• Tashkiliy xarakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi
  • Baxtsiz hodisalarda shikastlanganlarga birinchi yordam ko`rsatish Reja




    Download 368,75 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana27.05.2024
    Hajmi368,75 Kb.
    #255322
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-биринчи ёрдам



    Baxtsiz hodisalarda shikastlanganlarga birinchi yordam ko`rsatish 
    Reja: 
    1. Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish. 
    2. Jarohatlanganda va lat eganda birinchi yordam ko`rsatish. 
    3. elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish. 
    4. Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish. 
    5. Zaharlanganda birinchi yordam ko`rsatish. 
     
     
    Tayanch so`zlar: 
    birinchi yordam, burama, rezina, jgut, vena, arterial, kapillyar 
    qon oqish, sun`iy nafas, massaj, taxtakash, zahar.
     
     
     
    Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish 
    Ma`lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p 
    jihatdan bog’liq bo`ladi. SHuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz hodisa 
    sodir bo`lgan joyda vrachga birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak. 
    Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarida tsexlarda, bo`limlarda,
    brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustaxonalar va boshqa ishlab 
    chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko`rsatishga maxsus o`qitilgan 3-4 
    kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina 
    dorilar va bog’lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta`minlanadi.
    1.-расм. Кичик ва чуқур 
    бўлмаган жароҳатларни 
    ликопластир билан боглаш.
    2.-расм. Бармоқларни крест 
    (ёки саккиз) боғлаш. 


    Ishlab chiqarishda jarahotlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko`ra 
    shartli ravishda tashkiliy va texnik turlarga bo`linadi. 
    Tashkiliy xarakterga ega 
    bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi: 
    1) bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog’ligi uchun yuqori 
    darajada xavfli bo`lgan ishlarni bajarish oldidan xavfsizlik texnikasi bo`yicha 
    yo`riqnomalarni o`tilmasligi; 
    2) xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilishi, lekin ishni bajarish 
    jarayonida unga rioya qilinishini etarlicha nazorat qilmaslik; 
    3) ishni (har xil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur 
    himoya (ko`zoynak, niqob, respirator, to`siq va boshqa) vositalardan 
    foydalanmaslik; 
    4) ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo`lgan buyum va narsalarni 
    mavjudligi; 
    5) murakkab va mas`uliyatli ishlarda maxorati etarlicha bo`lmagan ishchilar 
    mehnatidan foydalanish; 
    6) jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o`rab turuvchi shitlar, to`siqlar va 
    kojuxlarni yo`qligi; 
    7) odam sog’ligi uchun xavf yuqori bo`lgan ish joylarini etarlicha 
    yoritilmasligi; 
    8) xavf haqida «To`xta! YUqori kuchlanish», yoki «Эhtiyot bo`ling! 
    Rabotlar avtomatik rejimda ishlamoqda», «Yo`l yo`q, xavfli zona» va boshqa kabi 
    ogohlantiruvchi belgilarning yo`qligi; 
    9) texnologik rejimdan chalg’ish, texnologik jarayonlarni ko`pol buzilishi va 
    boshqalar; 
    10) u yoki bu sabablarga ko`ra ishchiga ish vaqti davomida tanaffus va dam 
    olish vaqtini berilmasligi; 

    Download 368,75 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 368,75 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baxtsiz hodisalarda shikastlanganlarga birinchi yordam ko`rsatish Reja

    Download 368,75 Kb.
    Pdf ko'rish