Zaharlanganda birinchi yordam
Ishlab chiqarish sharoitida zaharlanish organizmga zaharli gazlar suyuqliklar
yoki changlarni kirishidan sodir bo`ladi. Uglerod oksidi (is gazi) bilan zaharlanish
isitish uskunalaridan noto`g’ri foydalanganda yuz beradi. Ichki yonuv
dvigatellaridan chiqayotgan gaz tarkibida ham ugrerod oksidi ko`p miqdorda
bo`ladi.
Uglerod oksidi bilan zaharlanganda bosh og’rig’i, bosh aylanishi, kungi l
aynishi, hansirash, og’ir holatlarda esa yo`ldan chalg’ish va hushni yo`qotish
mumkin. Zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishini toza havoga olib
chiqish, boshiga sovuq kompress bosish va nashatir spirtni hidlatish kerak.
SHikastlangan kishi qayd qilmoqchi bo`lsa uni yoni bilan yotqizish lozim. Agar
hushini yo`qotsa zudlik bilan vrachni chaqirish va u kelgunga qadar sun`iy nafas
berish kerak.
Zaharli ximikatlar bilan zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishiga
zudlik bilan birinchi yordam berish kerak.
Har qanday zaharlanishda avvalo organizmga zaharlarni kirishini to`xtatish
tadbirlarini ko`rish kerak. Agar zaharlanish xonada yuz bersa shikastlangan kishini
toza havoga olib chiqish, zaharli ximikatlar bilan ifloslangan kiyimlarini echish
zarur.
Agar zahar organizmga tomoq yo`llari orqali kirgan bo`lsa, shikastlangan
kishiga bir necha stakan iliq suv yoki margantsovkaning kuchsiz eritmasidan
ichirish, so`ng qayt qildirish kerak. Qayt qilgandan keyin, zaharni yo`qotish uchun
jarohatlangan kishiga 2-3 osh qoshiq faollashtirilgan ko`mir qo`shilgan yarim
stakan suv ichirish zarur.
Qayd qilingan tadbirlar, zahar turidan qat`iy nazar qo`llaniladi. Agar zahar
turi aniq bo`lsa uning tarkibiga bog’liq ravishda, qo`shimcha tadbirlar qo`llaniladi.
Buning natijasida oshqozonga kiritilgan modda zahar ta`sirini neytrallashtiradi.
Zaharli ximikatlar teriga tekkanda suv oqimi bilan yaxshilab sovunlab
yuvish yoki zaharni teriga ishqalamasdan, artmasdan doka latta yordamida
tushirish so`ng esa sovuq suv yoki kuchsiz ishqorli eritma bilan yuvish talab
etiladi.
|