|
Baxtsiz hodisani tekshirish (taftish qilish)
|
bet | 61/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Baxtsiz hodisani tekshirish (taftish qilish): guvoh ko’rsatmasi va baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi tekshirishlar asosida baxtsiz hodisa bilan bog’liq bo’lgan fakt va sabablarni aniqlash.
Shoshilinch (favqulodda) yordam komandasi bilan ishlash:yong’in, baxtsiz hodisa va boshqa ofatlarda tez yordam beradigan yuqori malakali xodimlarni tashkil qilish, o’rgatish va muvofiqlashtirish.
Atrof- muhitni muhofaza qilish: zararli moddalarning havoga suvga va tuproqqa o’rinsiz (yoqimsiz) chiqishiga olib keladigan xavf-xatarni tan olish baholash va boshqarish.
Ergonomik tahlil va modifikatsiya (o’zgartirish):insonning fiziologik (psixologik) xususiyatlarini, qobiliyati (iste’dod) lari va cheklashlarni tushunish asosida ish o’rnini loyihalash yoki o’zgartirish.
Yong’inga qarshi himoya: nazorat, asboblarning joylashishi va olov bostirish tizimi (sistemasi) dizayni bilan yong’in xavfini bartaraf qilish yoki qisqartirish.
Xavfni tan olish: zararlanish (shikastlanish), kasallik va moddiy zarar keltiradigan sharoit va harakatlarni aniqlash.
Xavfli materiallarni boshqarish: xavfli himikatlar va boshqa zararli mahsulotlar baxtsiz hodisa, yong’in va odamlarning shu moddalar bilan zararlanishining oldini oladigan qilib saqlanishi va foydalanilishiga ishonch hosil qilish.
Sog’liq uchun xavfli faktorlarni nazorat qilish: sog’liqqa zararli yoqimsiz ta’sirlarning, masalan, shovqin, kimyoviy ta’sir, radiatsiya va biologik xabarlarni tan olish, baholash hamda boshqarish.
Nazorat (Audit): Jihozlar, materiallar jarayonlar yoki harakatlar bilan bog’liq bo’lgan xavfsizlik va sog’liq xavfini baholash.
Qaydlarni yozib yuborish: hukumat talablarini qondirish hamda masalalarini yechish va qaror qabul qilish uchun ma’lumotlar bilan ta’minlashda xavfsizlik va sog’liq haqidagi axborotlarni saqlash.
O’rnatilgan talablarga muvofiqlik: xavfsizlik va sog’liqning barcha majburiy standartlari qondirilganligiga ishonch hosil qilish.
O’rgatish: xavf xatarni aniqlash va o’z ishlarini xavfsiz hamda samarali bajarish uchun xodimlarni zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar bilan ta’minlash.
Bu ro’yhat xavfsizlik mutaxassisi tomonidan bajarilgan aniq harakatlarning namunalarini ta’minlagan vaqtda Mehnatni Muhofaza Qilish bo’yicha Amerika Muhandislik Jamiyati (ASSE) “Professional Xavfsizlik Lavozimining Qo’llanish sohasi va vazifalari” deb nomlangan hujjatni nashr etdi. ASSEning bu nashri xavfsizlik bo’yicha mutaxassisning roli va majburiyatlari haqida to’liq ma’lumot beradi. (1.1- rasmga qarang).
|
| |