• Ikkinchi va uchinchi
  • Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish




    Download 368,75 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/7
    Sana27.05.2024
    Hajmi368,75 Kb.
    #255322
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-биринчи ёрдам

     
     Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish 
     
    Kuyishlar teriga yuqori haroratni ta`sirida (termik) va kislota va 
    ishqorlarni ta`sirida (kimyoviy) sodir bo`ladi. Og’irligi bo`yicha kuyishlar to`rt 
    darajaga bo`linadi. 


    Birinchi
    darajali kuyishda terining qizarishi, unda shish paydo 
    bo`lishi, ikkinchida – suyuqlikka tulgan pufaklarni paydo bo`lishi, uchinchida – 
    terini o`lishi, to`rtinchida – terining ko`mirga aylanishi kuzatiladi. 
    Birinchi darajali kuyishda terining kuygan joyi toza suv oqimi, sovuq 
    sut 
    mahsulotlari 
    (qatiq, 
    smetana 
    va 
    boshqa), 
    odekalon, 
    arok 
    yoki 
    margantsovkaning kuchsiz eritmasi, 70
    0
    li spirt bilan namlanadi. 
    Ikkinchi va uchinchi
    darajali kuyishda terining jarohatlangan joyiga 
    mikroblarni o`ldiradigan material qo`yib bog’lanadi. Suyuqlikka to`la pufaklarni 
    yorish va kiyimlarni yopishgan joylarini ajratish mumkin emas. 
    Tananing kuygan joylarini kiyimlardan ajratishda o`ta ehtiyot bo`lish 
    talab etiladi. Bunday hollarda kiyimni echishda, tananing kuygan joyi shilinmasligi 
    va ifloslanmasligi kerak. 
    Эlektr yoyi ta`sirida ko`zlar kuyganda uni 2 % li bor kislotasi eritmasi 
    bilan chayish kerak. 
    Kislota va ishqorlar ta`sirida tananing kuygan joyi 12…20 minut 
    davomida sovuq suv oqimi bilan yuviladi. So`ng, kislotadan kuygan holatda soda 
    eritmasi bilan, ishqorda kuyganda esa sirka yoki bor kislotasining kuchsiz eritmasi 
    bilan chayiladi. 
    To`rtinchi darajali kuyish terini og’ir jarohatlanishiga olib keladi
    bundan tashqari u jarohatlangan odamni esankirashiga ham sabab bo`lishi mumkin. 
    Bunday holatda esankirash hushni yo`qotishga olib keladi. Buning natijasida tomir 
    urishini qiyinchilik bilan aniqlaniladi, ko`z aylanadi, nafas olish tez va yuzaki 
    bo`ladi, ba`zan sezgirlik yo`qolib, inson birdan oqarib ketadi. Bunday kuyishda 
    vrachgacha birinchi yordam quyidagilardan iborat bo`ladi: jarohatlangan kishini 
    kuygan joyiga yopishgan qolgan kiyimlari ehtiyotlik bilan echiladi. Kiyim 
    bo`laklari tortib olinmaydi, balki, kuygan joy chegarasidan qaychi bilan kesib 
    olinadi. Teriga margantsovkani kuchsiz eritmasi bilan ishlov berilib sterillangan 
    bog’lam qo`yiladi. Vrachgacha birinchi yordam ko`rsatilgandan so`ng 
    jarohatlangan kishi tezlik bilan tibbiyot muassasasiga olib boriladi. 
    Sovuq urish holatlari asosan yilning sovuq davrida ochiq havoda 
    ishlaganda kuzatiladi. 
    Sovuq urishi to`rt darajaga bo`linadi. Birinchi darajali sovuq urishda terida 
    oqarish va shish kuzatiladi, uning sezgirligi kamayadi. Ikkinchi darajali sovuq 
    urishning xarakterli belgilari terida yorqin rangli suyuqlik pufaklari paydo bo`ladi. 
    Uchinchi darajali sovuq urishda terini o`lishi, qonli suyuqliklarga to`lgan pufaklar 
    va to`rtinchi darajali sovuq urishda barcha yumshoq to`qimalarning o`lishi 
    kuzatiladi. 
    Birinchi darajali sovuq urishda tanani shikastlangan yuzasi toza yumshoq 
    moddiy bilan qizarguncha yoki issiqlik sezgunicha ishqalanadi. So`ng terining 
    sovuq urgan joyi odekalon yoki aroq bilan artiladi va qizdirilgan mikrobni 


    o`ldiradigan material qo`yib bog’lanadi. Sovuq urgan terini qor bilan ishqalash 
    tavsiya etilmaydi, bunda teri shikastlanishi va infektsiyalanishi mumkin. 
    Terining katta qismini sovuq urib, butun organizm sezilarli yaxlaganda, 
    jarohatlangan kishiga issiq vanna (37
    0
    S dan yuqori bo`lmagan) qabul qilish tavsiya 
    etiladi. Bunda bir vaqtda uni massaj va butun tanasini ishqalash kerak. Bu vaqtda 
    jarohatlangan kishiga issiq choy yoki kofe ichirish mumkin. Tananing sovuq urgan 
    yuzasini xona haroratidagi suvga to`ldirilgan tog’ora yoki satilga tushirish va suvni 
    haroratini asta-sekin 37
    0
    S ga etkazish kerak. Ikkinchi, to`rtinchi darajali sovuq 
    urganda shikastlangan teri mikroblarni o`ldiradigan material bilan bog’lab, 
    jarohatlangan kishini davolash muasasasasiga olib borish mumkin lozim. Og’ir 
    xollatlarda, agar shikastlangan kishida hayot alomati ko`zga ko`rinmasa, sun`iy 
    nafas berish tavsiya etiladi. 

    Download 368,75 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 368,75 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish

    Download 368,75 Kb.
    Pdf ko'rish