan sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish. Sport bayramlarida harakatli o‘yinlarning o‘rni. sport va sog‘lomlashtirish tadbirlariga tayyorlashda pedagogning roli.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ushbulardan foydalanish orqali talabalar asosiy ma`ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilimlarini yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimini mustaxkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar echish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
|
| |