|
Jadval 1-1. ASSE professional xavfsizlik lavozimining qo’llanish
|
bet | 62/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Jadval 1-1. ASSE professional xavfsizlik lavozimining qo’llanish sohasi va vazifalari
Professional xavfsizlik lavozimining qo’llanish sohalari va vazifalari
Mehnat muhofaza qilish bo’yicha Amerika muhandislik jamiyati
Professional vazifalarini bajarish uchun xavfsizlik bo’yicha mutaxassislarda ma’lumot, bilimlarning umumiy ko’lami doirasida tayyorgarlik va tajriba bo’lishi kerak. Xavfsizlik bo’yicha mutaxassislarda fizika, kimyo, biologiya, fiziologiya, statistika, matematika, informatika, muhandislik mexanikasi, ishlab chiqrish jarayonlari, biznes, aloqa va psixologiya sohalrining fundamental bilimi bo’lishi kerak. Xavfsizlikni professional tadqiq etish sanoat gigiyenasi va toksikologiyani, xavfsizlikni boshqarish texnik vositalarining dizaynini, yong’inga qarshi himoyani, ergnomikani, tizim va jarayonlarning xavfsizligini, xavfsizlik va sog’liqni saqlash dasturlarini boshqarishni, baxtsiz hodisani tekshirishni va tahlil qilishni, mahsulotning xavfsizligini, qurilish xavfsizligini, ta’lim va tayyorgarlik uslublarini, xavfsizlik ko’rsatkich o’lchamini, inson xulqini, ekologik xavfsizlik va sog’liqni saqlashni, xavfsizlik, sog’liq va tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini, me’yoriy –huquqiy hujjat va standartlarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik xavfsizlik mutaxassislari boshqaruv va biznes, boshqaruvchilik, muhandislik, ta’lim, fizika va ijtimoiy fanlar hamda boshqa sohalardan umumiy va chuqurlashtirilgan bilimga egadirlar. Boshqalari esa maxsus xavfsizlik ta’limiga ega. Bu ularning xavfsizlik kasbi asoslaridan tashqari ekspert bilimlarini kengaytiradi.
Modomiki, xavfsizlik butun insoniy intilishlarda asosiy element hisoblanar ekan, xavfsizlik bo’yicha mutaxassislar ko’pchilik jamoatchilik va xususiy sektorlarda o’zlarining maxsus bilim va ko’nikmalaridan foydalangan holda vazifalarini bajaradilar. O’ziga xos(tipik) qamrab olish (oxvativaniye) – bu ishlab chiqarish, sug’urta, xatarlarni boshqarish, hukumat, ta’lim, maslahat, qurilish, sog’liqni saqlash, loyihalash va dizayn, chiqindilarni yo’qotish, neft, boshqarishni yengillashtirish, chakana savdo, transportirovka va kommunal to’lovlar.Bu vaziyatlarda xavfsizlik mutaxassislari ish beruvchining topshiriqlari, operatsiyalari va kayfiyatiga mos holda o’z vazifalarini moslashtirishi kerak. Bundan tashqari, xavfsizlik mutaxassislari bandlik holatlarida o’zlarining vazifalarini bajarish uchun bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak hamda kelajakdagi bilim va ta’lim olishlari natijasida ular yangi texnologiyalar bilan, qonun va qarorlardagi, mehnat resurslaridagi o’zgarishlar bilan, ish joyi, jahon biznesi, siyosiy va ijtimoiy muhit bilan hamqadam bo’ladilar.
Vazifalarining bir qismi sifatida xavfsizlik mutaxassislari resurs va fondlarni rejalashtirishlari va boshqarishlari shart. Ular professionallarning turli xodimlarini (shtat) kuzatish uchun ham mas’ul bo’lishlari mumkin.
O’zgarishlardan ortda qolmaslik uchun bandlik vaziyatida mas’uliyat bilan harakat qilish uchun bilim va ko’nikmalarni egallagan, aql va tafakkuri rivojlangan xavfsizlik mutaxassislari o’z oldilariga qo’yilgan vazifalarni ishonch bilan, chuqur bilimga asoslanganlik asosida sidqidildan bajaradilar.
|
|
| |