elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam




Download 368,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana27.05.2024
Hajmi368,75 Kb.
#255322
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-биринчи ёрдам

elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam 
ko`rsatish 
 
Inson elektr tokidan jarohatlanganda uni avvalo elektr tokining ta`siridan 
qutqarish kerak. Bunga jarohatlangan kishini tok o`zatuvchi qismlardan ajratish 
yoki kuchlanishni o`chirish bilan erishiladi. 
Kuchlanish 1000 V gacha bo`lgan setlarni tok o`zatuvchi qismlardan 
odamni ajratish, quruq tayoq, yog’och, kiyim yoki boshqa biror bir tok 
o`tkazmaydigan narsalar yordamida amalga oshiriladi. Agar odamni tok o`zatuvchi 
qismlardan ajratish qiyin bo`lsa, tok uzatuvchi simni quruq dastali bolta yoki 
boshqa izolyatsiyalangan dastali qurol’ bilan chopish kerak.


Kuchlanish 1000 V dan yuqori bo`lgan setlarda jarohatlangan kishini 
ajratish izolyatsiyalangan shtanga yoki kiskich, diэlektrik qo`lqop va botinkalar 
yordamida bajariladi. SHu bilan birga o`nutmaslik kerakki, tok ta`siri ostida 
odamga elektr xavfsizligi tadbir choralari ko`rmasdan tegish qutqaruvchi kishining 
o`zi uchun xavflidir. Jarohatlangan kishiga yordam berishda muvaffaqiyatning 
asosiy sharti yordam berishning tezligi hisoblanadi, chunki inson yuragi shol 
bo`lgandan besh minutdan so`ng uni asrab qolish mumkin emas. 
Agar jarohatlangan kishi balandlikda bo`lsa kuchlanishni o`chirishdan 
oldin uni yiqilishi xavfsizlikni taminlash kerak. elektr tokidan shkastlanishning 
barcha holatlarda jarohatlangan kishini holati qanday bo`lishidan qat`iy nazar 
vrachga murojaat qilish lozim. elektr toki ta`siridan inson qutqarilgandan so`ng 
uning holatini aniqlash zarur bo`ladi. Agar jarohatlangan kishi odam xushida 
bo`lsa uni qulay joyga yotqizish va vrach etib kelguncha uni tinch kuyish va 
doimiy ravishda nafas olishini va yurak urishini kuzatish talab etiladi. 
Agar shikastlangan kishi hushini yo`qotgan holatda bo`lib, lekin nafas 
olayotgan va yuragi urayotgan bo`lsa uni qulay holatda yotqizilib, yoqa 
tugmalarini va belidagi qayishini echish kerak hamda bo`rniga nashatir spirtga 
namlangan paxta to`tish yuziga suv purkash hamda uni tinch kuyish lozim. 
Nafas olish va yurak faoliyatini to`xtashi elektr toki ta`sirini eng og’ir 
oqibati hisoblanadi. 
Agar jarohatlangan kishi nafas olmayotgan lekin yuragi urayotgan 
bo`lsa unga sun`iy nafas berishga kirishish kerak. Agar yurak urishi ham 
to`xtagan bo`lsa unga sun`iy nafas berish bilan birgalikda yuragini ham tashqi 
massaj qilishni bajarish talab etiladi. 
Sun`iy nafas berishning eng samarali yo`li jarohatlangan kishining 
og’zidan yoki burnidan og’iz bilan havo puflash hisoblanadi. Bunda jarohatlangan 
kishi orqasi bilan erga yotqizilib kiyimlari yoki boshqa narsa o`rab qopqoqlari va 
bo`yni ostiga qo`yilib bo`yni ko`proq orqaga egiltiriladi (20.8.-rasm) va og’iz 
bo`shlig’i suvdan tozalanadi va tili chiqariladi. 
Jarohatlangan kishini burni qisiladi og’iz va burunga quruq rumolcha yoki 
doka salfetka qo`yilib yordam berayotgan kishi ikki-uch chuqur nafas olib 
jarohatlangan kishi og’ziga havo puflaydi. Sun`iy nafas berish chastotasi minutiga 
12…14 martadan oshmasligi lozim, chunki bu tabiiy nafas olish ritmiga mos 
keladi. Sun`iy nafas berishni jarohatlangan kishida ritmik nafas olish tiklanguncha 
davom ettirish lozim.
Sanoatda sun`iy nafas berishning apparatlari chiqarilgan. Bu moslama 
komplektida niqob va har xil o`lchamdagi (katta yoshdagilar va o`smirlar, bolalar 
uchun) havo puflagichlar kiradi. 
Agar shikastlangan kishida 
yurak urishi kuzatilmasa yuragi tashqi 
massaj qilinadi. Buning uchun jarohatlangan kishi orqasi bilan biror bir qattiq tekis 


yuzaga yotqizilib, old tugmalari echilib ko`kragi ochiladi. YOrdam beruvchi odam 
bunda bir qo`lini ko`krak qafasining kerakli joyiga kafti bilan, ikkinchi qo`lini esa 
ko`krakka qo`yilgan qo`l ustiga kafti bilan qo`yilgan holda ko`krakni umurtqa 
tomonga bosadi (20.8.-rasm, o`ngdan pastdagi). 
8.-rasm. “Og’izdan og’izga” sun`iy nafas berish (chapdan) va yurakni 
(tik bo`lmagan holda) 
tashqi massaj qilish (o`ngdan). 
Bunda ko`krak qafasi faqat tik holatda 3…4 sm gacha chuqurlikka 
minutiga 60 marta chastota bilan bosiladi. Ko`krakdan bunday bosishda yurakdan 
siqib chiqarilgan qon, qon tomirlarga kiradi. 
YUrakni massaj qilishda qovurg’aga zarar bermaslik uchun ehtiyot bo`lish 
kerak. Massajning samaradorligi katta arteriya qon tomirlarda pul’sning paydo 
bo`lishi bilan baholanadi. 
Ko`p hollarda jarohatlangan kishilarni yuragini massaj qilish ularga 
sun`iy nafas berish bilan birga olib boriladi. Bunda sun`iy nafas berishni ko`krak 
qafasini bosish vaqti oralig’ida bajarish kerak. YAxshisi buni ikki kishi bajargani 
maqul, bir kishi ko`krak qafasini 4…5 marta bosadi, so`ngra ikkinchi kishi 
jarohatlangan kishi o`pkasiga havo puflaydi. Bu jarayon shu holatda takrorlanadi. 
Meditsina xodimi yurak faoliyatini tiklovchi samarali usul 
tajribalariga ega bo`ladi. bu maqsad uchun defibrillyator degan maxsus apparatlar 
qo`llaniladi va ular yordamida yurak orqali yuqori kuchlanishli qisqa elektr zaryadi 
hosil qilinadi va bu yurak muskullarini umumiy qisqarishiga sabab bo`ladi. 

Download 368,75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 368,75 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam

Download 368,75 Kb.
Pdf ko'rish