tegish mumkin emas. Agar jarohat joyi kuchli ifloslangan bo`lsa uning atrofi
mikroblardan tozalash vatasi yoki doka bilan artiladi, xolos.
1
2
2
3
3
3.-rasm. Qon to`xtatuvchi jugut va uning o`rnini bosuvchi narsalar;1-
kamar belbogidan foydalanish; 2-burama kuyish; 3-rezina jgut.
Qon oqmaydigan, shilingan, sanchilgan, kichik jarohatlangan joylarni 5% li
yod nastoykasi bilan yog’lash va mikrobga qarshi bog’lash zarur. Uncha katta
bo`lmagan jarohatlarga dezinfiktsiyalovchi va ifloslanishdan saqlovchi plastir, 5F –
6 kleyi va boshqalar bilan kleylash kerak.
Agar jarohatlangan joydan qon oqsa birinchi yordam ko`rsatish usuli qon
oqishining ko`rinishiga bog’liq bo`ladi. Qon oqishi odatda qon tomirlari butunligi
buzilganda har xil intensivlikdagi qon oqishi bilan kuzatiladi.
Qon oqish:
tashqi
(qon tana tashqarisida, ustidan oqqanda) va ichki (qon ichki organlarda,
to`qimalarda oqqanda) bo`ladi. Qon tomirlarining jarohatlanishlariga bog’liq
ravishda qon oqish ko`rinishlari bir necha xil bo`ladi.