Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy asoslari




Download 5,48 Mb.
bet46/129
Sana16.02.2024
Hajmi5,48 Mb.
#157537
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   129
Bog'liq
ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy asoslari.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlashda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarishni takomillashtirishdan bog‘liqdir.
О‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi tabiatni muhofaza qilish siyosatining asosiy yо‘nalishlarini belgilaydi qonun hujjatlarini qabul qiladi va Tabiatni muhofaza qilish kо‘mitasining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Tabiiy resurslardan foydalanganligi uchun haq olishning eng kо‘p-kam hajmini shuningdek tо‘lovlarni undirib olishdagi imtiyozlarni belgilaydi. Shuningdek hududlarni favqulotda ekologiya holati, ekologiya ofati va ekologik falokati mintaqasi deb e’lon qiladi va bunday mintaqalarning huquqiy rejimlarini va jafo kо‘rganlarning maqomini belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i sifatida quyidagi vakolatlar berilgan:
- ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash uchun zaruriy chora tadbirlar kо‘rish:
- ekologiya borasidagi qonunlarni imzolash va ularga oid farmoyish va qarorlar qabul qilish.
- ekologik qonun meyorlarini buzuvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining noekologik hujjatlarini bekor qilish:
- Oliy Majlis senati Tabiatni muhofaza qilish kо‘mitasining raisi lavozmiga nomzod taqdid etish:
- ekologik inqiroz kо‘rgan yoki talofat kо‘rgan hududlar yoki butun hudud bо‘yicha favqulotda holat joriy etish:
- respublika ichki va xalqaro ekologik siyosatga doir vakolatlarini amalga oshiradi.
О‘zbekiston Respublika Vazirlar Maxkamasi davlatning tabiatni muhofaza qilish siyosatini amalga oshirish ekologiya sohasidagi davlat dasturlarini qabul qilish, ularni bajarilishini nazorat qilish tabiiy reurslarni hisobga olish va baholashni tashkil etish ekologiya ma’orifi va tarbiyasi tizimini yaratish hamda uning amal qilishini ta’minlashni amalga oshirish bilan shug‘ullanadilar.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishdagi davlat boshqaruvi Vazirlar Maxkamasi Tabiatni muhofaza qilish kо‘mitasi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bir qator vazirliklar va muassasalar korxonalarida tabiatni muhofaza qilishni boshqarish bо‘limlari ish olib boradi.
О‘zbeksitonda atrof - muhitni muhofaza qilish bо‘yicha bosh ijro etuvchi organ Tabiatni muhofaza qilish davlat kо‘mitasi bо‘lib u bevosita Oliy Majlis Senatiga bо‘yinsunadi. Kо‘mitaning vakolatlariga quyidagidar kiradi.
- vazirliklar, idoralar, korxonalar va fuqarolar tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi:
- tabiatni muhofaza etish dasturlarini ishlab chiqaradi:
- davlat ekologik ekspertizasini о‘tkazadi:
- atrof-muhit sifatining meyorlarini tasdiqlaydi:
- ifloslatiruvchi moddalarni havoga chiqarish tashlash va suvga oqizish shuniningdek chiqindilarni joylashtirishga ruhsatnomalar berish va ularni bekor qilish:
- ekologik masalalarida xalqaro hamkorlikni tashkil etish.
Tabiatni muhofaza qilish qо‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida Toshkent shahri va viloyatlarda ma’muriy tumanlar tabiatni muhofaza qilish qо‘mitalaridan iborat tuzilmaga ega.
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini Tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasidan tashqari Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv hо‘jaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar qо‘mitasi amalga oshiradi.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida idoraviy ishlab chiqarish va jamoat nazorati amalga oshiradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aholi punktlarida atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar chegaraviy yо‘l kо‘yiladigan konsentratsiyasining sanitariya normalari tasdiqlangan, aholi punktlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash usullari (SanPiP-0060-93) ishlab chiqilgan, turar joy uylari qurilishlarida yо‘l qо‘yiladigan shovqin darajasi qiymatlari (SanPiP-0065-96), turar joy qurilishlari hududida infratovush va past chastotali shovqinning yо‘l qо‘yiladigan darajasi belgilangan. Gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish bо‘yicha davlat komiteti quyidagilarni ishlab chiqqan: havoni muhofazalash chora-tadbirlarini kelishish, ekspertizadan о‘tkazish va loyihaviy yechimlar bо‘yicha atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga ruhsatnomalar berish tо‘g‘risidagi yо‘riqnoma; korxonalarning atmosfera chiqindilaridagi zararli moddalar konsentratsiyasini hisoblash metodikasi, «Noqulay meteorologik sharoitlarda chiqindilarni tartibga solish», atmosferaning ifloslanishini hisoblashning unifikatsiyalashgan dasturi (ekolog-1992y.-SNI-Iproyekt).
Respublikada tabiatni muhofazalash, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va qayta ishlab chiqarish bо‘yicha butun mas’uliyat Davlat tabiatni muhofazalash qо‘mitasiga yuklatiladi. О‘zbekiston tabiatni muhofazalash qо‘mitasi qoshida atrofni muhofazalash qilish muammolarini chuqur tahlil qilish va ularni hal etish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun olimlar, jamoat va davlat arboblaridan iborat jamoatchilik kengashi tashkil etilgan.



Download 5,48 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   129




Download 5,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy asoslari

Download 5,48 Mb.