|
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
|
bet | 54/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Ishlab chiqarish jarohatlarining tashkiliy хarakterdagi sabablarini sanang?
Ishlab chiqarish jarohatlarining teхnik хarakterdagi sabablarini sanang?
Teхnik хarakterdagi jarohatlarning profilaktikasiga nimalar kiradi?
Qon oqish jarohatlari qanday bo`ladi?
Arterial qon oqishda jgut jarohat joyining qaeridan bog`lanadi?
Jarohatlanganlarga birinchi yordamni kim ko`rsatishi lozim?
Yurak urishi to`хtaganda belgilangan tartibda ko`krak qafasi mino`tinga necha marta bosiladi?
Kuyish necha guruhga bo`linadi?
Quyosh urishi qanday sodir bo`ladi?
10.Ko`p qon oqish bilan bog`liq jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatilgandan so`ng qancha vaqt davomida tibbiyot muassasasiga etkazish lozim?
14-ma’ruza. Mehnat va sog’liqni muhofaza qilishga kirish
Reja
1.Mehnatni va sog’liqni saqlashning ahamiyatini tushuntirib berishga.
2.Ushbu sohaga o’z hissasini qo’shgan mashhur tarixiy shaxslarni aniqlashga.
3.Mehnatni va sog’liqni saqlashda foydalaniladigan terminlarni aniqlashga.
4.Mehnatni va sog’liqni saqlash kasbini bajarayotgan alohida shaxslarning lavozim(vazifa)larini sana chiqishga.
5.Xavfsizlik va sog’liq bo’yicha ekspertlarning rollari va majburiyatlarini aniqlashga.
Muammoli vaziyat
11 oylik ish tajribasiga ega bo’lgan 22 yoshli quruvchi- ishchi bo’lgan Bob va nihoyat ishini uddaladi. O’rta maktabni yakunlagach, Bob ko’p ishda o’zini sinab ko’rdi, lekin ularning hech biri ungahech qachon to’g’ri kelmaydigandek tuyulardi. U bir yil davomida ijtimoiy kollejda ta’lim oldi, keyin esa borishni to’xtatdi. Uning dunyoqarashiga to’g’ri kelmagan, nazariya juda ko’p bo’lgan. Bob ko’p ishda o’zini sinab ko’rdi, ammo eng ka mish haqi uni ota- onasi bilan birga yashashga majbur qilgan. Uning ota – onasi juda yaxshi inson edilar, lekin u o’z hayotini bir o’zibosib o’tishga tayyor edi. Yangi ishida umuvaffaqiyatlarga erisha boshladi. Bob yaxshi maosh olaboshladi. U tezda yangi kvartiraga ko’chib o’tdi, u yerda Bob o’rta maktabdagi do’sti Tim bilan yashay boshladi.Ertasi kuni umutlaqo yangi pikap uchun qog’ozlarga qo’l qo’yishga tayyor edi.
Bob qog’ozlarga qo’l qo’yish uchun hech qachon bitimlar bilan shug’ullanmagan edi. Balki u erishmoqchi bo’lgan o’sha «qotil» pikap haqidagi o’ylar bilan chalg’igandir. Ehtimol u haqiqatdan ham shu taxtasupada ishlash qanchalik xavfli ekanligini tushunmagandir. Axir yerdan 20 fut balandlikda edi, va unchalik xavfli ko’rinmas edi.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 1 bobidan olingan.
Bob avval ho’l taxtasupalarda ishlagan, ular kechasi yoqqan yomg’irdan keyin ho’l bo’lib qolgan bo’lsa ham, hech narsa uni shu balandlikdagi ish haqida xavfsirash kerak ekanligiga majburlamagan.
Bobning dunyosiu shu bir necha fut balandlikdan yerga yiqilib tushganidan keyinginao’zgardi. Yiqilish uning belidan pastini falaj qilib, nogironlar aravachasiga mixlab qo’ydi.
|
| |